14.01.2021 yildagi PQ-4949-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksportni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, uning hajmlari barqaror oʻsishini taʼminlash va tarkibini takomillashtirish boʻyicha mamlakatda amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, ushbu maqsadlarda mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan maksimal darajada foydalanish koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan cheklovlarning oqibatlarini yumshatish imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda respublika eksport salohiyatini tiklash va yanada kengaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boʻlinmalarida joylashtirgan holda doimiy faoliyat yurituvchi hududiy eksport shtablarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat komissiyasi oʻn kun muddatda “ishlab chiqarishdan to xorijiy isteʼmolchigacha” tamoyili boʻyicha eksportchi tashkilotlarga koʻmaklashishda aloqador vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining “gorizontal va vertikal oʻzaro hamkorlikda ishlash” mexanizmini nazarda tutgan holda hududiy eksport shtablarining toʻlaqonli faoliyat yuritishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2021-yilda Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan eksportchi tashkilotlarga xom ashyo sotib olish va eksportga yoʻnaltiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 100 million AQSH dollari ajratilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021-yil 1-fevraldan Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi moliyalashtirish ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2021-yil 1-apreldan mahalliy eksportchi, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqadigan korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hukumat komissiyasiga Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha toʻlov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-iyundagi 464-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika ishchi guruhining vazifa va vakolatlari yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat komissiyasi valyuta nazorati organlari bilan birgalikda bir oy muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan yechish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga — barqaror oʻsishni taʼminlash, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilish, eksportchi tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tashkil etilgan tizimning samarali faoliyat yuritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga — eksportni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida budjetdan moliyalashtirish, eksportchi tashkilotlarga qonunchilikka muvofiq soliq imtiyozlari, preferensiyalar va subsidiyalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga — eksportchi tashkilotlarni shartnoma majburiyatlariga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga — qishloq xoʻjaligi xom ashyosini ishlab chiqarishning samarali tizimi yaratilishini taʼminlash, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari eksportini kengaytirish, respublika hududlarida toʻliq ishlab chiqarish sikliga ega yirik agrosanoat klasterlarini barpo etish, raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy intensiv bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vaziri vazifasini bajaruvchi I.R. Maxkamov zimmasiga — eksportchi tashkilotlarni harakatlanuvchi tarkib bilan uzluksiz taʼminlash, avia parki va temir yoʻl harakatlanuvchi tarkibini kengaytirish, shuningdek, qoʻshni davlatlar hududi orqali eksport va tranzit yuklarining erkin harakatlanishini tashkil qilish hamda eksport va tranzit yuk tashuvlari sohasida tarif siyosatini optimallashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari F.N. Arziyev zimmasiga — Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining mahalliy eksportchi tashkilotlarga xorijiy hamkorlarni topish hamda eksport shartnomalarining imzolanishini taʼminlash boʻyicha faoliyatini va diplomatik qoʻllab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — meva-sabzavot va sanoat mahsulotlarining eksportchi tashkilotlariga ishlab chiqarish omillari hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlashda koʻmaklashish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 14-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4949-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 07/21/4949/0027-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)