21.04.2022 yildagi PQ-214-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasanachilikni rivojlantirish orqali ishsiz aholi, ayniqsa xotin-qizlar, mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning ish bilan bandligiga koʻmaklashish, ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni yanada kengaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2022-yil 1-iyuldan boshlab kasanachilikni mehnat shartnomasi bilan bir qatorda ishlarni bajarish, tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatish haqidagi fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bir oy muddatda kasanachilik shartlarida amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, kasanachilik shartlarida koʻrsatilishi mumkin boʻlgan xizmat turlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, biroq hisobot davrida (bir oyda) koʻpi bilan bir million soʻmgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilar ijtimoiy soliq toʻlovini oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5214-son qaroridagi “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kredit summasining 75 foizi miqdorigacha kafillik berish boʻyicha tartib mahallalarda faoliyat yurituvchi kasanachilar soni kamida 10 nafar boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda har bir hudud uchun alohida kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini taʼminlashga oid chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi koordinatorlari (S. Xolxoʻjayev, A. Kamalov, D. Sultanov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda 2022-yil uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 500 milliard soʻmini kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov) ish beruvchilarning buyurtmasi asosida kasanachilarni “Ishga marhamat” monomarkazlari, tuman (shahar) kasb-hunarga oʻqitish markazlari va mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida oʻqitishni tashkil etsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari va tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi xodimlari kasanachilik orqali fuqarolarni ishga olish istagida boʻlgan tadbirkorlarni aniqlaydi va faoliyat yoʻnalishi kesimida ularning roʻyxatini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi xodimlari tadbirkorlar tomonidan taklif etilayotgan kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun kasblar roʻyxatini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilarni oʻqitish xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan ishsiz shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari va mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida talab etiladigan kasblarga oʻqitiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashkiliy tuzilmasining umumiy shtatlar soni doirasida vazirlik markaziy apparatida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tuzilmasida kasanachilik faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirishga masʼul boʻlgan boʻlimlar tashkil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifa va funksiyalar yuklatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilik sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlash va hududlarning ixtisosligidan kelib chiqib, kasanachilik faoliyati boʻyicha maqsadli dasturlar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish orqali norasmiy bandlikni qisqartirish va mahallalarda ish bilan band boʻlmagan fuqarolarni kasanachilik faoliyatiga jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishsiz fuqarolarni kasanachilik faoliyati boʻyicha kasb-hunarga oʻqitish ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ajratilayotgan subsidiyalarning maqsadliligini taʼminlash va maqsadsiz foydalanilgan subsidiyalarni Davlat budjetiga qaytarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlariga kasanachilik bilan shugʻullanishlari uchun imtiyozlar berish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Belgilansinki, ish beruvchi va kasanachi oʻrtasida tuzilgan mehnat, fuqarolik-huquqiy yoki pudrat shartnomalari Soliq qoʻmitasining Yagona elektron shartnomalar axborot portalida majburiy tartibda ish beruvchi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kasanachilik rivojlanishini samarali monitoring qilish uchun va idoralararo maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi tarkibida mavsumiy va kasanachilik ishlari portali ishga tushirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagilarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilarga asbob-uskuna xarid qilib berish xarajatlari uchun tadbirkorlik subyektlariga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan subsidiya ajratish va foydalanilmayotgan asbob-uskunalarga ajratilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida subsidiya ajratish tartibini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 21-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-214-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 07/22/214/0333-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)