O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “So‘m-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 11-apreldagi 195-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-sentabrdagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini takomillashtirish, pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 18-martdagi 146-son qarorning 10-bandi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy valyutaning ichki erkin muomalada bo‘lishi uchun resurslarni ko‘paytirish to‘g‘risida” 1994-yil 8-noyabrdagi 540-son qarorning 1-bandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 17-iyun,
310-son