Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 06.03.2018 yildagi 178-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va paxta yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 3-fevraldagi PQ-2756-sonli qaroriga asosan 2017-yilda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida 522 ta paxtachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining 1 243 ta konturidagi 13 200 gektar maydonga chigit ekilib, davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasi 35100 tonna miqdorida belgilangan.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Biroq, tumandagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan nazorat oʻrnatilmaganligi, mutasaddi idoralar rahbarlarining oʻz vazifalarini zarur darajada bajarmaganligi natijasida shartnomaviy reja 55,9 foizga bajarilgan yoki 15491 tonna paxta xom ashyosi kam topshirilishi sababli 29,5 mlrd. soʻm daromad olinmay qolgan.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning sabablari oʻrganilganda maʼlum boʻldiki, aksariyat hollarda nazorat va tashkilotchilikning talab darajasida yoʻlga qoʻyilmaganligi natijasida:

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, gʻoʻzani ball boniteti past (32 — 38), suv bilan yetarli taʼminlanmagan va kam xosilli (15 — 20 s/ga) yerga joylashtirish oqibatida 2 932 gektar maydonlardan bor yoʻgʻi 8 — 12 sentner hosil olingan va har gektaridan oʻrtacha 2,3 mln.soʻm zarar koʻrilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, joriy yilda tumandagi 189 ta fermer xoʻjaliklarining 3 646 gektar maydonida goʻza agrotexnikasi tadbirlari oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi, begona oʻt bosganligi natijasida, oʻrtacha koʻchat soni gektariga 55 — 60 mingtani tashkil etdi. Shuningdek, 44 ta fermer xoʻjaliklarining 352 gektar maydonida oʻrgimchak kana tarqalib, zararkunandalarga qarshi choralarni qoʻllashda sustkashlikka yoʻl qoʻyilganligi oqibatida jami 1 703,1 tonna paxta hosili yoʻqotilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-oktabrdagi 01-03-13-12-son hamda viloyat hokimining 789-son qarori asosida tumanda maqbullashtirish jarayonida 4,5 — 5 ming gektar yer maydonlariga talabgorlar boʻlmaganligi sababli qoʻshni tumanlardan paxta-gʻallachilikdan umuman xabari yoʻq, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirishda ishchi kuchi va texnika taʼminoti yetarli boʻlmagan, iqtisodiy nochor 54 nafar fuqarolarga tuman hokimining qarori asosida yer berilishi natijada jami 2 784,1 tonna rejadagi hosil yetishtiril magan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, tumandagi mavjud 460 ta qishloq xoʻjaligi texnikalarining 117 tasi taʼmirtalab, shuningdek 30 ta haydov va 84 ta chopiq traktorlari, 84 ta kultivator, 55 ta chigit ekish seyalkalari va jami 223 ta texnikalar yetishmaydi. Xususan, 48 ta haydov traktorlarining 12 tasi eskirganligi sababli shudgorlash ishlari sifatsiz va sayoz oʻtkazilgan, 84 ta fermer xoʻjaliklarida kultivatorlarning yetishmasligi agrotexnik tadbirlarni kechikishiga olib kelgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagi kabi qoʻpol agrotexnik xatoliklardan toʻgri xulosa chiqarish va 2018-yilda yerlardan samarali foydalanishda sektor rahbarlari, mutasaddilar, taʼminotchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlarining masʼuliyati va javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta yetishtirish va uni yigʻib-terib olishdagi jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi, goʻza parvarishida agrotexnik tadbirlarning belgilangan muddatda sifatli oʻtkazilmaganligi uchun Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman hokimi B. Raximov egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi inobatga olinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida debitor-kreditor qarzdorliklarning oʻsishiga yoʻl qoʻyganligi uchun tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari B. Muzaffarov egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli ravishda bir oy muddatda tuman prokurori, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻiga yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mavjud qarzdorliklarning 2018-yilning 1-apreliga qadar undirilishini taʼminlamagan taqdirda 4 ta sektor rahbarlariga nisbatan vazifasidan ozod qilishgacha boʻlgan intizomiy jazo choralari koʻrilishi toʻgʻrisida ogoxdantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida 2017-yil paxta hosilini yetishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi fermer xoʻjaliklariga yangi qishloq xoʻjaligi texnikalari va mexanizmlarini yetkazib berishning 2018-yilga muljallangan prognoz rejalari 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida barcha toifadagi paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini undirish jadvali 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqaridagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam xarajatli dala shiyponlari, issiqxonalar qurish, parranda, sogʻin sigir hamda asalari bokishni tashkil etish prognoz rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida 2018-yilda fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta va galla ekinlari ekiladigan yer maydonlari konturlarining dala chetlari hisob-kitobi 5-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida 2018-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan va chigit ekiladigan maydonlar atroflaridagi dala chetlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot yetishtirishning prognoz rejasi 6 va 6a-ilovalarga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida 2018-yil boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning prognoz rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturam huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasiga fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi va taʼminotchi tashkilotlar oldidagi debitor va kreditor qarzdorliklarini belgilangan tartibda undirish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 15 kun muddatda Quyichirchiq tumanida 2018-yil uchun ekiladigan ekinlarni tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda samarali joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda fermer xoʻjaliklari rahbarlari uchun 2018-yilda fermer xoʻjaliklarida rejalashtirilgan ekinlarni parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan joriy yilning mart oyida joylarda seminarlar oʻtkazilishini va mavsum davomida amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qaror ijrosi boʻyicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlari tinglanishi hamda Toshkent viloyati hokimligi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Uzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayevga axborot berib borishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev hamda Toshkent viloyati hokimi Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 6-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
178-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 09/20/178/0826-son)