Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAVDO KORXONALARINING KREDIT BERISh JAMFARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Korxonalarning oʻzaro hisob-kitoblarini jadallashtirish asosida aholini eng zarur tovarlar bilan uzluksiz taʼminlash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish va ularning oborot mablagʻlarini toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va Oʻzbekbirlashuvning korxonalar va tashkilotlar xodimlarining, shuningdek respublika fuqarolarining shaxsiy jamgʻarmalarini oborotga jalb etish hisobiga Savdo korxonalarida kredit berish jamgʻarmasini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv fuqarolarning ixtiyoriy badallari hisobiga tashkil etiladigan Savdo korxonalarining kredit berish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni 3 kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, savdo tashkilotlari va korxonalari rahbarlari koʻrsatib oʻtilgan Nizomning omonatchilarga beriladigan kafolatlar va majburiyatlar boʻyicha talablarining soʻzsiz bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Savdo korxonalarining kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga sotib olingan tovarlarni sotishdan tushgan savdo tushumlaridan dividendlarni toʻlashda, shuningdek mazkur Jamgʻarma summasi doirasida omonatchilarning talabiga binoan omonatlarni qaytarishda foydalanilishi mumkin.
4. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Savdo korxonalarining kredit berish jamgʻarmasining samaradorligi va yuqori rentabelligi toʻgʻrisida xodimlar hamda fuqarolar oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 23-fevral,
67-son