28.07.2021 yildagi PQ-5199-son
Hujjat 29.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
a) 2021-yil 1-oktabrdan boshlab mazkur qarorga 1-ilovada ro‘yxati keltirilgan davlat tibbiyot muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan muassasalar) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilinadi va moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
g) 2022-yil 1-yanvardan boshlab mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq davlat tibbiyot muassasalarida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tartibi joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5130-son qarori bilan tashkil etilgan Respublika gematologiya, onkologiya va radiologiya markazlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhi (B. Musayev)ga:
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tug‘uruq bo‘limlari negizida 4-ilovaga muvofiq tumanlararo perinatal markazlarni amaldagi shtatlar doirasida tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Ma’lumot berish uchun mas’ul vakolatli organlar

Talab etiladigan ma’lumotlar

1.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

1. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha ginekologik kasalliklar hamda homilador ayollarning patologik holati to‘g‘risida ma’lumot.

2. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha endokrin kasalliklari to‘g‘risida ma’lumot.

3. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha teri kasalliklari va jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklar to‘g‘risida ma’lumot.

4. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha tuberkulyoz kasalligi to‘g‘risida ma’lumot.

5. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi�an ro‘yxat bo‘yicha 18 yoshga to‘lmagan bolalarning patologiyasi to‘g‘risida ma’lumot.

6. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha onkologiya kasalliklari to‘g‘risida ma’lumot.

2.

Moliya vazirligi

1. Chin yetimlar to‘g‘risida ma’lumot.

2. Yoshga oid pensiyaga chiqqan, ishlamaydigan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot.

3. 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot.

4. 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari to‘g‘risida ma’lumot.

5. Chernobil AES falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironlar to‘g‘risida ma’lumot.

6. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlangan kam ta’minlangan oilalarga mansub shaxslar to‘g‘risida ma’lumot.

3.

Mudofaa vazirligi

1. Baynalmilalchi-jangchilar to‘g‘risida ma’lumot.

2. Chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yoshdagi) shaxslar to‘g‘risida ma’lumot.

4.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

1. Bolalikdan nogironlar to‘g‘risida ma’lumot.

2. I va II guruh nogironlari to‘g‘risida ma’lumot.

T/r

Tashkilot nomi

Hududlar

1.

Chimboy tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2.

Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

3.

Qo‘ng‘irot shahar tug‘uruq majmuasi

4.

Kegeyli tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

5.

Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

Andijon viloyati

6.

Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

7.

Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

8.

Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

9.

G‘ijduvon shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

Buxoro viloyati

10.

Romitan tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

11.

Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

12.

G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

Jizzax viloyati

13.

Zomin tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

14.

Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

15.

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

Qashqadaryo viloyati

16.

Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

17.

Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

18.

Koson tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

19.

Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

Navoiy viloyati

20.

Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

21.

Navbahor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

22.

Uychi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

Namangan viloyati

23.

Yangiqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

24.

Chust tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

25.

Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

Samarqand viloyati

26.

Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

27.

Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

28.

Urgut tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

29.

Payariq tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

30.

Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

Sirdaryo viloyati

31.

Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

32.

Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

33.

Denov perinatal markazi

Surxondaryo viloyati

34.

Boysun tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

35.

Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

36.

Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

37.

Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

Toshkent viloyati

38.

Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

39.

Bekobod shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

40.

Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

41.

Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

42.

Qo‘qon shahar tug‘uruq majmuasi

Farg‘ona viloyati

43.

Marg‘ilon shahar tug‘uruq majmuasi

44.

Beshariq tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

45.

Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

Xorazm viloyati

46.

Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul tashkilotlar

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni yangi tizim asosida davolash bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish.

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli formatlardagi eshittirish, ko‘rsatuv, maqolalar va boshqa axborot materiallarini e’lon qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Sabirov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

2.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni olishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari bo‘limlari kesimida mavjud o‘rinlar soni, shu jumladan bo‘sh o‘rinlar soni, Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan hamda pullik asosda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar turlari va ularning narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlash.

2. Ixtisoslashtirilgan bepul tibbiy yordam ko‘rsatish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, bu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Rasmiy veb-saytlarda tegishli ma’l�motlarni joylashtirish va ularni muntazam yangilab borishni ta’minlash.

2021-yil 1-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Sabirov)

3.

Aholining ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini oshirish, ushbu xizmatlarga oid ma’lumotlarni sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini darajasida yetkazish sifatini oshirish.

1. Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari, ixtisoslashtirilgan bepul tibbiy yordam ko‘rsatish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni interaktiv infokiosklar orqali yetkazish.

2022-yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Inoyatov)

2. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bo‘yicha targ‘ibot materiallarini tarqatish (rolik, buklet, risola va boshqalar).

2021-yil 1-noyabr

4.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning sifatini nazorat qilish va aholining bu boradagi murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash.

1. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olgan fuqarolar tomonidan tibbiy yordamni baholash tizimini joriy etish, ular o‘rtasida tibbiy yordam sifati bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish.

2. Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlarida “tezkor aloqa”ning uzluksiz ishlashini ta’minlash.

3. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni har chorakda umumlashtirish.

4. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijasidan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalarining rasmiy veb-saytlarida zarur tushuntirishlar berish, muntazam ravishda aholi tomonidan eng ko‘p beriladigan savollarga javoblarni joylashtirish.

2021-2022 ?illar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev),

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
(Sharipov)

5.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining rahbarlari, buxgalter va iqtisodchilarini imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning yangi tartibi bo‘yicha o‘qitish.

1. O‘quv seminarlari va treninglar tashkil etish.

2. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi bo‘yicha sharh tayyorlash.

2021-yil davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Sabirov),

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
(Sharipov)

6.

Ixtisoslashtirilgan muassasalarni shartnoma asosida bazaviy narxlardan kelib chiqib moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil 1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev)

2. Ixtisoslashtirilgan muassasalarni shartnoma asosida bazaviy narxlardan kelib chiqib moliyalashtirish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil 15-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev),

Moliya vazirligi
(Ishmetov),

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
(Sharipov),

Adliya vazirligi
(Karimov)

3. 2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga o‘tkaziladigan tibbiyot muassasalarni moliyalashtirishning yangi tartibiga o‘tkazish choralarini ko‘rish.

2022-yil 1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev),

Moliya vazirligi
(Ishmetov)

7.

Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash mexanizmini joriy etish.

1. Axborot tizimini ishlab �iqish.

2021-yil 1-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Azizov)

2. Mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar to‘g‘risidagi axborot bazasini tegishli qismi bo‘yicha shakllantirish va ularning axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlash.

Moliya vazirligi
(Abruyev),

Mudofaa vazirligi
(Xolmuhamedov),

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
(Inakov)

8.

Davolash va tashxis qo‘yish sifatini oshirish.

1. Xalqaro tajriba hamda dalillarga asoslangan tibbiyotga muvofiq klinik protokollarni, diagnostika hamda kasalliklarni davolash standartlarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2. Klinik protokollarni, diagnostika hamda kasalliklarni davolash standartlarini Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilish.

2021-yil yakuniga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev)

9.

Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar toifalarini qayta ko‘rib chiqish va ularning yagona ro‘yxatini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2021-yil 1-dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev),

Moliya vazirligi
(Abruyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish asoslarini yaratish.

1. Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish standartlarini va ularni qo‘llash tartibini tasdiqlash.

2. Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha mustaqil ekspertlarni jalb qilish va ularga haq to‘lash tartibini tasdiqlash.

2022-yil 1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Sabirov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash.

2. Ko‘z mikroxirurgiyasi, urologiya, kardiologiya, travmatologiya va ortopediya hamda akusherlik va ginekologiya yo‘nalishlarida tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga qo‘yiladigan talablarni hamda ko‘rsatiladigan xizmatlarni moliyalashtirish tartibiga oid ma’lumotlarni yetkazish.

3. Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni ko‘rsatishga jalb etilgan nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiy xizmatlar narxi bilan tanishish imkoniyatini yaratish.

2021-yil 1-noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Sabirov)

12.

Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishda jalb etilgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

2022-yil 1-noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Azizov)

13.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni ko‘rsatish borasida davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining hamkorligini ta’minlash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish.

1. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning dolzarb masalalariga oid seminar, trening, davra suhbati, muhokama, press-konferensiya va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

2. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni ko‘rsatishda eng yaxshi natijalarga erishgan davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini taqdirlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish.

2021-2022-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Sabirov)

14.

Tibbiy tashxislarni xalqaro klassifikatorlar asosida kodlash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarini jalb etgan holda o‘quv seminarlar o‘tkazish.

2. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida tibbiy tashxislarni xalqaro klassifikatorlar asosida kodlash ishlarini amalga oshirish.

2021-yil 1-oktabrdan boshlab

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Azizov),

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
(Sharipov)

15.

Respublikadagi tug‘uruqqa yordam beruvchi muassasalarni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

1. Tug‘uruqqa yordam beruvchi muassasalarning mavjud moddiy-texnika bazasini to‘liq xatlovdan o‘tkazish va xatlov natijalariga ko‘ra tug‘uruqqa yordam beruvchi muassasalar uchun talab etiladigan tibbiy asbob-uskunalar ro‘yxati va hajmini aniqlash.

2021-yil 1-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Basitxanova),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Respublikadagi tug‘uruqqa yordam beruvchi muassasalarni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash uchun xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazish.

2021-yil 1-noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Azizov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Vafayev)

16.

Tumanlararo perinatal markazlar xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish.

1. Tumanlararo perinatal markazlari xodimlarining malakasini oshirish.

2. O‘quv-seminarlar va treninglar o‘tkazish.

Reja-grafikka asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Basitxanova)

17.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun 650 ta statsionar va 100 ta kunduzgi statsionar o‘rinlardan iborat bino-inshootlar kompleksini barpo etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

2023-yil 1-aprel

Vazirlar Mahkamasi
(Musayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev),

Toshkent shahar hokimligi
(Artikxodjayev)

18.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini malakali kadrlar bilan ta’minlash.

1. Oliy tibbiyot ta’lim muassasalari magistraturasi va klinik ordinaturasida tor mutaxassislarni tayyorlash.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev)

2. Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazida o‘rta tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish.

Reja-grafikka asosan

3. Koreya Respublikasining yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda onkologiya, gematologiya, radiologiya, klinik immunologiya, yuqori texnologik transfuziologiya, laboratoriya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkillashtirish.

Kelishilgan muddatlarda

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev),

Tashqi ishlar vazirligi
(Kamilov)

16-bandning uchinchi xatboshisidagi “sarf-xarajatlarini” so‘zlari “ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarini” so‘zlariga, to‘rtinchi xatboshisidagi “xarajatlari” so‘zi “xizmatlarining to‘lovlari” so‘zlariga almashtirilsin;
17-banddagi “xarajatlarni” so‘zi “mablag‘larni” so‘ziga almashtirilsin;
18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarini” so‘zlari “ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarini” so‘zlariga almashtirilsin;
V bo‘lim nomlanishidagi “xarajatlarini” so‘zi “tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni” so‘zlariga almashtirilsin;
ikkinchi, uchinchi xatboshilaridagi “xarajatlarini” so‘zi “xizmatlarini” so‘ziga almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
II bo‘lim nomlanishidagi “xarajatlarni” so‘zi “xizmatlarni” so‘ziga almashtirilsin;
7-banddagi “xarajatlari” so‘zi “xizmatlari” so‘ziga almashtirilsin;
v) Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3, 13, 17-bandlaridagi “xarajatlarini”, “xarajatlarni” va “xarajatlar” so‘zlari tegishincha “xizmatlarini”, “xizmatlarni” va “xizmatlar” so‘zlariga almashtirilsin.
b) III bo‘lim quyidagi mazmundagi 3.30-bandi bilan to‘ldirilsin: