Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
QMQ 2.01.05-2019 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” qurilish meʼyorlari va qoidalarining 4.27-bandiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 7-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 169]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga asosan buyuraman:
1. QMQ 2.01.05-2019 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” qurilish meʼyorlari va qoidalarining 4.27-bandida:
birinchi xatboshi “Uch qavatdan yuqori boʻlgan turar joy binolari” degan soʻzlardan keyin “hamda barcha turdagi jamoat binolarining (madaniy, savdo-koʻngilochar va sport inshootlarining faqat maʼmuriy xoʻjalik zonalari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tavsiya etiladi” degan soʻzlar “kerak” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-may,
99-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YuSUPALIYEV
2023-yil 18-aprel
Yoshlar siyosati va sport vaziri A. IKRAMOV
2023-yil 20-aprel
Madaniyat va turizm vaziri O. NAZARBEKOV
2023-yil 19-aprel
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2023-yil 25-aprel
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2023-yil 27-aprel