Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA AHOLISINI DORI-DARMONLAR BILAN TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Inson manfaatlarini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish va respublika tibbiyot muassasalarini asosiy dori-darmonlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserniga keyinchalik Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sotish uchun 200 ming tonna hajmda dizel yonilgʻisiga eksport kvotasi ajratsin.
“Farmeksim” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasidagi savdolarda “Oʻzfarmsanoat” konsernidan qatnashchi etib belgilansin.
2. “Oʻzdavneftmahsulot” davlat-aksiyadorlik birlashmasiga “Oʻzfarmsanoat” uchun ajratilgan dizel yonilgʻisi qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini hisobga olgan holda yuklab joʻnatish kunida Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining sotish narxlari boʻyicha, keyinchalik jahon bozorida shakllangan narxlar boʻyicha erkin almashtiriladigan valyutaga eksportga sotgan holda, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sotishga ruxsat berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hukumatlararo bitim boʻyicha “Farmprom” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatidan (Ukraina) xarid qilinadigan dori-darmonlarni chakana dorixona tarmogʻi orqali aholiga sotish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Chetdan keltiriladigan dori-darmonlar tannarxi amaldagi xarajatlar boʻyicha belgilansin, Oʻzbekiston tomoni dizel yonilgʻisini ortish va transportda tashish bilan bogʻliq Ukraina chegarasigacha sarflangan xarajatlar ham shu jumlaga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-martdagi 71-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 11-son, 143-modda)
5. 1995-yilda hukumatlararo bitim boʻyicha Qozogʻiston Respublikasiga yetkazib berilgan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblar hisobiga Qozogʻiston hududi boʻylab dizel yonilgʻisini temir yoʻlda tranzit tashish uchun “Oʻzfarmsanoat” konserniga 4000 vagonga kvota ajratilsin.
6. Belgilansinki, Tojikiston temir yoʻlining Leninobod uchastkasi boʻyicha temir yoʻlda tashish uchun haq toʻlash, istisno tariqasida, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-fevraldagi 56-f-son farmoyishi bilan belgilangan foydalanilmagan limitlar va idoraviy kvotalar hisobiga milliy valyutada amalga oshiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat bojxona qoʻmitasi “Farmeksim” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati bilan “Farmprom” (Ukraina) yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati oʻrtasidagi kontrakt belgilangan muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 7-avgust,
391-son