19.08.2019 yildagi PQ-4421-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasi va tarmoqlarida malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga

oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

1.

Toshkent davlat agrar universiteti (keyingi o‘rin�arda Universitet deb ataladi) va uning Nukus, Andijon, Termiz filiallari tuzilmasini va ustavlarini yangidan tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil sentyabr

Universitet va uning filiallari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2.

Universitetni respublikamiz qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasiga aylantirish va kelgusida rivojlantirish.

Bunda, quyidagilarni hisobga olgan holda Universitetning 2024 –– 2030-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qishloq xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;

qishloq xo‘jaligida innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, “aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish;

respublikamiz tu�roq-iqlim sharoitiga mos qishloq xo‘jaligi ekinlarining seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha markazni tashkil etish;

startap-loyihalarni amalga oshirish orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish;

ilg‘or va ilmiy hajmdor texnologiyalarni joriy etish uchun texnoparklar va ilmiy ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik i texnologik ishlar natijalarni keng joriy etish uchun amaldagi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mexanizmini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

3.

Buyurtmachilar talabi va xorijiy tajriba asosida mavjud hamda yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejalarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga tatbiq etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil sentyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

4.

Universitet va uning filiallari axborot-maslahat markazlari (extension center) orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha “axborot-maslahat markazi –– kafedra –– qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi” tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil sentyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

5.

Ta’lim jarayoni uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish. Buning uchun o‘quv, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, tahrir qilish va nashrdan chiqarish bo‘yicha tartibni ishlab chiqish.

Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

o‘quv, ilmiy, uslubiy adabiyotlar mualliflarini munosib moddiy rag‘batlantirish va ular uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;

darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet va uning filiallari xarajatlari smetasiga muntazam mablag‘ ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

6.

Professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun ilg‘or badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Bunda:

xalqaro (RF, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va ushbu sohada yetakchi boshqa mamlakatlar) ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida Universitetning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;

veb va bulutli texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslarini elektron katalogini yaratish;

RFID texnologiyasi asosidakutubxona fondini ro‘yxatga olish, hisobga qo‘yish, tarqatish va himoyalash tizimini yaratish;

kitoblarni hisobga qo‘yish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilganelektron kiosklarni joriy etish;

kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini joriy etish;

xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanishsharoitlarini yaratish, jumladan respublika oliy ta’lim muassasalari uchun;

elektron va qog‘oz shaklidagi xalqaro ilmiy va o‘quv nashrlariga obuna bo‘lishnitashkil qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet va uning filiallari

7.

Ta’lim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari va uning filiallarini zamonaviyo‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

8.

Qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar hisobidan olib kelinadigan qishloq xo‘jalik texnikalari, o‘quv-labor�toriya jihozlari, avtotransport vositalarini bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilish choralarini ko‘rish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil yanvar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Toshkent davlat agrar universitetiva uning filiallari

9.

Universitet va uning filiallarida tahsil olayotgan talaba magistrlarni kelishuv asosida Germaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Rossiya kabi rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalari va xalqaro moliya tashkilotlari orqali ishlab chiqarish amaliyotlariga hamda stajirovkalarga yuborish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Qishloq xo‘�aligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Universitet va uning filiallari

10.

Ta’lim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida universitet va uning filiallarini o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash. Bunda, Universitetning 7 ta o‘quv laboratoriyasini, Andijon filialining 9 ta, Nukus filialining 11 ta, Termiz filialining 10 ta o‘quv laboratoriyalarini jihozlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

11.

Xorijdagi reytingi yuqori bo‘lgan eng yaxshi oliy ta’lim muassasalarining malakali professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini o‘quv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

12.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish hamda ilmiy-pedagogik faoliyat bo‘yicha hamkorlik shartnomalari tuzish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet

13.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘quv jarayoni
va malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan pedagog-xodimlar va mutaxassislar ro‘yxatini aniqlash hamda ularni belgilangan muddatlarda o‘quv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish, ular ishtirokida onlayn video-seminarlar, vebinarlar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

14.

Masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagog kadrlarning mustaqil ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Universitet tomonidan xalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy o‘qitish apparat-dasturiy kompleksini ishlab chiqish. Bunda:

masofaviy ta’lim xizmatlari portali (veb ilova);

onlayn o‘quv smart auditoriyalari;

nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni masofaviy o‘tkazish uchun virtual kabinet;

Universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari ma’ruzalarining audiovizual ta’lim kontentini hamda multimedia ta’lim mahsulotlarini (audiokitoblar, 3D, VR va boshqalar) ishlab chiqaruvchi maxsus studiyalar va mutaxassislar shtati belgilangan media markaz;

2021-yildan boshlab Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni (ma’ruza, laboratoriya mashg‘ulotlari, seminarlar va boshqalar) markazlashgan katalogini serverlarda shakllantirish va umumiy foydalanish uchun onlayn translatsiya qilishga mo‘ljallangan elektron platforma ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil sentyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet va uning filiallari

15.

Xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy adabiyotlar yaratish, xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish.

Kompleks chora-tadbirlar

doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet

16.

Universitet va uning filiallari ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tayanch doktoranturaga ixtisosliklar bo‘yicha qabul kvotasini oshirish hamda filiallar uchun maqsadli qabulni tashkil etish yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga asoslangan takliflarni taqdim etish.

Universitet va uning filiallarida ilmiy-pedagog kadrlar tomonidan PhD va DcS dissertatsiyalarini himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda 2025-yilga qadar ilmiy salohiyatini 55 — 60 foizga yetkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil noyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

17.

Xalqaro aloqalar o‘rnatilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tor ixtisosliklar bo‘yicha maqsadli doktorant va magistrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. Bunda 2019 –– 2021-yillarda 18 nafar PhD, 45 nafar magistratura yo‘nalishiga professor-o‘qituvchilar va talabalarni o‘qishga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha El-yurt umidi jamg‘armasi, Universitet

18.

Universitet va uning filiallari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv va statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash hamda monitoring qilishga mo‘ljallangan axborot tizimini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

19.

Universitet tomonidan kommunal to‘lovlar (issiq suv, isitish tizimi, ichimlik suv)ni iqtisod qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Universitet hududida zamonaviy 7 ta qozonxona hamda 4 ta yer ostidan suv chiqarish inshootlarini qurish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil
fevral –– noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Universitet

II. Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Andijon, Termiz filiallari faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashsh

20.

Universitetning filiallariga qarashli yer maydonlari va binolarda davlat-xususiy sheriklik asosida “Eco agro indastrius nou hau” MChJ tomonidan zamonaviy nou-xau texnologiyalarni qo‘llagan holda “Agroekoturizm” bazasini hamda anor, uzum, qulupnay va malina yetishtirish bo‘yicha klasterlarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Eco agro indastrius nou hau” MChJ, Toshkent viloyati hokimligi, Universitet va uning filiallari

21.

Universitetning Andijon filialida “Tuproq ostidan sug‘orishni qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llashni ilmiy asoslash” loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Universitetning Andijon filiali, Andijon viloyati hokimligi

22.

Universitetning Andijon filialida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning fondi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligida qiymat zanjiri loyihasi doirasida intensiv mevali bog‘ tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Universitetning Andijon filiali

23.

Universitetning Andijon filialida Belorussiya yo‘l-qurilish va qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi “Blyuming” korxonasi bilan hamkorlikda xalqaro zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari namoyishini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 15-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va
tashqi savdo vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Universitet

24.

Universitetning Nukus filialida Yaponiyaning OYO korporatsiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda cho‘lning oldini olish maqsadida ko‘kalamzorlashtirish” loyihasini �malga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Reja-grafikasosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Universitetning Nukus filiali

25.

Chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari, meva-sabzavot, moyli ekinlar, dorivor o‘simliklarni qayta ishlash, qadoqlash bo‘yicha zamonaviy mini sexlarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)

T/r

Ta’lim yo‘nalishlari va

mutaxassisliklari nomi

Biriktirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari nomi

1.

5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI

5410400 –– Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi

5A410201 –– Agronomiya

5A410401 –– Seleksiya va urug‘chilik (ekin guruhlari bo‘yicha)

2.

5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

O‘simlikshunoslik ITI

5A410202 –– O‘simlikshunoslik (ekin guruhlari bo‘yicha)

3.

5411600 –– Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI

5411700 –– Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

5A411001 –– Sabzavotchilik va polizchilik

5A411004 –– Kartoshkachilik

5A411701 –– Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi

4.

5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

Sholichilik ITI

5A410202 –– O‘simlikshunoslik (ekin guruhlari bo‘yicha)

5.

5410300 ––O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

O‘simliklarni himoya qilish ITI

5411500 –– O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini

5A410301 –– O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha)

5A410302 –– Entomologiya

5A410303 –– Fitopatologiya

5A411501 ––O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini

6.

5411000 –– Mevachilik va uzumchilik

M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI

5410500 –– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

5A411002 –– Mevachilik

5A411003 –– Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash

5A410501 –– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

7.

5410100 –– Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

Tuproqshunoslik va agrokimyo ITI

5A410101 –– Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar bo‘yicha)

5A410102 –– Agrokimyo

8.

5410900 –– Ipakchilik va tutchilik

Ipakchilik ITI

5A410901 –– Ipakchilik

5A410902 –– Tutchilik

9.

5410600 –– Zooinjeneriya (baliqchilik)

Baliqchilik ITI

5A410606 –– Baliqchilik

10.

5630300 –– Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ITI

11.

5410400 –– Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi

Genetika va eksperimental biologiya ITI

5A410401 –– Seleksiya va urug‘chilik (ekin guruhlari bo‘yicha)

12.

5411900 –– Agrobiotexnologiya

Genomika va bioinformatika ITI

5A411005 –– Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya

13.

5410800 –– O‘rmonchilik

O‘rmonchilik ITI

5411100 –– Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

5411200 –– Manzarali bog‘dorchilik

5A410801 –– O‘rmonchilik

5A411101 –– Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi

5A411201 –– Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish va landshaftli dizayn

5A411202 –– Manzarali bog‘dorchilik

14.

5233100 –– Agrosanoatda buxgalteriya hisobi

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ITI

5233200 –– Agrologistika

5233300 –– Agrobiznes va investitsion faoliyat

15.

5411800 –– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ITI

Oldingi tahrirga qarang.

1.

Sh.M. G‘aniyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Kengash raisi

2.

J.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Kengash raisining o‘rinbosari

3.

U.Sh. Begimkulov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari

4.

S.Z. Mirzayev

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti

5.

I.Y. Abduraxmonov

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

6.

B.Sh. Usmanov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari

7.

A.E. Ravshanov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudiri

8.

A.X. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

9.

A.Sh. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

10.

B.T. Norqobilov

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi

11.

N.J. Bakirov

O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi

12.

B.T. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

13.

B.A. Sulaymonov

Toshkent davlat agrar universiteti rektori

14.

B.Q. Sharipov

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi

15.

O.M. Musayev

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi

16.

N.Z. Faxrutdinov

Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi

17.

E.A. Toshpo‘latov

Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi

19.

N.E. Najimov

Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori

20.

Lavozim bo‘yicha

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori o‘rinbosari

21.

A.I. Maksudov

“O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi

23.

F.J. Pulatov

“O‘zdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi

24.

Y.M. Abdurazzoqov

“O‘zparrandasanoat” uyushmasi raisi

25.

Sh. Suyarqulov

“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi

27.

Z.O. Fayziyev

“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi

28.

Lavozimi bo‘yicha

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori

29.

K. Abdullayev

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi

30.

R.O‘. Mamatkulov

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

31.

E.Sh. Toreniyazov

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori

32.

Lavozim bo‘yicha

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori

33.

Ch.R. Begimkulov

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori

34.

D.U. Mamadiyarov

Karyera markazi va talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Kengash kotibi

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)