Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024 20.04.2021 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni apellyatsiya tartibida kurish amaliyoti toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 11-sonli “Sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, maʼmuriy ishni apellyatsiya tartibida qayta koʻrish sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini tekshirish huquqini taʼminlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 200-moddasiga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachi, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillari shikoyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taraflar va uchinchi shaxslarning huquqiy vorislari shikoyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning shikoyati boʻyicha, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishda arizachi sifatida qatnashgan davlat organlari va boshqa shaxslarning arizasi boʻyicha (MSIYUtK 47-moddasi birinchi qismi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokurorning protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek, MSIYUtK 200-moddasi birinchi qismiga muvofiq, sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati boʻyicha ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida koʻrsatilmagan hollarda ham, uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, shu jumladan, advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlsagina, sud hujjati ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilishga haqli (MSIYUtK 62-moddasi ikkinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning hal qiluv qarori ustidan toʻliq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonunga muvofiq, sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) u qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida (MSIYUtK 203-moddasi), berilishi mumkin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtishining boshlanishi hal qiluv qarori qabul qilingan kunning ertasidan hisoblanadi (MSIYUtK 116-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. MSIYUtK 203-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha shikoyat (protest) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan tiklanilishi mumkin. Sud apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash yoki rad qilish toʻgʻrisida buning sabablarini koʻrsatgan holda ajrim chiqaradi,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatni tiklash rad etilgan holda ajrimda apellyatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojining qaytarilishi nazarda tutilishi lozim (MSIYUtK 209-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan MSIYUtK 120-moddasi uchinchi qismiga koʻra, kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. MSIYUtK 202-moddasiga koʻra, apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudiga yoʻllanadi, ammo hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudi har bir shikoyatni (protestni) kelib tushgan sanasini koʻrsatgan holda roʻyxatga olishi hamda shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudiga apellyatsiya shikoyatiga aloqador qoʻshimcha hujjatlar yoki boshqa shaxslardan apellyatsiya shikoyati kelib tushganda, ular ham apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellyatsiya tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, qonunda shikoyat qilinishi nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaydigan ajrimlar ustidan (masalan, arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimlar, birinchi instansiya sudi muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimlar) apellyatsiya tartibida shikoyat (protest) berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. MSIYUtK 204-moddasida apellyatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuniga doir talablar belgilangan. Shu munosabat bilan apellyatsiya instansiyasi sudi uni bergan shaxs tomonidan ushbu talablarga rioya qilinganligini tekshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MSIYUtK 204 va 206-moddalari talablariga javob bermaydigan shikoyat (protest) qaytarish asoslari koʻrsatilgan holda MSIYUtK 210-moddasiga muvofiq, sudyaning ajrimi bilan qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ish apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrilayotgan vaqtda sud hujjatiga nisbatan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan shikoyat (protest) kelib tushganda u dastlab qabul qilingan shikoyat (protest) bilan birga koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. MSIYUtK 216-moddasiga koʻra, apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar apellyatsiya shikoyati bergan shaxs shikoyatdan voz kechishga, protest keltirgan prokuror va yuqori turuvchi prokuror protestni chaqirib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatdan voz kechish (protestni chaqirib olish)ni qabul qilish masalasi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyat (protest)ni koʻrish uchun tayinlangan sud majlisida hal qilinadi, bunda shaxsning shikoyatdan voz kechish (protestni chaqirib olish) vakolati tekshirilishi zarur. MSIYUtK 62-moddasi mazmuniga koʻra, ishonchnomada vakilga berilgan birinchi instansiya sudining hujjatiga nisbatan shikoyat keltirish huquqi, agar ishonchnomada boshqacha holat maxsus koʻrsatilmagan boʻlsa, unga shikoyatdan voz kechish huquqini bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatdan voz kechilganda (protest chaqirib olinganda) sud apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi va ajrim chiqarilgan paytdan qonuniy kuchga kiradi. Shikoyatdan voz kechilishi (protestning chaqirib olinishi) ishni boshqa apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) asosan koʻrib chiqishni davom ettirishga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ishni shikoyat (protest) boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida sud tomonidan xabardor qilinishi majburiy ekanligi qonunda belgilanganligi sababli ushbu talablarni bajarmaslik ishni koʻrishni keyinga qoldirishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish koʻrilishi haqida tegishlicha xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlgan taqdirda ham, agar ulardan birortasining kelmaganlik sababini uzrli deb topsa, sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli va bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganlik sabablari uzrsiz deb topilgan taqdirda, shuningdek, kelmaganlik sabablari haqida maʼlumotlar va bu sabablarni uzrli ekanligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlmaganda, apellyatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga haqli, bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini koʻzlab qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha prokurorning kelmaganligi mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. MSIYUtK 43-moddasiga koʻra, protsessual huquqiy vorislik maʼmuriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini eʼtiborga olgan holda, apellyatsiya instansiyasi sudi taraflarning biri, uchinchi shaxs nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil qilinishi va h.k.), bunday shaxslar ularning huquqiy vorislari bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyadi hamda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga imkon beradi. Huquqiy vorisning sud protsessiga kirishganligi haqida apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Apellyatsiya instansiyasi sudining eʼtibori ishni apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrishda MSIYUtK 218-moddasida belgilangan muddatga rioya qilinishi lozimligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni koʻrish muddati alohida hollarda (masalan, bir nechta talablarning bitta ish yuritishga birlashtirilganda, sud protsessi ishtirokchilarining koʻpligida, qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish va ularni tekshirish, ishga mutaxassislarni jalb qilish, sud topshiriqlarini yuborish zarurligida va h.k.) sud raisi tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin (MSIYUtK 218-moddasi ikkinchi qismi).
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qonunga koʻra, ish apellyatsiya tartibida koʻrilayotganda quyidagilar aniqlanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni toʻliq tekshirgan-tekshirmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlangan-isbotlanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hal qiluv qarori, ajrim, qarorda bayon qilingan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilgan-buzilmaganligi, ular toʻgʻri qoʻllanilgan-qoʻllanilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi instansiya sudi qabul qilgan sud hujjatlarining qonun talablariga muvofiqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudi MSIYUtK 217-moddasiga muvofiq, sud hujjatining qonuniyligi va asoslantirilganligini toʻliq hajmda tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirish deganda, shikoyat (protest) vajlaridan qatʼiy nazar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari aniqlanganligini, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshirishni tushunmoq lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Apellyatsiya instansiyasi sudi xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratib berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudida ishning koʻrilishi kollegial tarzda uch nafar sudyadan iborat tarkibda MSIYUtK 26-bobida nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida amalga oshiriladi. Bunda dastlab shikoyat bergan shaxs va uning vakilining tushuntirishi tinglanadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf shikoyat keltirgan holda, birinchi boʻlib arizachi va uning vakili soʻzga chiqadi. Ish prokurorning protesti asosida koʻrilayotganda prokuror birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlarining tushuntirishida shikoyat (protest)da koʻrsatilmagan vajlarni keltirishga va qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishi va muzokara soʻzi eshitilganidan keyin, apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Shuni nazarda tutish lozimki, apellyatsiya instansiyasi sudi har qanday dalillarni, ular birinchi instansiya sudi muhokamasida boʻlganligidan va yangidan taqdim etilganligidan qatʼiy nazar, tekshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza oʻtkazish, dalillarni taʼminlash va talab qilib olish, guvohlarni soʻroq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalarini ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababli rad etishga haqli emas. Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni toʻgʻri hal qilish maqsadida oʻz tashabbusi bilan dalillarni talab qilib olishi yoki tegishli sud ekspertizasini tayinlashi mumkin (MSIYUtK 68, 79-moddalari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalillar birinchi instansiya sudi uchun belgilangan qoidalar boʻyicha tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sudlarning eʼtibori birinchi instansiya sudida arz qilinmagan yangi talab apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinishi va koʻrilishi mumkin emasligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni toʻxtatib turish MSIYUtK 9-bobida nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudi ish yuritish tiklanganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Apellyatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ishni koʻrish natijalari yuzasidan qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudining eʼtibori shikoyat (protest)da keltirilgan har bir vajni, uning asosli yoki asossiz ekanligi haqidagi xulosani qarorda koʻrsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni nazarda tutish lozimki, asoslantirilgan qaror tuzilishi keyinga qoldirilganda va sud majlisida uning xulosa qismi eʼlon qilinganda, apellyatsiya instansiyasi sudida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan qaror bilan qachon tanishishi mumkinligini tushuntirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida ishni shikoyat (protest) boʻyicha koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar boʻlishi, zarur boʻlganda esa, sud xarajatlarining taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudi qabul qilingan qarorni oʻqib eshittirganidan soʻng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. MSIYUtK 220-moddasiga muvofiq, sud hujjatini apellyatsiya tartibida bekor qilishga yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Moddiy huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonun hujjati qoʻllanilmaganligi yoxud qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun yoki boshqa qonun hujjati qoʻllanilganligi, qonunning yoki boshqa qonun hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalarini buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi ishning notoʻgʻri hal etilishiga olib kelgan boʻlsagina, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni bekor qilishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qonunda protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi oqibatida har qanday holda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asoslar nazarda tutilgan (MSIYUtK 220-moddasi toʻrtinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. MSIYUtKning 219-moddasiga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) MSIYUtKning 220-moddasi toʻrtinchi qismi 9-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Apellyatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va toʻliq aniqlab, qonuniy hamda asosli sud hujjati chiqargan, degan xulosaga kelsa, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni oʻzgarishsiz, shikoyat (protest)ni esa qanoatlantirmasdan qoldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida shikoyat (protest) vajlari notoʻgʻri va sud hujjatining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga asos boʻlmaydi, deb topilganligi sabablari koʻrsatib oʻtilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishiga birinchi instansiya sudi tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MSIYUtK 220-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda (MSIYUtK 220-moddasi toʻrtinchi qismi 4-bandi bundan mustasno) hal qiluv qarori bekor qilinadi va aniqlangan holatlardan kelib chiqib, birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan protsessual qonun buzilishlarini bartaraf qilgan holda yangi qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Apellyatsiya instansiyasi sudi arz qilingan talab doirasida mavjud va qoʻshimcha taqdim qilingan hujjatlar (dalillar) asosida ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlarni aniqlashga va shundan kelib chiqib, oʻz vakolatlari doirasida qaror qabul qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Apellyatsiya instansiyasi sudi MSIYUtK 106 va 108-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga, arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga shunday qaror qabul qilinishiga sabab boʻluvchi holatlar aniqlangan boʻlsa, haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoxud notoʻgʻri hal etilishi, oʻz-oʻzidan sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini MSIYUtK 115-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Apellyatsiya instansiyasi sudi qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda (MSIYUtK 162 — 164-moddalari):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarorni tushuntirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaror yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha qaror chiqarishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq, mazkur shaxslarning kelmaganligi ushbu masalalarni hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan MSIYUtKda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ajrimni, qarorni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni) birinchi instansiya sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ishni koʻrish jarayonida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan ajrimlar ustidan MSIYUtKda belgilangan hollarda, kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrishda davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha, ularning sud protsessida ishtirokidan qatʼiy nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sud ularning harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u bu haqda jinoyat ishini qoʻzgʻatish masalasini hal etish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy ajrim sud majlisida eʼlon qilinadi va bu haqda bayonnomada koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ish boʻyicha chiqarilgan xususiy ajrimning qonuniyligi va asoslantirilganligini tekshirishga hamda ushbu ajrimning chiqarilishida yetarlicha asoslar mavjud boʻlmagan boʻlsa, uni bekor qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. MSIYUtK 175-moddasi talablariga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudining har bir majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida amalga oshirilgan protsessual harakat haqida bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining bayonnomasi bilan MSIYUtK 177-moddasida belgilangan tartib va muddatlarda tanishib chiqishga haqli. Sud majlisining bayonnomasiga berilgan yozma fikr-mulohazalar sud tarkibi tomonidan ular berilgan kundan keyin besh kun ichida sud protsessi ishtirokchilarini chaqirmasdan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Shikoyat apellyatsiya instansiyasi sudiga ish boshqa shikoyatlar (protest) boʻyicha koʻrilgandan soʻng kelib tushgan holda, mazkur apellyatsiya shikoyatini bergan shaxsga sud hujjatlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Maʼmuriy ishlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga ishlarni apellyatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi “Sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi 36-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 20-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-son