Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2016 23.03.1995 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2016
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi ichki Ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash boshqarmasi davlat yongʻinda saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, texnik qayta jihozlashning nazorat qilinishi tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 386-sonli “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash boshqarmasi Davlat yongʻindan saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tuzatish va texnik qayta jihozlash nazorat qilinishi tartibi toʻgʻrisidagi Qoidalarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 23-martdagi 93-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tuzatish va texnik qayta jihozlashning nazorat qilinishi tartibi toʻgʻrisidagi Qoidalar tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 23-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 23-martdagi 93-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash boshqarmasi Davlat yongʻindan saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tuzatish va texnik qayta jihozlashning nazorat qilinishi tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vazirliklar, idoralar, mulkchilikning turli shakllaridagi tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib bajariladigan obyektlarni loyihalash va qurish Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari bilan xorijiy firmalar oʻrtasida tuziladigan kontraktlar, shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Kontraktlarda har bir tomonning loyihalash, qurish va boshqa ishlarni, shu jumladan, yongʻinga qarshi himoya chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha javobgarliklari va majburiyatlari aniq belgilab qoʻyiladi, ularni bajarishning aniq muddatlari qayd etiladi. Kontrakt majburiyatlari bajarilmaganligi uchun har bir tomon qatʼiy moddiy javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yongʻindan saqlash nazorati vakillarining mazkur obyektlarni loyihalash va qurishni nazorat qilish ishida quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) kontraktlarning yongʻin xavfsizligi masalalarini belgilash qismiga oid mazmuni bilan tanishib chiqish, buyurtmachiga takliflar va qoʻshimchalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qurilish uchun maydonchalar, trassalar tanlovchi komissiyalar ishida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) loyiha-smeta hujjatlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash qismini ekspertiza qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qurilish jarayonida loyiha yechimlarining yongʻin xavfsizligi qismi bajarilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) qurilish maydonchalari hududida yongʻinga qarshi tartibga rioya qilinishini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olishda qatnashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ekshududiy hisoblanadigan obyektlar qurilishida, yaʼni obyekt hududi oʻzlari vakili boʻlgan xorijiy davlatga (elchixonaga, konsullikka) tegishli boʻlgan hollarda, davlat yongʻindan saqlash nazoratining ishi mazkur Qoidalarda bayon qilingan maxsus tartibda amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan mavjud qurilish normalari va qoidalari bilan xorijiy firmalar vakillari taklif etgan yongʻinga qarshi himoya yechimlari oʻrtasida farqlar boʻlsa, masala har bir alohida holda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, buyurtmachi va xorijiy firma vakillari bilan birgalikda joyning oʻziga borib hal qilinadi. Natijalar protokollar bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Davlat yongʻindan saqlash nazorati xodimlarining yangi qurilayotgan obyektlarni loyihalash va qurishni nazorat qilish ishlarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat yongʻindan saqlash nazorati xodimlari xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilingan holda obyektlarni loyihalash va qurishni nazorat qilish ishlarini Oʻzbekiston Respublikasida Davlat yongʻindan saqlashni nazorat qilish organlari ishlarni tashkil etish boʻyicha qoʻllanmaga muvofiq amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Obyektlar qurilishi uchun yer maydonlarini tanlash komissiyalari ishida ishtirok etishda, yangi obyektlarni qurish loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqishda qabul qilingan yongʻinga qarshi chora-tadbirlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qurilish normalari va qoidalari, davlat standartlari va boshqa hujjatlar boʻyicha talablar qoʻyiladi, ularning toʻliqligi va muvofiqligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tekshirishlar natijalari boʻyicha amaldagi respublika normalari va qoidalarida nazarda tutilgan tavsiya etilayotgan barcha chora-tadbirlar asoslangan holda yongʻin xavfsizligi choralarini taʼminlashga oid yozma koʻrsatma rasmiylashtiriladi. Yongʻinga qarshi xizmatning tashkil etilishiga, obyektlar yongʻinga qarshi talab etiladigan zarur asbob-uskunalar bilan toʻliq jihozlanganligiga alohida eʼtibor beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Obyekt qurilishi jarayonida yongʻindan muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan loyiha yechimlarining bajarilishi sifati tekshiriladi, bunda loyihaga zarur oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish maqsadida loyiha tashkilotlari bilan yaqin aloqada boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qurilish jarayonida chet elda ishlab chiqariladigan yongʻinga qarshi asbob-uskunalardan foydalanilganda uning talab etiladigan taktik-texnik asoslarga muvofiqligini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash boshqarmasi bilan kelishib olish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yangi qurilishlarni yongʻinga qarshi texnik tekshirishlar qurilish surʼatlarini hisobga olib bir yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi. Bunda Davlat yongʻindan saqlash nazoratining yozma koʻrsatmalari albatta rasmiylashtirilib, ular buyurtmachi vakiliga va bosh pudratchi qurilish tashkiloti rahbariga taqdim etiladi, ular yongʻinga qarshi talab etilayotgan barcha tadbirlarni xorijiy firmalar vakillari bilan kelishib olishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Davlat yongʻindan saqlash nazorati organlarining kontrakt shartnomalarini koʻrib chiqishda qatnashishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kontrakt shartnomalarini tuzishda ularga yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha masalalar albatta kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kontraktlarda belgilanishi lozim boʻlgan asosiy masalalar quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) loyiha va qurilish ishlarini qurilish normalari, qoidalari va boshqa normativ hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan yongʻinga qarshi talablariga muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) binolar va inshootlarning oʻtga chidamliligi boʻyicha barcha talablarga rioya qilinishi, talab etiladigan barcha sertifikatlari bor boʻlgan qurilish konstruksiyalarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) loyihaning har bir boʻlimini “Davarxitektqurilish” qoʻmitasida yongʻin xavfsizligi tadbirlarini taʼminlash yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qoʻllanilayotgan qurilish konstruksiyalarining “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi kataloglariga, respublika davlat standartlariga, qurilish normalariga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) yongʻin xavfsizligi tadbirlarini taʼminlash qismida hajm-rejalashtirish yechimlari boʻyicha talablarning bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) yongʻindan avtomatik tarzda muhofaza qilish boʻyicha normalarda nazarda tutilgan talablarning toʻliq bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tashqi va ichki oʻt oʻchirish tizimlarining qurilish normalari va qoidalariga, davlat standartlariga muvofiq taʼminlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) qurilayotgan obyektni yongʻindan saqlash boʻyicha bosh pudratchi qurilish tashkilotining javobgarligini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) obyekt foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab obyektni yongʻindan saqlash xizmatining tashkil etilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yongʻindan muhofaza qilishning zarur talablari buyurtmachi tomonidan kontraktga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat yongʻindan saqlash nazoratining vakillari kontraktlar va shartnomalarda koʻrsatib oʻtilgan yongʻinga qarshi talablarning amalga oshirilishini nazorat qiladilar. Ular mavjud boʻlmagan taqdirda kontraktlarga zarur tadbirlar kiritilishi toʻgʻrisida yozma xulosalar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qurilish uchun maydon (trassa) larni tanlovchi komissiyalar ishida qatnashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat yongʻindan saqlash nazorati organlarining vakillari Korxonalar, binolar va inshootlarni qurish loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash haqidagi yoʻriqnomaning 1.02.01-85 qurilish normalari va qoidalariga muvofiq qurilish uchun maydon (trassa) larni tanlashda loyiha tashkilotlari moʻljallaydigan yongʻinga qarshi tadbirlarda ishtirok etadilar va xulosalar beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qurilish uchun maydon (trassa) larni tanlovchi komissiyalar ishida qatnashadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qurilish uchun maydoncha (trassa) ni tanlashda moʻljallanayotgan yongʻinga qarshi tadbirlarni koʻrib chiqishdagi asosiy masalalar quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) obyektni zonalashtirishning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) obyektni qoʻshni obyektlar va aholi yashash joylariga nisbatan joylashtirishda doimo esib turuvchi shamollarning, joy relyefining va yongʻinga qarshi oraliqlarning hisobga olinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) obyektlar, binolar va inshootlarning asosiy va shoxobcha yoʻllar bilan taʼminlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oʻt uchiruvchilar deposining yongʻin chiqqanda obyektga oʻt oʻchiruvchilar qismining oʻz vaqtida yetib kelishi imkoniyatini taʼminlashni nazarda tutib joylashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) yongʻinga qarshi suv taʼminoti, elektr taʼminoti, aloqa va signalizatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ishlab turgan korxonalar, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash loyihalashtirilayotganda, shuningdek, ishlab turgan korxonaga yangi ishlab chiqarish joylashtirilayotganda davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari tomonidan yongʻinga qarshi suv taʼminoti, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, aloqa vositalari, yongʻinga qarshi oraliqlar, shoxobcha yoʻlga oid loyiha yechimlari boʻyicha xulosa beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat yongʻindan saqlash nazorati organining yer maydonini tanlash boʻyicha xulosasi qurilayotgan obyektning kuzatuv hujjatlari majmuida saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Loyiha hujjatlarida qurilish normalari va qoidalarining yongʻinga qarshi talablariga rioya etilishi nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari Oʻzbekiston Respublikasida davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari ishini tashkil etish boʻyicha qoʻllanmaga muvofiq loyihalashda yongʻinga qarshi talablarning bajarilishini nazorat qiladilar, bunda obyektni loyihalash va qurishning oʻziga xosligi ham hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Loyiha-smeta hujjatlarini nazorat qilish bevosita loyihani bajarayotgan tashkilotda oʻtkaziladi, yangi qurilishlarni yongʻin-texnik jihatdan tekshirishda qurilish maydonlaridagi loyiha hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi tekshiriladi. Loyihani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat yongʻindan saqlash nazoratining yozma koʻrsatmasi rasmiylashtiriladi, unga Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan normalar va qoidalarga muvofiq talab qilinayotgan chora-tadbirlarning toʻliq roʻyxati kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Normalar va qoidalardan jiddiy chekinishlar boʻlganda loyihaning bosh muhandislari, loyihalash tashkilotlarining rahbariyati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan uzil-kesil choralar koʻradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Loyihalash xorijiy firmalar tomonidan amalga oshirilganda davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari bu tadbirlarni xorijiy firmalar bilan birgalikda obyekt buyurtmachisi ishtirokida bajaradilar. Loyiha-smeta hujjatlarini tekshirish buyurtmachi huzurida yoki davlat yongʻindan saqlash nazorati organlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Boshqa mamlakatlarda bajarilgan qurilish konstruksiyalarini loyihalarga kiritishda Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan usul boʻyicha yondirish sinovlari protokollari taqdim etilishi kerak. Bunday hujjatlar boʻlmagan taqdirda davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari buyurtmachidan davlat yondirish sinovlari oʻtkazilishini talab qilishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hujjatlar boʻyicha rasmiylashtirilgan tekshirish natijalari buyurtmachi xorijiy firmalar vakillari bilan birgalikda muhokama qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qurilayotgan korxonalar, binolar, inshootlarda Oʻzbekiston Respublikasida shunga oʻxshash boʻlmagan xorijiy texnologiyalardan foydalanishda buyurtmachi bosh pudratchi firma bilan birgalikda Davlat yongʻindan saqlash nazorati vakillarining yongʻindan muhofaza qilish boʻyicha tavsiyanomalarni oʻrganish va ishlab chiqish maqsadida shunga oʻxshash texnologiya, qurilish qismi, avtomatika tizimlari yoki yongʻindan saqlash tizimi bilan ishlab turgan korxonalarga borishlarini tashkil etadi. Ishlanmalar natijalari loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish uchun buyurtmachiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilingan holda qurilayotgan binolar va inshootlarda yongʻinga qarshi chora-tadbirlarning qanday bajarilayotganligini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Obyektlar, binolar va inshootlarni loyihalash hamda ularni qurish Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilingan qurilishi tugallangan obyektlarni topshirish va foydalanishga qabul qilib olishga faqat respublikada amalda boʻlgan qurilish normalari va qoidalariga, davlat standartlari hamda boshqa normativ hujjatlarga muvofiq talab qilinadigan barcha yongʻinga qarshi chora-tadbirlar toʻliq bajarilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qurilish jarayonida yongʻinga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari ishini tashkil etish boʻyicha qoʻllanmaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Loyihadan va amaldagi normalar va qoidalardan jiddiy chekinishlar aniqlangan taqdirda davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari xodimlari oʻzlariga qonun bilan berilgan huquqlar va majburiyatlarga muvofiq choralar koʻradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mavjud kamchiliklar va chekinishlar haqida loyihalovchi institut yozma ravishda xabardor qilinadi, loyihalardan chekinishga yoʻl qoʻygan qurilishlarning rahbarlariga nisbatan maʼmuriy taʼsir koʻrsatish choralari koʻriladi, zarur boʻlgan hollarda obyekt qurilishi qonun bilan belgilangan tartibda butunlay toʻxtatiladi yoki vaqtincha toʻxtatib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Obyektni tekshirish natijalari boʻyicha buyurtmachi va bosh pudratchi qurilish tashkiloti nomiga yozma koʻrsatma rasmiylashtiradi. Obyektlarni tekshirish vaqtida ularning yongʻinga qarshi toʻsiqlar, suv taʼminoti talablariga muvofiqligiga, oʻrnatiladigan yongʻinga qarshi, elektr va texnologiya asbob-uskunalari, pardozlash materiallari qoʻllaniladigan qurilish konstruksiyalari loyihalariga muvofiqligiga asosiy eʼtibor berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agar obyektni ishga tushirish bir nechta navbatda amalga oshirilsa, birinchi navbatni foydalanishga topshirish chogʻida obyektning yongʻinga qarshi xizmati talab qilingan miqdorda oʻt oʻchirish avtomobillari jangovar holga keltirilgan, oʻt oʻchiruvchilar deposi qurilishi va pardoz ishlari nihoyasiga yetkazilgan holda ishga tushirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari loyihalaydigan va quradigan xorijiy davlatlarga foydalanish uchun beriladigan obyektlar qurilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Keyinchalik foydalanish uchun ekshududiylikka ega boʻlgan davlatlarga beriladigan obyektlarni loyihalash va qurishni nazorat qilish Davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari ishini tashkil etish qoʻllanmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bu obyektlarni loyihalash va qurish Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan normalar va qoidalarga muvofiq olib borilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Diplomatik immunitetdan foydalanuvchi obyektlar, binolar va inshootlarni qurishni nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Diplomatik immunitetdan foydalanuvchi obyektlar, binolar va inshootlarni qurishni nazorat qilish xorijiy elchixona yoki firmalar rahbar xodimlaridan rasmiy chaqiruv olingan taqdirdagina davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Loyihani tekshirish va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha diplomatik immunitetdan foydalanuvchi obyektlarni yongʻin xavfsizligi va yongʻindan muhofaza qilish tadbirlarini kuchaytirishga oid tavsiya tusidagi takliflar tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Loyihalash normalari mavjud boʻlmagan loyiha yechimlarini kelishish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xorijiy firmalar va qoʻshma korxonalar bilan loyihalash normalari mavjud boʻlmagan obyektlar qurilishi loyiha yechimlarini kelishish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash boshqarmasi tomonidan Davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari ishini tashkil etish qoʻllanmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha talab etiladigan yongʻinga qarshi tadbirlarning toʻliq roʻyxati berilgan rasmiy yozma javob beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Qurilish ishlarini amalga oshirishda yongʻin xavfsizligi qoidalarining bajarilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari tomonidan qurilayotgan obyektlarda qurilish ishlarini amalga oshirishda yongʻin xavfsizligi qoidalarining bajarilishi xorijiy firmalar bilan tuzilgan kontrakt (shartnoma) da qabul qilingan shartlarga muvofiq tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar bu masalalar kontraktda hal etilmagan boʻlsa, davlat yongʻindan saqlash nazorati organlarining vakillari obyekt buyurtmachisiga tegishli takliflarni tavsiya etishlari va mazkur masalani hal qilish, uni buyurtmachi va xorijiy firmalar oʻrtasidagi shartnomada aks ettirishga oid zarur chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qurilish maydonida yongʻin chiqqan hollarda yongʻin chiqqan har bir holat, kontrakt shartlaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻindan saqlash nazorati organlarida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yangi qurilishda oʻtkazilayotgan barcha chora-tadbirlar va yongʻinga qarshi rejimga rioya qilishning tashkil etilishi Binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, texnika bilan qayta jihozlash va tuzatish chogʻidagi yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bunday obyektlardagi yongʻinlarni hisobga olish hujjatlari Yongʻinlarni hisobga olish yoʻriqnomasiga muvofiq tuziladi. Davlat yongʻindan saqlash organlari xodimlarining xorijiy firma vakillari bilan yongʻin toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirishga oid ishlari faqat buyurtmachining vakillari orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qurilish maydonida yongʻindan saqlash xizmati mavjud boʻlmagan taqdirda, yongʻin xavfsizligi uchun javobgar tomon (buyurtmachi yoki xorijiy firma) yangi qurilishda chiqishi mumkin boʻlgan yongʻinni oʻchirish uchun yaqin joydagi oʻt oʻchiruvchilar boʻlinmalarini jalb qilish masalasini hal etishi kerak. Buning uchun xorijiy firma yoki buyurtmachi bilan hududiy yongʻindan saqlash organi oʻrtasida shartnoma tuziladi, bu organ bunday shartnomalar tuzilgandan keyin boʻlinmalarning mazkur obyektdagi yongʻinlarni oʻchirish boʻyicha xatti-harakatlariga tuzatishlar kiritishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XI. Obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilingan qurilishi tugallangan obyektlarni davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilib olish davlat yongʻindan saqlash nazorati organlari tomonidan qurilish normalari va qoidalariga muvofiq hamda qurilish kontraktlari shartlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilingan qurilish obyektlarini ishga tushirishda davlat yongʻindan saqlash nazorati organlaridan ishchi va davlat qabul komissiyalariga vakil etib Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash boshqarmasining qaroriga koʻra eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan xodimlar tayinlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat ishchi komissiyalari ishi jarayonida davlat yongʻindan saqlash nazorati vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan qurilish normalari va qoidalarida, qurilish loyihasida nazarda tutilgan yongʻinga qarshi tadbirlarning bajarilishi tekshiriladi, ular quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oʻt oʻchiruvchilar deposi qurilishining yakunlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻt oʻchirish, texnik jihozlar va tegishli asbob-uskunalari boʻlgan oʻt oʻchirish avtomobillarining yetarli miqdorda mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) idoralararo komissiya dalolatnomasini tuzish va oʻt oʻchiruvchilar shtatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) barcha qurilish konstruksiyalari, xonalarning joylashtirilishi va bezalishining yongʻinga qarshi normalarga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) oʻt oʻchirish va signalizatsiya tizimlarining avtomatik rejimda harakatga keltirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) oʻt oʻchirish va signalizatsiya tizimlarining ishlab ketishi toʻgʻrisidagi signallarning ventilatsiya va texnologiya uskunalari bilan bogʻlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tashqi va ichki oʻt oʻchirish, suv manbalari, yongʻinga qarshi rezervuarlar va tarmoqlarning muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) tutunni tarqatish va olovdan himoya qilish tranzit ventilatsiya tizimlari va boshqa tadbirlar boʻyicha ishlarning tugallanganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qurilishi tugallangan obyektda yongʻinga qarshi bajarilmagan tadbirlar mavjud boʻlsa Davlat yongʻindan saqlash nazorati vakillari qabul qilish dalolatnomasini imzolaydilar, bajarilmagan tadbirlar roʻyxati tuziladi hamda buyurtmachiga va bosh pudratchi qurilish tashkilotiga topshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 3-son, 11-modda)