17.12.2019 yildagi 1007-son
Hujjat 05.04.2022 sanasi holatiga
Joriy versiya
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
qarori
Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti faoliyatini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublika iqtisodiyot tarmoqlari uchun arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznes sohalarida xalqaro talablar va standartlarga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirish, xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish hamda Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Respublika iqtisodiyot tarmoqlari uchun arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznes sohalarida xalqaro talablar va standartlarga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirish, xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish hamda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
1. Quyidagilar:
a) “Global education school” nodavlat taʼlim muassasasi hamda “YUKET LLC” masʼuliyati cheklangan jamiyati (Koreya Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hamkorligida tashkil etilgan “Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonasi (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida 2018-yilning sentabr oyidan boshlaganligi;
a) “Global education school” nodavlat taʼlim muassasasi hamda “YUKET LLC” masʼuliyati cheklangan jamiyati (Koreya Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda — Muassis) hamkorligida tashkil etilgan “Toshkent Kimyo xalqaro universiteti” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxona (keyingi oʻrinlarda — Universitet) oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida 2018-yilning sentabr oyidan boshlaganligi;
b) Muassislar tomonidan Institutning asosiy vazifalari etib:
b) Muassislar tomonidan Universitetning asosiy vazifalari etib:
mehnat bozorining ehtiyojlarini inobatga olgan holda, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznes sohalarida hamda talab yuqori boʻlgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oliy malakali kadrlar tayyorlash;
mehnat bozorining ehtiyojlarini inobatga olgan holda, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm, biznes, tibbiyot, mexatronika va robototexnika sohalarida hamda talab yuqori boʻlgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oliy malakali kadrlar tayyorlash;
kadrlar tayyorlashda arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznes sohalari boʻyicha faoliyat olib borayotgan tashkilotlarda talabalar amaliyotini muntazam tashkil etish;
kadrlar tayyorlashda arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm, biznes, tibbiyot, mexatronika va robototexnika sohalari boʻyicha faoliyat olib borayotgan tashkilotlarda talabalar amaliyotini muntazam tashkil etish;
oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda xorijiy tajribani, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, oʻquv jarayoniga malakali xorijiy, xorijda tahsil olgan va malaka oshirgan mahalliy mutaxassislarni jalb etish;
oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda xorijiy tajribani, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, oʻquv jarayoniga malakali xorijiy, xorijda tahsil olgan va malaka oshirgan mahalliy mutaxassislarni jalb etish;
ilmiy izlanishlarga ehtiyojni inobatga olgan holda arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznes sohalarida hamda talab yuqori boʻlgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha innovatsion va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish;
ilmiy izlanishlarga ehtiyojni inobatga olgan holda arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm, biznes, tibbiyot, mexatronika va robototexnika sohalarida hamda talab yuqori boʻlgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha innovatsion va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish;
arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm va biznes sohalarida ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, integratsiyani kuchaytirib borish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
arxitektura va shaharsozlik, qurilish, muqobil energiya, turizm, biznes, tibbiyot, mexatronika va robototexnika sohalarida ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, integratsiyani kuchaytirib borish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
2. Belgilansinki:
Institut masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Universitet masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Institut rektori muassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Universitet rektori Muassis tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Institutning tuzilmasi muassislar tomonidan tasdiqlanadi;
Universitetning tuzilmasi Muassis tomonidan tasdiqlanadi;
Institut taʼlim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Yodju texnologiya institutining (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlari asosida oʻzbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiradi;
Universitet taʼlim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari hamda Oliy taʼlimning davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq Universitet tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari asosida oʻzbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiradi;
Institut bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
Institutga talabalar qabuli umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega abituriyentlar oʻrtasida kirish imtihonlarini Yodju texnologiya instituti (Koreya Respublikasi) tomonidan (yoki ishtirokida) oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;
Universitetga talabalar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega abituriyentlar oʻrtasida kirish imtihonlarini oʻtkazish orqali qabul qilinadi;
abituriyentlarni qabul qilish parametrlari va tartibi, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi tartibi va shartlari Institut tomonidan Yodju texnologiya instituti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda belgilanadi;
abituriyentlarni qabul qilish parametrlari va tartibi, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi tartibi va shartlari Universitet tomonidan Muassis bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Institutda oʻqish toʻlov-kontrakt asosida, kunduzgi, sirtqi va kechki shaklda amalga oshiriladi, talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori muassislar tomonidan belgilanadi.
Universitetda toʻlov-kontrakt asosida kunduzgi, sirtqi va kechki shaklda oʻqitiladi, talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori Muassis tomonidan belgilanadi.
3. Muassisning har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Institut granti asosida) 10 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Muassisning har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Institutning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, uni oʻquv va laboratoriya jihozlari, mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv va uslubiy adabiyotlar, shuningdek, boshqa moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlash quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
4. Belgilab qoʻyilsinki, Universitetning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, uni oʻquv va laboratoriya jihozlari, mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv va uslubiy adabiyotlar, shuningdek, boshqa moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlash quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Institut muassislari mablagʻlari;
Universitet muassislari mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, shuningdek, xorijiy hamkorlarning mablagʻlari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, shuningdek, xorijiy hamkorlarning mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Institutga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Yodju texnologiya instituti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda, mehnat bozori talablari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqib, kelgusida yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish huquqi berilsin.
5. Universitetda yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari mehnat bozori talablari hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqib, belgilangan tartibda ochiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Institut buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining viza talabnomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Institut buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun davlat boji undirilmasdan, belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitet buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik vizalar davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2019-yil 17-dekabr,
2019-yil 17-dekabr,
1007-son
1007-son