Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2024 09.12.2019 yildagi 979-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish hamda elektr energiyasidan oqilona foydalanishni keng targʻib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga kuyidagi mazmundagi 631-band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“631.Ulangan quvvatidan qatʼiy nazar, kripto-aktiv va mayning sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi isteʼmolchilar (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yigʻimlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini taʼminlash va yangi bloklar yaratish boʻyicha faoliyat) foydalangan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni tegishli tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar oʻsuvchi koeffitsiyentga muvofiq toʻlaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kripto-aktiv va mayning sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi elektr energiyasi isteʼmolchilarini aniqlash va ularga belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar oʻsuvchi koeffitsiyentni qoʻllash tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 9-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
979-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 09/19/979/4132-son)