10.03.2020 yildagi O‘RQ-607-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining QONUNI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 18-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda ma’qullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 670-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 170-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) 18-moddasining birinchi qismidagi “bir oy” degan so‘zlar “o‘n besh kunlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar) 17-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Muayyan ishni ko‘rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 5-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sud hujjatlari axborot tizimidan foydalangan holda elektron hujjat tarzida shakllantirilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 17-moddaning birinchi qismidagi “shuningdek” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 150-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 162-moddaning birinchi qismi “Sudya” degan so‘zdan keyin “da’vo arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, sudgacha majlis o‘tkazilgan hollarda esa da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 163-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “da’vo arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) 18-moddasining birinchi qismidagi “shuningdek” degan so‘z chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova) 56-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa manfaatdor shaxslar ham ushbu axborot resursi orqali elektron hujjatlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 10-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘RQ-607-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)