Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.11.1992 yildagi 551-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOShKENT ShAHRIDA DAVLAT UY-JOY FONDINI XUSUSIYLAShTIRIShNI JADALLAShTIRIShNING KOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish va bozor munosabatlari sharoitlarida aholini ijtimoiy himoya qilishni bundan buyon ham taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent shahridagi Akmal Ikromov, Mirobod, Hamza nohiyalari hokimliklarining, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi rahbarlarining eʼtibori uy-joylarni xususiylashtirishning borishini sust nazorat qilganliklariga, ushbu ishni tashkil etishda sustkashlikka yoʻl qoʻyganliklariga qaratilsin hamda ularga Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 13-avgustdagi 378-son qarorini bajarish yuzasidan qisqa muddatlarda chora-tadbirlar koʻrish yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Uy-joylarni qurish smeta qiymatining ancha qimmatlashganligi munosabati bilan 1992-yilda foydalanishga topshirilgan uylar (alohida uylar, kottejlarga, kvartiralarni xususiylashtirish keyinchalik qarzlarni 20 yil davomida uzish sharti bilan kvartira qiymatining 10 foizi miqdorida dastlabki pay badali toʻlangan holda amalga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 1993-yil 1-yanvargacha xususiylashtirilgan 1992-yilda qurilgan uylardagi kvartiralar qiymati bir yoʻla toʻlanayotganda uy-joy qiymatining 20 foizi miqdorida kamaytirilgan tarzdagi imtiyoz berishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda kvartiralarni sotib olishga va ijaraga olishning ijara shartlariga oʻtishga qodir boʻlmagan mehnatga layoqatsiz yolgʻiz keksa shaxslar egallab kelgan davlat uy-joy fondini kelgusida saqlash va foydalanish Tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzining uy-joyini 1993-yil 1-yanvargacha xususiylashtirgan Toshkent shahri aholisi imorat soligʻi toʻlashdan ikki yil muddatga ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ulugʻ Vatan urushi mehnat fronti qatnashchilariga, fashist konslagyerlarining sobiq mahbuslariga, Leningrad qamalida boʻlganlarga uy-joylarni bepul xususiylashtirish boʻyicha imtiyoz berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Buzilgan xususiy uy-joylar oʻrniga pul kompensatsiyasi toʻlanmasdan Toshkent shahri aholisi tomonidan olingan davlat uy-joyi fuqarolarga bepul shaxsiy mulk qilib berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1989—91 yillarda buzilgan xususiy uy-joy oʻrniga 1992-yilda davlat kvartirasi (alohida uy, kottej) olgan yoki oladigan fuqarolarga, ular tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etishgan taqdirda, uy-joylarni xususiylashtirish uchun (1991-yildagi narxlarda) imtiyozli huquq berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Auksion savdolar tashkil etish maqsadida Toshkent shahar hokimligi bir oy muddat ichida zarur joy ajratsin, Kommunal mulk va xususiylashtirish Bosh boshqarmasi koʻchmas mulk savdosi boʻyicha universal markaz tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uy-joylarni imtiyozli shartlarda xususiylashtirish boʻyicha asosiy qoidalarni va Hukumat tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni tushuntirishda barcha ommaviy axborot vositalaridan va aholi bilan bevosita aloqada boʻlish usullaridan foydalansinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq K. N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin, qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil dekabr oyida, keyinchalik yilning har choragida koʻrib chiqilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 23-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
551-son