05.11.2020 yildagi O‘RQ-645-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 21-oktabrda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 104-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “k” bandi quyidagi mazmundagi “k” va “l” bandlar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“k) bir guruh shaxslar tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 105-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “l” bandi quyidagi mazmundagi “l” va “m” bandlar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“l) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 14-moddaning ikkinchi qismi “185” raqamidan keyin “1852, 1853” raqamlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) quyidagi mazmundagi 1852 va 1853-moddalar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1852-modda. Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xoʻjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan hollarda, jamoat joylarida ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xoʻjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda, jamoat joylarida olib yurish, xuddi shuningdek oʻzini oʻzi himoya qilish maqsadida olib yurish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1853-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada boʻlishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tigʻining yoki keskichining (damining) uzunligi toʻqson millimetrdan ortiq boʻlgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqadigan va mahkamlanadigan yoxud ogʻirlik kuchi yoki tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan hamda avtomatik ravishda oʻrnashadigan tigʻli sovuq qurol va pichoqlarning, shuningdek qurol sifatida qoʻllash uchun maxsus moslashtirilgan zarb berib-parchalovchi va uloqtiruvchi taʼsirga ega ashyolarni (gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglarni va boshqa ashyolarni) qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, taʼmirlash, realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, ulardan foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 245-moddaning birinchi qismi “1851” raqamidan keyin “1852, 1853” raqamlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 287-modda birinchi qismining 1-bandi “185” raqamidan keyin “1852, 1853” raqamlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyulda qabul qilingan “Qurol toʻgʻrisida”gi OʻRQ-550-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 388-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolar — kasbiy, ishlab chiqarish yoki sport faoliyatida yoxud xoʻjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish uchun moʻljallangan, sanoat usulida yoki qoʻlbola tarzda yasalgan tigʻli, kesuvchi ashyolar (pichoqlar, bigizlar va boshqa uchi oʻtkirlangan sanchiladigan, kesuvchi ashyolar), jismoniy kuch ishlatganda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan ashyolar (beysbol bitalari, softbol oʻyini uchun bitalar)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi — oʻn uchinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“6) fuqaroviy qurolni (bundan oʻzini oʻzi himoya qilish quroli mustasno), sovuq qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni oʻzini oʻzi himoya qilish maqsadida olib yurish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8 va 9-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8) qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni jamoat joylarida, shu jumladan shahar transportida, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xoʻjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda, jamoat joylarida olib yurish”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 5-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-645-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son)