Xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarar qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “British management university” mas’uliyati cheklangan jamiyatining (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Universitetda London universiteti, Reding universiteti (Buyuk Britaniya) hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini joriy etish, ularning malakali professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb qilish;
respublika iqtisodiyoti real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash;
o‘quv reja va dasturlarni zamonaviy fanlar asosida takomillashtirib borish, innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish;
xorijning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;
professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ularning stajirovkasini tashkil etish;
loyiha boshqaruvi, logistika, tadbirkorlik, innovatsiyalar, elektron tijorat sohalari bo‘yicha hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash;
respublika iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish;
respublika oliy ta’lim tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish, ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish;
ta’lim va ilm-fanning uzluksizligi hamda izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatga uyg‘un integratsiyalashuvi asosida mutaxassis va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
ta’lim va ilm-fan sohasida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Universitetda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan belgilanadi;
Universitetda dastlabki bosqichda “Loyihalarni boshqarish”, “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”, “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”, “Xalqaro elektron tijorat” hamda “Raqamli iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabuli amalga oshiriladi;
Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
Universitetga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olgandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat etiladi.
Universitetning bino va inshoatlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash;
Universitetni zamonaviy laboratoriya uskunalari, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi bilan ta’minlash hamda o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 20 nafardan kam bo‘lmagan abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish.
5. Universitetga har yili yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar mavjud talab va ehtiyoj hamda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib, mehnat bozori konyunkturasining tez o‘zgaruvchan sharoitida yuqori malakali kadrlarning amaliy tayyorgarligini ta’minlaydigan yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Toshkent shahar hokimligi Universitetni joylashtirish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda Toshkent shahridan yer uchastkasi ajratilishida Muassisga amaliy yordam ko‘rsatsin,
8. Muassisning Universitet faoliyatini 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yish uchun uning bino va inshoatlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlashda, o‘qituvchi va talabalar uchun turar joy binosini qurishda, zarur o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondlari bilan ta’minlashda Universitet bilan o‘zaro hamkorlik qilishi inobatga olinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Universitetda ta’lim sifatini va qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.