Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022 12.01.1998 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022
Hujjat 13.03.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda davlat soliq xizmati organlari tomonidan ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat soliq xizmati organlari uchastka soliq inspektorlari lavozimi joriy etilishi munosabati bilan uchastka soliq inspektorlari soni 1659 nafar etib belgilansin, shu jumladan, 1419 nafari qishloq va shaharchalar fuqarolar yig‘inlarining hisobchi-kassir lavozimlarini tegishli ravishda qisqartirish hisobiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 1419 qishloq va shaharchalar fuqarolar yig‘inlarining hisobchi-kassir shtatlarining davlat soliq xizmati organlariga berilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik ta’minlash jamg‘armasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida qo‘shimcha undirib olingan summalar (shu jumladan penyalar) hamda soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun solingan moliyaviy jazo choralari summalarining 35 foizi miqdoridagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq organlariga tegishli ma’muriy huquqbuzarlik uchun solingan jarimalar summasining 35 foizi miqdoridagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq xizmati organlari tomonidan musodara qilingan tovarlarni sotishdan olingan summaning 20 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobiga shakllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi ishtirokida Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash jamg‘armasini tuzish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi har yilgi investitsiya dasturlarini tuzishda ularga Davlat soliq qo‘mitasi obyektlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish kiritilishini nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirishda Davlat soliq qo‘mitasining joriy xarajatlariga va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga har yili zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bazasida 1998-yildan boshlab davlat soliq xizmati organlarining surishtiruv ishlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uchastka soliq inspektorlarini funksiyalariga tegishli faoliyatni amalga oshirishlari uchun joylar bilan ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 12-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
12-yanvardagi 14-son qaroriga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat qilish bo‘yicha davlat soliq xizmati markaziy organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunlar va qonun hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan uning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat soliq qo‘mitasining tasarrufida bo‘lgan organlar quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar davlat soliq boshqarmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va unga qarashli muassasalarning mansabdor shaxslari huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING VAZIFALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar Davlat soliq qo‘mitasining vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) nazorat qiluvchi organlar tomonidan olib borilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini barcha tekshirishlar va taftishlarni muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagilar bo‘yicha ishni tashkil etish va ular ustidan nazorat qilish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar (keyingi o‘rinlarda soliqlar deb yuritiladi) to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarishlarida yordam ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solinadigan subyektlar va obyektlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni boshqa davlat boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING FUNKSIYALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, mana shu maqsadda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soliq solinadigan subyektlar va obyektlar, hisoblab chiqilgan va to‘langan soliqlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini, jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish faktlarini to‘plash, tahlil etish va baholash hamda soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga yo‘l ochib berayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— yuridik va jismoniy shaxslarga ular soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olinganliklari to‘g‘risidagi hujjatlarni, ro‘yxatdan o‘tkazish (identifikatsiyalash) tartib raqamlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soliq tushumlarini ta’minlash vazifalarini bajarish natijalarini tahlil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— jismoniy shaxslarning daromadlari yalpi deklaratsiya qilinishini bosqichma-bosqich joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini soliq bilan tartibga solish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, soliq siyosatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hukumatlararo bitimlar va shartnomalarni, shuningdek, ikki tomonlama soliq solishni bartaraf etish bo‘yicha bitimlarni tayyorlash va tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— muddatida to‘lanmagan soliqlarni undirish, musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, xazinalarni, shuningdek meros qilib qoldirish huquqi bilan davlatga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tgan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish ustidan nazoratni yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yagona umumdavlat soliq siyosati amalga oshirilishida qatnashadi, shu maqsadda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soliq haqidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy va metodologik ishlarni olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari bilan birgalikda soliq to‘g‘risidagi qonunlarni va boshqa qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida bajarish majburiy bo‘lgan yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— budjetga soliqlar tushumi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soliqlarni hisoblash va to‘lash bilan bog‘liq hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlar shakllarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soliq haqidagi qonun hujjatlari bo‘yicha normativ hujjatlar to‘plamlarini tayyorlaydi va nashr etadi, o‘ziga qarashli organlarni qonun hujjatlari va yo‘riqnoma materiallar, soliq to‘lovchilarni hisobga olish shakllari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qiladi, soliq solish va soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishi masalalari bo‘yicha shikoyatlar va arizalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, shu maqsadda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar soliq to‘lovchilarga o‘z vaqtida yetkazilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soliq haqidagi qonun hujjatlari to‘g‘risidagi axborot nashr etilishi, ko‘paytirilishi va o‘ziga qarashli tashkilotlarga yetkazilishi uchun servis-markazlar faoliyatini, soliq to‘lovchilarni soliqlarni to‘g‘ri hisoblashga o‘rgatish, hisobotlar va deklaratsiyalar takdim etish, shuningdek, maslahat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlaridan kelib chiqib va davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq haqidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi amaliyotini hisobga olib davlat soliq xizmati organlari ishining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, ular faoliyatini takomillashtirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, davlat soliq xizmati organlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishi to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotni tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarayotganda ular faoliyatining xavfsizligini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishi bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) o‘ziga qarashli bo‘linmalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari ishini tashkil etadi, kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi, shu maqsadda davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv yurtlari va markazlar tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozimlari malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazadi, ularga belgilangan tartibda maxsus unvonlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) davlat soliq xizmati organlarining samarali ishlashi maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— ko‘p mehnat talab qiladigan jarayonlarni avtomatlashtirish, soliq axborotini qabul qilish, qayta ishlash, o‘tkazish va saqlash maqsadida soliq tushumlari, barcha soliq to‘lovchilar — yuridik va jismoniy shaxslar haqidagi ma’lumotlarni ishlab chiqish bo‘yicha yagona kompyuter tizimini barpo etadi va undan foydalanadi, soliq to‘lovchilar — yuridik va jismoniy shaxslarning Yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— davlat soliq xizmati organlarini moddiy-texnik ta’minlaydi, materiallar va asbob-uskunalarga ajratilgan fondlar foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg‘armasining shakllantirilishi, taqsimlanishi va undan foydalanish to‘g‘riligini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— xorijiy soliq organlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, soliqlar va soliq to‘lovchilarni hisobga olishning yagona kompyuter tizimini yaratish, davlat soliq xizmati organlarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar va taftish qilishlarni belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni to‘xtatish haqida taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) bank tomonidan ularning hisobvaraqlari yopilganligi to‘g‘risidagi axborot taqdim etilgan taqdirda bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalari o‘tkazgan holda moliya-xo‘jalik faoliyatini olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari uchun — uch oy mobaynida) amalga oshirmayotgan korxonalarni aniqlaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qaroriga muvofiq 14-kichik band bilan to‘ldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING IShINI TAShKIL QILISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga Rais boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qo‘mitasining Raisi Davlat soliq qo‘mitasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi, u o‘z o‘rinbosarlarining, qo‘mitaning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari, o‘ziga bo‘ysunuvchi davlat soliq xizmati organlari rahbarlarining javobgarlik darajasini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat soliq qo‘mitasining Raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Davlat soliq qo‘mitasining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari va boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga asoslanib va ularni bajarish yuzasidan tasarrufidagi barcha organlar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan buyruqlar, yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan soliq organlari xodimlari soni va ular mehnatiga haq to‘lash fondi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalarining shtat jadvallari va nizomlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) davlat soliq xizmati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni faxriy unvonlarga va respublika mukofotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi, davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan maxsus unvonlarni beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari, muassasalari va tashkilotlarida, shuningdek boshqa davlatlarning soliq organlari bilan munosabatlarda davlat soliq xizmatini ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) Davlat soliq qo‘mitasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi va xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida davlat soliq xizmatining o‘ziga qarashli organlari tuzilmasini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qo‘mitasi Raisi o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida boshqa huquqlarga ham egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari uzoq vaqt va benuqson xizmat qilganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi soliq xizmatining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat soliq qo‘mitasida Rais va lavozimi bo‘yicha Rais o‘rinbosari, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi Raisining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan boshqa xodimlardan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat soliq qo‘mitasida soliq haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning murakkab va munozarali masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash uchun Ekspert kengashi tuziladi. Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat soliq qo‘mitasida va davlat soliq xizmatining unga qarashli organlarida Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat soliq qo‘mitasi ilmiy tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash va soliq xizmati xodimlari malakasini oshirish uchun belgilangan tartibda idoraviy ilmiy va o‘quv markazlari tashkil etilishi, matbaa korxonalariga, shuningdek, xo‘jalik hisobidagi maslahat va axborot markazlariga ega bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat soliq qo‘mitasi o‘zining matbuot organlarini ta’sis etish va nashr qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat soliq qo‘mitasida ajratilgan mablag‘lar doirasida davlat soliq xizmati organlari faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qurilish, avtotransport, tibbiy bo‘linmalar va boshqa bo‘linmalar tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI HAY’ATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat soliq qo‘mitasi hay’ati qonunlarga rioya etish holatining, soliq xizmati faoliyatining eng muhim masalalarini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisining buyruqlari va farmoyishlari bajarilishini, kadrlar masalalarini ko‘rib chiqadi, davlat soliq xizmati organlarining o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlari hisobotlarini eshitadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Hay’at majlislarida vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslarning soliq haqidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha axborotlari va tushuntirishlari eshitilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Hay’at qarorlari Davlat soliq qo‘mitasi Raisining tegishli qarorlari va buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. DAVLAT SOLIQ BOShQARMALARI VA SOLIQ INSPEKSIYALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalariga, viloyatlar davlat soliq boshqarmalariga va tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalariga ularning boshliqlari boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy soliq boshqarmalari va soliq inspeksiyalari boshliqlari tegishli hududlarda ularga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘zlariga bo‘ysunuvchi bo‘linmalar faoliyatini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalarida, viloyatlar davlat soliq boshqarmalarida kengash tashkil etiladi. Kengashning shaxsiy tarkibi tegishli boshliqning taqdimnomasiga ko‘ra Davlat soliq qo‘mitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Soliq haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning eng murakkab va munozarali masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash, yuqori malakali maslahatlar berish uchun davlat soliq boshqarmalarida Maslahat-ekspert kengashi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Hududiy soliq boshqarmalari to‘g‘risidagi nizom Davlat soliq qo‘mitasi Raisi, soliq inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizom esa — hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
12-yanvardagi 14-son qaroriga
8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Ekspert kengashi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tarkibidagi Ekspert kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) ning maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kengash Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligining, shuningdek, boshqa idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kengash tarkibi Kengash raisi, Kengash raisining o‘rinbosari, Kengash a’zolari va kotibdan iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kengashning shaxsiy tarkibi, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tasdiqlagan holda, Kengash raisining va tegishli vazirliklar hamda idoralarning taqdimnomalari asosida shakllanadi va o‘zgartiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Kengashning vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish sohasida yangidan joriy etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ularning qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq haqidagi qonun hujjatlari bo‘yicha normativ hujjatlarni amalda qo‘llash jarayonida soliq to‘lovchilar bilan soliq organlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan o‘ta murakkab va munozarali masalalarni ko‘rib chiqish, ular yuzasidan xolis qarorlar qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kengash vazifalaridan kelib chiqib unga quyidagi funksiyalar yuklanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish sohasida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ko‘rib chiqish va ularning soliq haqidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni qo‘llashning eng murakkab va munozarali masalalari bo‘yicha xulosalar chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun moliyaviy jazo choralari va ma’muriy jarimalar qo‘llanganda paydo bo‘luvchi ziddiyatlarni ko‘rib chiqish, davlat soliq xizmati quyi soliq organlarining moliyaviy jazo choralari va ma’muriy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarini o‘zgartirish, bekor qilish yoki ularni o‘z kuchida qoldirish haqida takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munozarali masalalarni ko‘rib chiqish jarayonida aniqlangan joylardagi soliq xizmati organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qonuniylikni buzishga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarni intizomiy, moddiy yoki boshqa xil javobgarlikka tortish to‘g‘risida keyinchalik talab qo‘ygan holda tegishli taqdimnomalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq haqidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kengashga quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llash va talqin qilish jarayonida paydo bo‘luvchi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va soliq tizimini takomillashtirish yuzasidan Moliya vazirligiga va Davlat soliq qo‘mitasiga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari mutaxassislarini, shuningdek, boshqa muassasalar va tashkilotlarning moliya, soliq va huquq masalalari bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarini, ular bilan kelishgan holda, ekspertiza o‘tkazishda va ekspertlar sifatida xulosalar berishda ishtirok etish uchun jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish sohasida yangidan joriy etilgan normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xolis xulosa berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘llanilgan moliyaviy jazo choralarini undirish muddatlarini korxonalar va tashkilotlarning moliya-xo‘jalik ahvolini va faoliyatini hisobga olgan holda uzaytirish, lekin bu muddat ko‘pi bilan bir yildan oshib ketmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash a’zolari va jalb qilingan ekspertlarning Kengashni tayyorlash, uni o‘tkazish va taqdim etilgan materiallarni ekspertiza qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha mehnatiga haq to‘lash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kengash faoliyatini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashda ko‘rib chiqish uchun masalalar Moliya vazirligining yoki Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati boshqarmalarining taqdimnomalari bo‘yicha kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash majlisi bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Kengash majlisida uning tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgandagina Kengash qarori qonuniy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va keyinchalik Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda, soliq to‘lovchi foydasiga qaror chiqarishga ustunlik beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning ko‘rib chiqishiga masalalar kiritish uchun masala kiritayotgan bo‘linmalar Kengash raisi nomiga masalaning mohiyati bayon qilingan ma’lumotnoma taqdim etadilar. Kengash raisining roziligi olingandan so‘ng Kengashning ko‘rib chiqishi uchun masala kiritayotgan bo‘linma tomonidan masalaga tegishli barcha materiallar, ushbu ish bo‘yicha qaror loyihasi va masalani ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan shaxslar ro‘yxati taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha hujjatlar tayyorlangandan so‘ng masala kengash kotibining taqdimnomasiga ko‘ra Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritiladi, Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibi tasdiqlangandan keyin kamida 10 kundan so‘ng o‘tkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalarga taalluqli materiallar kun tartibi tasdiqlangandan so‘ng uch kun mobaynida kotib tomonidan Kengash a’zolariga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash majlisi bayonnomasi Kengash kotibi tomonidan tuziladi, majlisda qatnashgan Kengash a’zolari tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining muhri bosiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manfaatdor shaxslarga kotib tomonidan muhrlangan va Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomadan ko‘chirma jo‘natiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Lavozimi bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Kengash raisi hisoblanadi. Kengash raisi kun tartibini tasdiqlaydi, majlisni olib boradi va bayonnomani tasdiqlaydi, Kengash qarorlari bajarilishini nazorat qiladi. Kengash raisi yo‘qligida uning vazifalarini o‘rinbosar bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kengash kotibi Kengash a’zolarini ko‘rib chiqiladigan masalalarga taalluqli materiallar bilan ta’minlaydi, majlis bayonnomasini yuritadi va Kengash hujjatlari aylanishini ta’minlaydi, qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi va navbatdagi majlislarda ularning qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida Kengash raisini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash kotibi maslahat ovoziga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kengash qarori ustidan u olingan paytdan boshlab o‘n kun muddatda Davlat soliq qo‘mitasi raisi nomiga yoki sudga ariza berish orqali belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.