1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining iqtisodiy-tahliliy faoliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-son qarorining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bandiga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tuzilmasidagi Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi hamda Xalqaro-huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazi negizida yuridik shaxs boʻlgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi va uning asosiy vazifalari belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bandiga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida yuridik shaxs boʻlgan davlat muassasasi shaklidagi “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati (keyingi oʻrinlarda — Tahririyat) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati” davlat muassasasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati” davlat muassasasi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet rektoriga Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda Institutning tuzilmasiga belgilangan cheklangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tegishli oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut davlat muassasasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning rahbar va ilmiy xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari rahbar, ilmiy va boshqa xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro hamkorlik va sheriklikka faol jalb etilganligini hisobga olib, Institut ilmiy xodimlariga Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 50 foizgacha ustama toʻlanishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut va Tahririyat faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosidagi xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashqi ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakillarini Universitet oʻquv jarayoniga jalb qilish boʻyicha yillik reja-grafikni tasdiqlasin hamda kelgusi oʻquv yillarida ham tizimli ravishda yillik reja-grafiklarning amalga oshirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet tashkil etilganligining 30 yilligini keng nishonlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) buyurtma asosida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy, xalqaro huquqiy va davlat boshqaruvi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari doirasida grant tanlovlari eʼlon qilish uchun tematik mavzularni Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Innovatsion rivojlanish vazirligi tegishli buyurtmalarga koʻra grant tanlovlarini eʼlon qilsin hamda ilmiy ekspertiza xulosalariga muvofiq moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qadimiy va boy tarixga ega oʻzbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiy etishida milliy diplomatiyaning tutgan alohida oʻrnini, uning umumjahon tarixiy jarayonlari bilan uzviy bogʻliqligini hamda bugungi mustaqil Oʻzbekiston diplomatiyasining Uchinchi Renessans konsepsiyasini amalga oshirishdagi muhim ahamiyatini keng yoritish maqsadida Universitetda yuridik shaxs boʻlmagan “Oʻzbekiston diplomatiyasi tarixi” muzeyi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet 2022-yil 1-oktabrga qadar mazkur muzey faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. V.I. Norov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 17-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
453-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 453-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Direktor
Direktor oʻrinbosari
Osiyo-Tinch okeani mintaqasini oʻrganish markazi
2
Umumiy boʻlim
2
Barqaror rivojlanish muammolarini oʻrganish markazi
2
Yuriskonsult
1
Yevropani oʻrganish markazi
2
Energetik geosiyosat markazi
2
Moliya-iqtisod boʻlimi
2
Amerikani oʻrganish markazi
2
Iqtisodiy diplomatiya markazi
2
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis
1
Afgʻoniston va Janubiy Osiyoni oʻrganish markazi
2
Xalqaro-huquqiy tadqiqotlar markazi
2
Konfliktologiya laboratoriyasi
2
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning umumiy belgilangan cheklangan soni — 26 nafar, shu jumladan, maʼmuriy-boshqaruv xodimlari — 7 nafar, ilmiy xodimlar — 19 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 453-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati” davlat muassasasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh muharrir
Bosh muharrir oʻrinbosari
Oʻzbek va rus tillari boʻyicha korrektor
1
Referent-ish yurituvchi
1
Tashkiliy ijodiy guruh
2
Ingliz tili boʻyicha korrektor
1
Veb muharrir-dizayner
1
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning umumiy belgilangan cheklangan soni — 8 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 453-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati” davlat muassasasi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RAZRYaDLARI

T/r
Lavozim
Shtat birligi soni
Mehnatga haq toʻlash razryadlari
1.
Bosh muharrir
1
16
2.
Bosh muharrir oʻrinbosari
1
15
3.
Veb muharrir-dizayner
1
11
4.
Xalqaro iqtisodiy yoʻnalish boʻyicha muharrir
1
11
5.
Xalqaro huquq yoʻnalishi boʻyicha muharrir
1
11
6.
Oʻzbek va rus tillari boʻyicha korrektor
1
10
7.
Ingliz tili boʻyicha korrektor
1
10
8.
Referent-ish yurituvchi
1
3
Jami
8
-
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/453/0748-son)