Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2004 24.04.1995 yildagi 145-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2004
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1993-YIL 15-DEKABRDAGI 600-SON QARORIGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-sonli “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yevvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi qonunchilikka xilof ravishda terilgan (tayyorlangan) yoki keltirilgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining qizil kitobiga kiritilganlari ham, shuningdek, ushbu oʻsimliklarning qismlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan, keyinchalik ularni sotish huquqiga ega boʻlgan vositachi savdo tashkilotlariga berish sharti bilan olib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablagʻlar, belgilangan tartibda savdo tashkilotlariga ajratiladigan ajratmalar chegirib tashlangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi “Davbionazorat”ning maxsus mablagʻlari joriy schyotiga oʻtkaziladi, ulardan Oʻzbekiston Respublikasining Kizil kitobiga kiritilgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni sotishdan tushgan mablagʻlarning 75 foizi “Davbionazorat” tomonidan respublika budjeti daromadiga va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning boshqa turlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi mahalliy budjetlar daromadiga oʻtkaziladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 24-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
145-son