Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 08.04.1992 yildagi 179-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti suvlaridan foydalanishni tartibga solish, ularni ifloslanishdan hamda kamayib ketishdan muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi shuni taʼkidlaydiki, soʻnggi yillarda respublikada yer osti suvlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish aholini suv bilan taʼminlashni yaxshilash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq mazkur ishlar nihoyatda past darajada olib borildi va shahar hamda qishloq aholisining sifatli ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojlariga javob bermas edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suvni muhofaza qilish qonunchiligining koʻplab buzilishlari sodir boʻlmoqda, bu chuchuk yer osti suvlarining asossiz isrof boʻlishiga va ifloslanishiga olib kelmoqda. Ichimlik suv nihoyatda taqchil boʻlib turgan bir paytda ulardan katta miqdorlarda sugʻorish va texnik suv taʼminoti maqsadlarida foydalanish davom etmoqda. Sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer osti chuchuk suvining yirik manbalari mavjud boʻlgan yerlarda sanoat va qishloq xoʻjaligi obyektlarini joylashtirish hollari mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday obyektlarni yer osti chuchuk suv manbalari boʻlgan hududlar tashqarisiga chiqarish boʻyicha choralar koʻrilmayapti. Natijada koʻpgina xoʻjalik-ichimlik suv olish inshootlari, ayniqsa respublikaning gʻarbiy viloyatlarida, aholiga sifatsiz suv chiqarib bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv chiqarishni loyihalashtirish va burgʻilash ishlari bilan koʻplab tashkilotlar, shu jumladan, bunga huquqi boʻlmagan kooperativlar koʻpincha loyihalarni kelishmasdan va zarur ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan, ayrim hollarda esa umuman loyiha-smeta hujjatlarisiz shugʻullanmoqdalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bularning barchasi yer osti suvlaridan foydalanish, birinchi navbatda, ichimlik suv taʼminoti maqsadlarida foydalanishda nazoratsiz vaziyatni vujudga keltirmoqda, uning kengaytirish imkoniyatlarini cheklab qoʻymoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti suvlaridan foydalanish ustidan katʼiy nazoratni taʼminlash, ularni ifloslanishdan, kamayib ketishidan muhofaza qilishda tartib oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xoʻjaligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirliklari ishtirokida 1991 — 1995-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasida sugʻoriladigan yerlarni, suv resurslaridan foydalanish va ularning muhofaza qilishning Bosh sxemasi tarkibida yer osti chuchuk suvlaridan foydalanishni tartibga solish hamda ularni muhofaza qilishni kuchaytirish masalalarini chuqurroq oʻrganib chiqishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi chuchuk, mineral, sanoat va termal suv manbalarini qidirish-razvedka qilish ishlarini olib borish boʻyicha bosh pudratchi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Suv chiqarish-ekspluatatsiya quduqlariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, konsernlar, korxonalar va tashkilotlar 1992-yil mobaynida ularni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazsinlar va natijalarini 1993-yilning 1-yanvarigacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalarini umumlashtirsin va 1993-yilning 1-martigacha Vazirlar Mahkamasi yer osti suvlaridan xoʻjalik-ichimlik uchun ustun darajada foydalanish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda inventarizatsiya qilish ishlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin, uning natijalari boʻyicha tanlanma tekshirishlarni amalga oshirsin, mazkur ishni barbod qilgan korxonalar va tashkilotlarga nisbatan quduqlardan va suvdan foydalanish uchun maxsus ruxsatnoma berishni toʻxtatib qoʻyishgacha boʻlgan qatʼiy choralar qoʻllansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda turli maqsadlarda foydalanilgan yer osti suvi uchun narx belgilash haqida takliflar ishlab chiqsin va ularning 1992-yilning 1-noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 276-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 550-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoldiq jinslarni saqlaydigan, shlam toʻplaydigan joylari, zaharli suyuq mahsulotlari saqlanadigan omborlari va yer osti suvlarini ifloslantirishi mumkin boʻlgan boshqa manbalarga ega boʻlgan korxonalar kuzatish quduqlarining maxsus tarmogʻini yaratish va kuzatish ishlarini olib borish uslubi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari bilan kelishilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda suv chiqarish uchun ekspluatatsiya qilinadigan quduqlarni loyihalash va qurishni tartibga solish boʻyicha choralar toʻgʻrisida” 1978-yil 21-avgustdagi 480-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin .
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish I.H. Joʻrabekov va Q.J. Haqqulov oʻrtoqlar zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 8-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
179-son