04.11.2025 yildagi 692-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Yangiyer shahar texnikumi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, Sirdaryo viloyatida yoshlarni kasbiy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish, ularni ichki va tashqi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari asosida tashkil etilayotgan yangi ish oʻrinlaridan kelib chiqib, ularning oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son Farmoni bilan Yangiyer pedagogika kolleji negizida Yangiyer shahar texnikumi (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikum Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahri, “Shodiyona” MFY Yangibogʻ koʻchasi 15-uy manzilida faoliyat koʻrsatishi va sobiq Yangiyer pedagogika kollejining bino va inshootlariga operativ boshqarish huquqi asosida bepul joylashtirilishi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnikum Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi davlat kasbiy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda uning faoliyati amaldagi kasbiy taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi asosida va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnikumga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi hamda oʻquv jarayoni boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda texnikumni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Sirdaryo viloyati mahalliy budjetiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnikumda mehnat bozori ehtiyojlari, fuqarolarning murojaatlari hamda ish beruvchi korxona va tashkilotlarning takliflari asosida asosiy taʼlim dasturlariga qoʻshimcha ravishda kvalifikatsiya va kompetensiyalarni oʻzlashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitishga moʻljallangan qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Texnikumning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlarida oʻrta boʻgʻin kadrlariga talab yuqori boʻlgan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlashda ichki va tashqi mehnat bozorida takliflarni oʻrganish hamda taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash maqsadida dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlar tayyorlash jarayoniga soha korxonalaridan amaliyotchilar, oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari hamda malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish orqali tashqi mehnat bozori ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlashni kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha ishsiz va band boʻlmagan aholini qisqa muddatli kasblarga hamda xorijiy tillarga oʻqitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun zarur moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bir oy muddatda Texnikumda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish, oʻquv jarayonini tashkil etish, ichki va tashqi mehnat bozori uchun oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash hamda oʻquvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Sirdaryo viloyati hokimligining taklifi asosida texnikumga oʻquvchilarni qabul qilish parametrlarini belgilangan tartibda shakllantirsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarni qabul qilish parametrlariga mos ravishda yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilishni tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda muntazam ravishda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini texnikumdagi mavjud kasblarga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda texnikum ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sirdaryo viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda texnikumda mavjud kasb va mutaxassisliklar boʻyicha hududdagi korxona va tashkilotlarni sanoat hamkori sifatida biriktirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan korxona va tashkilotlarning buyurtmasi asosida oʻquvchilarni dual taʼlim shaklida oʻqitishni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnikum va ish beruvchilarning oʻzaro uygʻunlikda faoliyat yuritishini hamda oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti hududdagi korxona va tashkilotlarda oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan birgalikda texnikumga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarni hamda xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni xitoy, nemis, ingliz, rus, koreys va yapon tillariga Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻqitishni yoʻlga qoʻysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1-mayga qadar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda texnikum bitiruvchilarining bandligini taʼminlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqsin hamda ular ijrosini nazorat qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili iyul-avgust oylarida texnikum bitiruvchilari uchun ish beruvchilarni jalb qilgan holda yarmarkalar, oʻquv yili davomida ishlab chiqarish tashkilotlarida tasdiqlangan reja-grafiklar asosida “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Sirdaryo viloyati hokimi v.b. E.O.Turdimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 4-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
692-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 09/25/692/1012-son)