03.07.2020 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsiz boʻlib, hech kim ulardan sudsiz mahrum etishga yoki ularni cheklashga haqli emas. Jismoniy va yuridik shaxslar huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish muhim davlat himoyasi instituti boʻlib, u mustaqil sud hokimiyati tomonidan odil sudlovni amalga oshirish orqali taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslar huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish samaradorligini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tushuntirilsinki, sud orqali himoya qilish deganda, sudlarning jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini tiklashga qaratilgan, protsessual qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyati tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud orqali himoya qilish huquqini birinchi instansiya sudida ish qoʻzgʻatish uchun qonunda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda amalga oshirish mumkin. Ushbu shartlarga rioya etmaslik sud tomonidan murojaatlarni qabul qilish va koʻrishni rad etish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Jinoyat-protsessual kodekslari, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga (bundan buyon matnda protsessual qonunlar deb yuritiladi) muvofiq, sudga murojaat qilish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha — daʼvo arizasi, ariza (shikoyat) shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyruq tartibida ish yuritish boʻyicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar, alohida toifadagi ishlar va protsessual qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat shaklida amalga oshiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jismoniy va yuridik shaxslarning protsessual qonunlarga koʻra, sudlar vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha sudga murojaatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Mazkur Qonun 25-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, boshqa davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslariga taalluqli murojaatlar sudga kelib tushganda, ular besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuboriladi va bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga sudlarning eʼtibori murojaatlar asossiz ravishda boshqa davlat organlariga koʻrib chiqish uchun yuborishga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sudga murojaatlar shakl va mazmun jihatdan protsessual qonunlar bilan ularga qoʻyilgan talablarga mos boʻlishi kerak. Murojaatlar sudga elektron hujjat shaklida ham yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatda, jumladan, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi haqidagi maʼlumotlar yoki yuridik shaxsning nomi va joylashgan joyi haqidagi maʼlumotlar, berilgan murojaat boʻyicha huquqiy munosabatning mohiyati, murojaat va qoʻyilayotgan talab yoki iltimosnomaning mohiyati, murojaat sanasi koʻrsatilishi lozim. Murojaatda murojaat etuvchining imzosi (raqamli imzosi) boʻlishi ham majburiy talab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shuni nazarda tutish lozimki, protsess ishtirokchilari huquqlarini sud orqali himoya qilish ularga qonunda berilgan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish huquqi bilan ham taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik protsessual, iqtisodiy protsessual qonunlari va maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq, sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar — taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan boshqa shaxslar murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy protsessual qonuni va maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va taftish tartibidagi shikoyat bilan murojaat qilish huquqi berilgan (tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar bundan mustasno).
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat-protsessual qonunida sud hukmi va ajrimi ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasi aniq koʻrsatilgan. Jumladan, sudning hukmi, ajrimi ustidan mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, uning vakili, hukmning fuqaroviy daʼvoga oid qismi ustidan — fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan — sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili shikoyat berishga haqlidir. Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham sud hukmining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud qarori ustidan, oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ shikoyat berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ishtirok etuvchi taraflar vakillari va advokatlari sud qarori ustidan shikoyat qilish huquqiga, faqat bunday vakolatlar vakolat beruvchi tomonidan belgilangan tartibda berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan hollardagina egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudiga qonunda nazarda tutilgan hollarda murojaat qilinganda, shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudlarning eʼtibori murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlariga va murojaat boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar murojaat matni bayon etilgan tilda bayon etilishi shartligi haqidagi qonun talablariga soʻzsiz rioya etilishi kerakligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tushuntirilsinki, ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda raislik qilgan sudya murojaatlarni oʻz vaqtida roʻyxatga olish, ishlarni rasmiylashtirish va apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudiga yuborish muddatlariga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida protsess ishtirokchilarini ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilish masʼuliyati ish boʻyicha maʼruzachi boʻlgan sudyaga yuklanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agar murojaatda muayyan ishni koʻrishda sud (sudya) tomonidan protsessual qonun normalari buzilganligi haqida vajlar keltirilgan boʻlsa va shikoyatni koʻrish jarayonida ushbu vajlar oʻz tasdigʻini topsa, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudlari ishni koʻrish natijasi boʻyicha xususiy ajrim chiqarishi va uning nusxasi tegishli sudyalar malaka hayʼatiga yuborilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sud hujjatlari ijrosi lozim darajada ijro etilmayotganligi masalalari boʻyicha yuqori turuvchi sudlarga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboriladi, bu haqda nazoratni amalga oshirish uchun qaror qabul qilgan yoki qaror ijro etilayotgan joydagi sudga xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sudlarning eʼtibori jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish jadvaliga muvofiq belgilangan kun va soatlarda qabul qilishni toʻgʻri tashkil etish, sayyor qabullar oʻtkazish vaqti va joyi toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida xabardor qilish zarurligiga, shuningdek, qabul qilish kunining asossiz ravishda koʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sud orqali himoya qilish jismoniy va yuridik shaxslarning nafaqat buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini tiklash vositasi, balki sudlar faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish vositasi ham ekanligi sababli, sudlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini muntazam ravishda tahlil qilib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish amaliyoti haqida” 1998-yil 28-dekabrdagi 31-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 3-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi v.b., Oliy sud sudyasi R. Ismaylov