LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy valyutada soliq bo‘lmagan davlat to‘lovlarini olish va taqsimlash tartibi to‘g‘risida” 1993-yil 31-iyuldagi Farmoniga muvofiq, hamda xorijiy valyutada davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni undirishni tartibga solish va valyuta tushumlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
xorijiy valyutada davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
boj stavkalari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar tariflari miqdorlari 1993-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritiladi;
boj stavkalari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar tariflari, shuningdek, amaldagilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Moliya vazirligining manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikdagi takliflari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, banklar va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan undiriladigan xorijiy valyutadagi bojlar, yig‘imlar va soliq, bo‘lmagan boshqa to‘lovlardan tushumlar xorijiy valyutada olinadigan tushumga solinadigan soliq bazasiga kiritilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
4. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, banklar hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan me’yoriy aktlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ayrim bandlari 4-ilovaga* muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.