21.10.2019 yildagi PF-5850-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda 1989-yil 21-oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqlol yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oʻz milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo oʻz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulugʻ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktabr sanasini “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzbek tilining yozma nutqi meʼyor va qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha hamda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qoʻllanishini taʼminlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbek tili bayrami kuni”ni belgilash boʻyicha qonun loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur oʻrgangan holda ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan 2020 ― 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasalarida davlat tilini oʻrgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmogʻida munosib oʻrin egallashini taʼminlash, oʻzbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq holatlarni muntazam va har tomonlama oʻrganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga davlat tilini oʻrganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha maxsus kurslarni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5850-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 06/19/5850/3939-son)