LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarini ijtimoiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish va ularning moddiy ahvolini yaxshilash, mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:
1. Barcha aspirantlar, oliy o‘quv yurtlarining talabalari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining stipendiyalari 1990-yilning 1-sentabridan 30 foizga qadar ko‘paytirilsin.
2. Aspirantlar, talabalar va o‘quvchilarga zarur madaniy-maishiy sharoit yaratish hamda ularning ijtimoiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash barcha darajalardagi o‘quv yurtlarining rektorlari va direktorlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
3. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi ushbu Farmondan kelib chiqadigan barcha masalalarni hal etsin va stipendiyalarga qo‘shimcha haq to‘lashni belgilashda tabaqalashtirilgan holda xolisona yondashuvni ta’minlasin.