Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK MAVQYINI EGALLAGAN XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING DAVLAT REESTRI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-sonli “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikada raqobatni rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni monopoliyadan chiqarishni kengaytirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-martdagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining tovar bozorlarida monopolistik mavqeyini egallagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning Davlat reyestri toʻgʻrisida Nizom” 2-bandining birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Monopolist reyestrga agar uning muayyan tovar bozoridagi ulushi 65 foizni yoki undan koʻproqni tashkil etsa, yoxud ushbu ulush Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan quyidagi holatlarga bogʻliq ravishda 35 foizdan 65 foizgacha boʻlgan diapazonda belgilangan taqdirda kiritiladi:
xoʻjalik yurituvchi subyektning bozordagi ulushining barqarorligi;
xoʻjalik yurituvchi subyektning tovar aylanishi sharoitlariga mustaqil ravishda yoki xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan birgalikda harakat qilgan holda hal qiluvchi taʼsir koʻrsata olish imkoniyati;
xoʻjalik yurituvchi subyekt xatti-harakatlari (xatti-harakatsizligining monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzishi va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtirishi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 19-sentabr,
323-son