30.12.2019 yildagi O‘RQ-599-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-modda, № 12, 781, 783-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 2, 3-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 166-moddalar, № 8, 471-modda, № 9, 589-modda, № 11, 792-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020 va 2021-yillar davomida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) normalarining amaliy taʼsiri va samaradorligi doimiy ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur boʻlgan taqdirda Soliq kodeksining alohida normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini Soliq kodeksiga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari Soliq kodeksiga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda Soliq kodeksining ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan imtiyozlar 2020-yilning 1-apreliga qadar amal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilning 1-yanvarigacha qabul qilingan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, yagona ijtimoiy toʻlov, yagona soliq toʻlovi va qatʼiy belgilangan soliq oʻrniga tegishincha ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi kiritilmoqda, ularning toʻlovchilariga qonun hujjatlarida ilgari belgilab qoʻyilgan imtiyozlar va alohida hisoblash tartibi tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Belgilab qoʻyilsinki, hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oʻrnini qoplash 2020-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Ushbu Qonun 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq kodeksining 69-bobi qoidalari 2020-yil 1-yanvardan keyin tuziladigan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha 2020-yil 1-iyulga qadar maʼqullangan, toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shuningdek ularni olib kirishga qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinmaydi. Bunda ushbu soliq imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qoʻllanilmaydi.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi OʻRQ-785-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son — tijorat banklari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida 2022-yil 1-maydan keyin yangitdan tuziladigan bitimlar (rasmiylashtirish shakli va usulidan qatʼi nazar) asosida sotib olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etiladi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda yangi tartib joriy etiladi, unga muvofiq davlat soliq xizmati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni soliq auditi tayinlanganligi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi 2020-yil 1-yanvarga qadar hosil boʻlgan zararni kelgusiga, ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi besh yildan koʻp boʻlmagan muddatda koʻchirishni amalga oshirishga haqli. Har bir keyingi soliq davrida hisobga olinadigan oʻtkazilayotgan zararning jami summasi joriy soliq davridagi soliq bazasining 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq kodeksining VI, VII boʻlimlari va 5-bobi 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq kodeksi 40-moddasi birinchi qismining 1-bandi 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi. 2023-yil 1-yanvarga qadar chet el kompaniyasidagi ishtiroki ulushi 50 foizdan koʻproqni tashkil etadigan yuridik yoki jismoniy shaxs chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 30-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-599-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 03/19/599/4255-son; 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)