Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

Hujjat 15.08.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga quyidagi vakolatlarni berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
4. 2020-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq mamlakatlarning fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2020 — 2022-yillar davomida 4-ilovaga muvofiq milliy va xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish uchun istiqbolli xorijiy mamlakatlar shaharlari bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin;
18. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur Farmonning 5-ilovasida nazarda tutilgan investitsiya takliflarining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

1.

A.A. Abduhakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Ishchi guruh raisi

2.

I.R. Maxkamov

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari

3.

S.X. Bekenov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

4.

O.M. Umarov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

Sh.Sh. Shoraxmetov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

6.

E.B. Iskandarov

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining o‘rinbosari

7.

A.X. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

8.

F.U. Davrukov

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

9.

A.A. Abduvaliyev

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi

10.

I.K. Jasimov

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari

11.

B.B. Sidiqov

O‘zbekneftgaz AJ boshqaruvi raisi

12.

U.M. Mustafoyev

Hududiy elektr tarmoqlari AJ boshqaruvi raisi

13.

lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining va viloyatlar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

14.

lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining va viloyatlar hokimlarining turizmni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar yuklangan o‘rinbosari

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Nazorat uchun mas’ullar

I. Maqbul va qulay transport logistikasini ta’minlash

1.

Tadbirlarni tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan kompaniyalarni jalb qilgan holda “UZBEKISTAN AIRPORTS, AVIATION & LOGISTICS FORUM” xalqaro aviatsiya forumini har yili o‘tkazish.

Birinchi forumni 2020-yil 19-20-fevral kunlari o‘tkazish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

2019-yil sentyabr

tashkil etish uchunTurizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
takliflar ishlab chiqish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

2.

Yangi reyslar ochilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish orqali tantanali marosimlar o‘tkazish tartibini joriy qilish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

doimiy

tashkil etish va o‘tkazish uchunTransport vazirligi (I. Maxkamov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
OAVda yoritish uchunMTRK (A. Xadjayev)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

3.

Viloyatlararo avtomobil yo‘llari yoki avtobus marshrutlari uchun alohida harakatlanish qismlarida hamda turizm markazlariga olib boruvchi yo‘llarning ayrim qismlarida tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatgan holda tezlik rejimini oshirish choralarini ko‘rish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil oktyabr

ishlab chiqish uchun — IIV (P. Bobojonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov)
amalga oshirish uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

4.

Avtotransport vositalarida 15 kishigacha bo‘lgan yo‘lovchilar (turistlar) tashishga ruxsat berilishi uchun “Angren-Pop” A-373 (Qamchiq dovoni) avtomobil yo‘lini qayta jihozlash bo‘yicha ta’mirlash ishlarini yakunlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2020-yil fevral

amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov), IIV (P. Bobojonov), FVV (A. Qo‘ldoshev)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

5.

Tayyorgarlikning barcha jarayonlarini optimallashtirish va tegishli ma’lumotdan foydalanish uchun EID “EUROCONTROL” aeronavigatsion ma’lumot tizimiga o‘tish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2019-yil noyabr

ishlab chiqish uchunTransport vazirligi (I. Maxkamov)amalga oshirish uchun — “O‘zaeronavigatsiya” markazi (A. Ashurov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

6.

Mamlakatdagi xalqaro aeroportlar ro‘yxati, ularning texnik belgilari, ko‘rsatiladigan xizmatlari, tariflarini o‘z ichiga olgan Aeronavigatsiya ma’lumotlari to‘plamini chop etish va uni beg‘araz asosda tarqatish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2019-yil dekabr, doimiy

ishlab chiqish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov)amalga oshirish uchun — “O‘zaeronavigatsiya” markazi (A. Ashurov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

7.

“O‘zaeronavigatsiya” markazi Aeronavigatsion ma’lumot xizmati xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish va kurslar o‘tkazish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2020-yil avgust

ishlab chiqish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov)amalga oshirish uchun — “O‘zaeronavigatsiya” markazi (A. Ashurov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

8.

Quyidagilar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish:

qisqa muddatli va o‘rta muddatli istiqbolda asosiy turizm yo‘nalishlari bo‘yicha temir yo‘l marshrutlarida xizmat ko‘rsatiladigan joylar sonini oshirish;

“Sharq” va “Nasaf” poyezdlarini “Afrosiyob” tezyurar poyezdiga muqobil ravishda foydalanilishni ta’minlash uchun vagonlarni va xizmat ko‘rsatish sifatini zamonaviy talablarga moslashtirishni ko‘zda tutuvchi ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy ma’lumot

2019-yil noyabr

amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (X. Xosilov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

II. Turizm infratuzilmasining raqobatbardoshligini ta’minlash va turizm xizmatlari sifatini oshirish

9.

O‘zbekiston Respublikasida Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2019-yil dekabr

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

10.

Mamlakatimizga turistlar oqimining ko‘payishini inobatga olgan holda turizm infratuzilmasi obyektlarini elektr energiyasi bilan ustuvor va uzluksiz ta’minlash bo‘yicha, shu jumladan muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish. Shu bilan birga, ko‘ngilochar markazlar, attraksionlar, muzeylar, teatrlar, kinoteatrlar, madaniy meros obyektlari va boshqa obyektlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor berish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil noyabr

ishlab chiqish uchunEnergetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov)
o‘z muddatida kelishish uchunUy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev.), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Vazirlar Mahkamasi
(A. Sultonov)

11.

Tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar tizimini taqdim etish mexanizmini joriy etish orqali yangi sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish va mavjudlarining holatini yaxshilashni ko‘zda tutadigan” SGSh-2020” dasturini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil dekabr

ishlab chiqish uchunTurizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
o‘z muddatida kelishish uchun — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev.), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

12.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan turizm sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish tartibini, ularning sifatini baholash mexanizmlari va mezonlarini ishlab chiqish:

turistik industriya obyektlarini tasniflash va ularga toifalar berish;

nomyerlarni onlayn band qilish xalqaro servislarga mehmonxonalarni kiritish va butunjahon Internet tarmog‘iga, shu jumladan kamida 4 mb/s tezlikdagi Wi-Fi simsiz tarmog‘i orqali ulanish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha talablar;

shu jumladan, “sirli mehmon (xaridor)” mexanizmini qo‘llagan holda turizm va mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish jarayoni muvofiqligini hamda ushbu xizmatlardan turistlarning qanoatlanishi holatini baholash;

tog‘ chang‘isi trassalari, plyajlar va ovqatlanish shoxobchalari (restoranlar) muvofiqligini baholash.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2019-yil dekabr

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
o‘z muddatida kelishish uchun — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov), Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi (J. Sarimsoqov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

13.

Turizm industriyasi xodimlariga qo‘yiladigan talablar va standartlarni, shuningdek, ularni tayyorlash hamda malakasini oshirish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil oktyabr

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
o‘z muddatida kelishish uchun — Mehnat vazirligi (Sh. Qudbiyev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

14.

Shohimardon qishlog‘idagi (Farg‘ona viloyati) “Vodil” va “Oq-qiya” o‘tkazish punktlariga xalqaro maqom berish bo‘yicha takliflar kiritish.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy ma’lumot

2020-yil mart

ishlab chiqish uchun — TIV (A. Kamilov)
kelishish uchun — DXX (A. Azizov), DBQ (M. Azimov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

15.

“E-MEHMON” axborot tizimida turistlarga turar-joy egalari bilan onlayn rejimda yashash joylarini qisqa muddatga (bir oygacha) ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzish imkonini beruvchi platforma yaratish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil oktyabr

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)o‘z muddatida kelishish uchun — IIV (P. Bobojonov), DSQ (B. Musayev)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

16.

Aeroportlarda, temiryo‘l va avtovokzallarda 4 mb/s tezlikdagi Wi-Fi simsiz tarmog‘i orqali butunjahon Internet tarmog‘idan foydalanish nuqtalarini tarmoq foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish mexanizmlari bilan birga yaratish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2019-yil dekabr

ishlab chiqish, tashkil etish va amalga oshirish uchun — Transport vazirligi (I. Maxkamov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (X. Xosilov), “Uzbekistan Airports” AJ

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

17.

Ekstremal turizmni rivojlantirish maqsadida qoyalarga chiqish nuqtalarini aniqlash va tegishli belgilar o‘rnatgan holda kemping (chodirlarni o‘rnatish) uchun joylar ro‘yxatini tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2019-yil noyabr

joylarni aniqlash va ro‘yxatni tasdiqlash uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov) amalga oshirish uchun — IIV (P. Bobojonov), FVV (A. Qo‘ldoshev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

18.

Barcha turizm obyektlarini 2021-yil 1-yanvargacha xalqaro to‘lov kartalari (“Master Card”, “Visa”, “UnionPay” va boshqalar) hamda kobeyjing kartalarini qabul qiluvchi terminallar, shuningdek, bankomatlarning ishlashidagi muammolarni tijorat banklarining tegishli bo‘limlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri xabardor qilish imkoniyatiga ega valyuta ayirboshlash bankomatlari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: chor�-tadbirlar rejasi

2019-yil noyabr

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
rejani tasdiqlash va uni amalga oshirish uchun — Markaziy bank (I. Norqulov)

Markaziy bank
(M. Nurmuratov)

19.

Tegishli vazirliklar va idoralar, joylardagi boshqa davlat organlari tasarrufida bo‘lgan dam olish maskanlari va pansionatlarni inventarizatsiya qilish hamda Oliy va o‘rtamaxsus ta’lim vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2020-2021-yillarda ularning holatini yaxshilash hamda mazkur obyektlarni monetizatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil oktyabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

20.

Mamlakatdagi ekspozitsiyalar va muzey eksponatlari aslidan nusxalar — suvenir mahsulotlarning namunalarini, shu jumladan qo‘lda yasalgan (“handmade”) suvenirlar yaratish, ularni ishlab chiqarishni rivojlantirish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil dekabr?

ishlab chiqish uchun — Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)amalga oshirish uchun — “Hunarmand” uyushmasi, (U. Abdullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Jo‘raboyev)

21.

O‘zbekistonning milliy qadriyatlari va madaniy merosini aks ettiruvchi suvenir mahsulotlari turlarini kengaytirish uchun rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, shaharlarning tarixiy markazlarida mahalliy suvenir mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun qulay muhit va sharoitlar yaratish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil dekabr

ishlab chiqish uchunMadaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)amalgaoshirish uchun — “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Jo‘raboyev)

22.

“Turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil oktyabr

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
o‘z vaqtida kelishish uchun
— Adliya vazirligi (R. Davletov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

23.

Mamlakatning yirik shaharlarida suvenir do‘konlari, qahvaxonalar, restoranlar, choyxonalar, “erkin” rassomlar, artistlar va hunarmandlar uchun maxsus zonalar, shuningdek, mahalliy va xorijiy turistlarni jalb qiladigan boshqa jozibador maskanlardan iborat turizm ko‘chalarini shakllantirish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2019-yil dekabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchunTurizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

24.

Madaniyat obyektlari va muassasalariga tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish maqsadida:

madaniyat obyektlari va muassasalariga tashrif buyuruvchi O‘zbekiston fuqarolari va xorijiy fuqarolar uchun chegirmalar tizimini qo‘llagan holda ushbu obyektlarga kirish chiptalari yagona stavkasini ishlab chiqish va joriy etish;

madaniyat obyektlari va muassasalariga mavsum bo‘lmagan davrda bepul asosda kirishni nazarda tutuvchi “ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish;

asosiy madaniyat obyektlari va muassasalarining soat 22:00 gacha ishlashini ta’minlash;

“Muzeydagi tun”, “Open sky” va boshqa mavzularda har yili o‘tkaziladigan tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

doimiy

ishlab chiqish, tashkil etish va amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Qudbiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Jo‘raboyev)

25.

Aeroportlar, turizm axborot markazlari, metro stansiyalari, muzeylar, do‘konlarda hamda muzey veb-sayti va tashqi xizmat ko‘rsatish nuqtalarida sotiladigan kartalarning (chiptalar) turidan kelib chiqqan holda tegishli hududdagi barcha muzeylar va madaniy meros obyektlariga ma’lum kunlarga navbatga turmasdan borish mumkin bo‘lgan muzey kartalarini (chiptalar) ishlab chiqish va realizatsiya qilish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2020-yil noyabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Jo‘raboyev)

26.

Ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida muzeylar va teatrlarga yuklangan vazifalarni samarali bajarish maqsadida ularga tijorat faoliyatini amalga oshirish huquqini berishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasidagi muzeylar va teatrlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil noyabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Jo‘raboyev)

27.

Ichki turizmni rivojlantirish va yoshlarni mamlakatning har bir hududi tarixi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida yangi turmush qurganlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab “to‘y sayohatlari haftaligi” aksiyasini o‘tkazish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

doimiy

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Jo‘raboyev)

28.

Turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha xususan quyidagilarni:

respublikada taksi xizmatlari sifati va �oylashtirish vositalarida ko‘rsatiladigan xizmatlar, shuningdek, umumiy ovqatlanish joylaridagi servisni yaxshilashni;

turizm sohasi subyektlari xodimlari, gidlar (ekskursovodlar), yo‘riqchi-kuzatuvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni nazarda tutuvchi “2020-Davlat dasturi”ni ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil noyabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

29.

Hududlarning o‘ziga xos xususiyati va turistik oqimning miqdor ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda respublikaning yetakchi ta’lim muassasalarida turizm sohasida kadrlar tayyorlash uchun “turizm” ixtisosligi bo‘yicha kafedra va fakultetlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil oktyabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun

Oli� va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

30.

Mamlakat hududida ko‘rsatilayotgan xizmatlar va tovarlar uchun to‘lovlarni xorijiy mobil kommunikatsiya tizimlari yordamida ularningmahalliy to‘lov tizimi bilan integratsiyalashuvi orqali amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy ma’lumot

2019-yil noyabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Markaziy bank (I.Norkulov), Davlat soliq qo‘mitasi (B.Musayev)

Vazirlar Mahkamasi
(S. Abdullayev)

31.

Turistik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha mobil ilovalar sonini ko‘paytirish (turizm infratuzilma obyektlarining onlayn xaritasi, til lagyerlarini qidirish tizimi, ekskursiyalar va ko‘ngil ochish uchun mobil do‘kon, biznes-klassga aviachiptalarni sotib olish tizimi, turistlar uchun gid-ilovalar).

Amalga oshi�ish shakli: tashkiliy choralar

Doimiy

yaratish va joriy qilish uchun — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(S. Abdullayev)

32.

Respublikada oldingi maxsus turistik zonalarning muvaffaqiyatli loyihalashtirilganligini inobatga olgan holda “Shovot” kichik turistik zonasi mahorat-rejasini ishlab chiqish uchun xalqaro kompaniyalarni jalb etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2019-yil sentyabr

amalga oshirish uchun — Xorazm viloyat hokimligi (F. Ermanov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

33.

Respublikada oldingi maxsus turistik zonalarning muvaffaqiyatli loyihalashtirilganligini inobatga olgan holda Sirdaryo viloyati Do‘stlik kanali bo‘yidagi kichik turistik zonasi mahorat-rejasini ishlab chiqish uchun xalqaro kompaniyalarni jalb etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2019-yil sentyabr

amalga oshirish uchun — Sirdaryo viloyat hokimligi (G‘. Mirzayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

34.

Xiva shahrida turistik infratuzilma, shu jumladan jahon standartlariga muvofiq yuqori darajadagi mehmonxonalarni barpo etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil noyabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchunXorazm viloyat hokimligi (F.Ermanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

35.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi “Ichan Qal’a” mehmonxona kompleksi va sport kompleksini unga tutash hududlar bilan keyinchalik sotishdan tushgan mablag‘larni “O‘zbekiston” turistik brendini maqsadli ravishda yuqori darajaga ko‘tarish uchun to‘liq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltirish orqali bozor bahosida savdoga qo‘yish bo‘yicha choralarni ko‘rish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

2019-yil dekabr

amalga oshirish uchun — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Haydarov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

36.

“O‘zbekiston” oteli” MChJ mehmonxona kompleksi davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘lar bir qismini, davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya qilish va xususiylashtirish bo‘yicha Jamg‘arma tasarrufida qoladigan mablag‘laridan tashqari, imzolangan bitimga muvofiq “Shahrisabz yulduzi” mehmonxona kompleksi qurilishi uchun Polsha Hukumati tomonidan ajratilgan kreditni so‘ndirish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘lagan summani Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobiga yo‘naltirish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

mehmonxona kompleksi sotilgandan keyin

amalga oshirish uchun — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Haydarov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

37.

Birinchi bosqichda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjonni qo‘shish va ushbu mamlakatlardan turistlar oqimini jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash bilan Buyuk ipak yo‘li mamlakatlarida sayohat qiluvchi turistlar uchun “Silk Road” yagona viza rejimini yaratish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2020-yil fevral

amalga oshirish uchun — TIV (A. Kamilov)takliflarni ishlab chiqish uchun — IIV (P. Bobojonov), DXX (A. Azizov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), DPM (N. Nazarov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

38.

Respublikaning markaziy shaharlarida turistlar tomonidan tez-tez foydalaniladigan o‘tish (yer osti va yer usti) yo‘llarini eskalatorlar o‘rnatgan holda yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish reja va grafiklarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil dekabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

39.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi choralar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

alohida yo‘nalishga (“halol”, “kosher” va “vegan” va boshqa) ixtisoslashtirilgan har bir hududda 10 tagacha umumiy ovqatlanish punktlarini tashkil etish;

qonunchilik talablariga rioya etishni ta’minlash maqsadida moddiy madaniy meros obyektlari hududidan tashqarida tez ovqatlanish punktlarini (“fast-fud”) tashkil etish;

respublikaning har bir viloyat markazlarida suvenir do‘konlari, kafeteriylar, restoranlar, choyxonalar, magazinlar, hunarmandchilik do‘konlari va mahalliy hamda chet el turistlari uchun jozibador bo‘lgan boshqa ko‘ngilochar joylari bo‘lgan piyodal�r kvartali (zonasi)ni tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2020-yil oktyabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchunQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

40.

2020 —2022-yillar davomida mahalliy va xalqaro darajadagi yirik ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun bir nechta majlislar zallaridan iborat alohida kongress-xollarni barpo etib, mazkur obyektlarniO‘zbekiston Kongresslar va Konferens????r xalqaro assotsiatsiyasida (ICCA) ro‘yxatdan o‘tishini ta’mi?lagan holda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil dekabr

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

41.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risidagi iltimosnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli qaror qabul qilish yo‘li bilanzamonaviy golf-komplekslarini yaratishni nazarda tutuvchi aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2019-yil dekabr

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
o‘z muddatida kelishish uchun — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

III. Jahon bozorida turizm brendi taniqliligini ta’minlash

42.

MICE-turizmni rivojlantirish, xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etish va milliy turistik brendni yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida Kongress va ko‘rgazmalar markazini tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil dekabr

ishlab chiqish uchun —Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

43.

Mamlakatimizning eng mashhur turizm obyektlarida (“Registon”, “Poyi Kalon”, “Ichan Qal’a” majmualari, Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasi) turizm obyektlarini butunjahon Internet tarmog‘ida yoritish maqsadida joylashuv ma’lumotlari bilan tunu-kun onlayn efirga uzatish (“striming”) uchun “CCTV” kameralarini o‘rnatish yuzasidan takliflar kiritish.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy ma’lumot

2019-yil dekabr

amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), IIV (P. Bobojonov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

44.

Turistik sa�ohiyatni ijtimoiy tarmoqlar orqali ommalashtirish maqsadida har bir obyektning (tarixiy obidalar, me’moriy obyektlar, milliy taomlar, folklor, milliy hunarmandchilik va boshqa) o‘ziga xosligi haqida hikoya qiluvchi “Legends of Silk Road” (“Buyuk ipak yo‘li afsonalari”) shaklidagi qisqa (daqiqali) videoroliklar yaratish.

Amalga oshirish shakli: tadbirlar rejasi

2020-yil yanvar

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov) amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “O‘zbekkino” milliy agentligi (F. Zokirov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

45.

Xorijdagi keng maqsadli auditoriya o‘rtasida turizm salohiyatini namoyon etish maqsadida “Hulu”, “Amazon Prime”, “Netflix” platformalari uchun O‘zbekistonning o‘ziga xos tarixiy-madaniy merosi va turistik jozibadorligi haqida seriallar (mini-roliklar) yaratish.

Amalga oshirish shakli: tadbirlar rejasi

2020-yil mart

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “O‘zbekkino” milliy agentligi (F. Zokirov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

46.

Etakchi xorijiy nashriyot uylari bilan hamkorlikda turli tillarda o‘zbek afsona va ertaklari, milliy taom retseptlari kitoblari
va yo‘lboshlovchilari
turkumini yaratish.

Amalga oshirish shakli: tadbirlar rejasi

2019-yil dekabr

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
amalga oshirish uchun — Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayyid), Oshpazlar uyushmasi (A. Umarov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

47.

“Tour de Silk Road” velomarafoni va avtor?llisining xalqaro bosqichini o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish.

Amalga oshirish shakli:tashkiliy choralar

2020-yil aprel

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Sport vazirligi (D. Nabiyev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

48.

O‘zbekistonning turistik brendini ilgari surish bo‘yicha Global PR-kampaniya rejasini amalga oshirish uchun xorijiy marketing kompaniyasini tanlab olish yuzasidan tanlov o‘tkazish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil yanvar

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

49.

Zamonaviy turizm mahsulotlari va innovatsion yechimga ega xizmatlarni yaratish bo‘yicha eng yaxshi biznes-g‘oyalarni aniqlash uchun har yili “Turizm sohasida biznes g‘oyalar fabrikasi” festivalini tashkil etish va o‘tkazish.

Bunda festival g‘oliblari loyihalarini amalga oshirish Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan grantlar hisobidan birgalikda moliyalashtirilishi belgilansin.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

har yili

tashkil etish va o‘tkazish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

50.

I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston davlat tarix muzeyi kolleksiyalari to‘plamidan yirik art-maydonlarda va mashhur jahon muzeylarida O‘zbekiston Respublikasining tarixiy-madaniy merosi haqida “Art-karvon” ko‘rgazmalar turkumini o‘tkazish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2020-yil yanvar

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Jo‘raboyev)

51.

O‘zbekiston Respublikasining butun hududida turistlarni zarur ma’lumot bilan ta’minlovchi “O‘zbekistonning rasmiy yo‘l boshlovchisi” ko‘p funksional axborot tizimini ishlab chiqish va loyihani paritet asosda moliyalashtirishni nazarda tutish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil dekabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

52.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan diplomatik aloqalar o‘rnatilgan davlatlar tillarida “uzbekistan.travel” milliy turizm portalining faoliyat yuritishini ta’minlash, O‘zbekistonning tegishli mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari orqali ma’lumotlarni yangilab borish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil oktyabr

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
amalga oshirish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

53.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tarqatma reklama materiallari (turistik xarita, broshyura, yo‘l boshlovchi va boshqalar) dizayni bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2020-yil yanvar

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

54.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ustuvor xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida mill?? s?end bilan ishtirok etish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

grafik asosida

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

55.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil oktyabr

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi (G. Israilova)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

56.

O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida noyob ko‘rsatuvlar yaratish va keyinchalik jahonning mashhur telekanallarida translatsiya qilish maqsadida mashhur teleko‘rsatuvlar (“Top Gear”, “Vokrug Sveta”, “National Geographic” va b.) vakillarini jalb etish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil oktyabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

57.

O‘zbekistonning turli hududlaridagi tarixiy joylarda Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan “Bahodirlar o‘yini” har yilgi xalqaro sport-turizm loyihasining milliy shaklda o‘tkazilishini tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

Doimiy

tashkil etish va o‘tkazish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

58.

“Organic Food Festival” va “Taste of Uzbekistan Festival” markasi ostida respublika gastronomik salohiyatini oshirish maqsadida milliy taomlar va orga�ik ovqat (mevalar, sabzavotlar va poliz mahsulotlari) festivalini jahon darajasida tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

Doimiy

tashkil etish va o‘tkazish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

59.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Times Square” (Nyu-York), “Piccadily Lights” (London), “Shibuya” (Tokio) kabi maydonlarda, Angliya premyer-ligasida LED-ekranlarda reklamalar, shuningdek, “Katta shlem” musobaqalarida patch-reklamalarni (tennis yulduzlari sport kiyimlaridagi yozuvlar) joylashtirish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2019-yil noyabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

60.

Turistlarni keng jalb qilish maqsadida respublika shahar va hududlarida tashkil etiladigan festivallarni faol targ‘ib qilish orqali har yili 10-yanvarga qadar yillik festivallar mavzusi va sanasini tasdiqlash yo‘li bilan turli yo‘nalishlardagi festivallar harakatini faollashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

Har yili

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
amalga oshirish uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

61.

Xorijiy mamlakatlar davlat organlarining rasmiy veb sahifalarini o‘rganish va O‘zbekiston Respublikasidagi, shu jumladan turizm sohasidagi, ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor etish uchun ularning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish orqali O‘zbekistonni dunyoning tashrif buyurish uchun tavsiya etiladigan mamlakatlari ro‘yx??ga kiritish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

Doimiy

ishlab chiqish uchun — Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)amalgaoshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

62.

Davolash-profilaktika muassasalari, markazlari va sanatoriyalarini, shifokorlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotni o‘z ichiga oluvchi, zarur tibbiyot tashkiloti joylashuvidan kelib chiqib joylashuv turini tanlash, shuningdek, onlayn shaklda bronlash va konsultatsiyalarga to‘lov qilish imkoniga ega “O‘zbekiston tibbiyot turizmi” portalini yaratish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy choralar

2019-yil dekabr

ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
amalga oshirish uchun — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

63.

Turistlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun sharoit yaratish, shu jumladan chet el fuqarolaridan chet tilida chaqiruvlar qabul qilish imkonini nazarda tutuvchi va shoshilinch xizmatlar telefonlari yozilgan ma’lumot taxtachalari o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2019-yil dekabr

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov.), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

64.

“Uzbekistan Today” MChJ bazasida, yillik budjeti va moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda ingliz tilida respublikaning iqtisodiy, investitsion va turistik salohiyatini oshirishga ixtisoslashtirilgan “Uzbekistan Today” xalqaro axborot resursini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy ma’lumot

2019-yil dekabr

ishlab chiqish va tashkil etish uchun — EOAVMA (F. Abduxalikov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi s�vdo vazirligi (S. Umurzoqov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

65.

“UzReport TV” telekanali tahririyati bazasida”UzReport” axborot agentligi shaxsiy mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga O‘zbekistonning noyob tarixi, o‘tmishining buyuk arbob va olimlari, diqqatga sazovor joylari, milliy taomlari, madaniy an’analari va boshqalar to‘g‘risida hujjatli filmlar va teleko‘rsatuvlarni namoyish qilish uchun xorijiy prodyusyerlarni taklif etgan holda chet tillarida uzatiladigan “UzReport World” xalqaro telekanalini ishga tushirish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2020-yil fevral

ishlab chiqish va tashkil etish uchun — “Uz Report” axborot agentligi (R. Jo‘rayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduhakimov)

T/r

Avtomobil yo‘llari nomi

Jami(km)

shu jumladan, yillar bo‘yicha:

2020-y.

2021-y.

Respublika bo‘yicha jami:

1126,9

497,2

629,2

shu jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

A-380 avtomobil yo‘lini “Sulton Uvays” ziyoratgohi (Beruniy tumani) yo‘nalishi bo‘yicha rekonstruksiya qilish.

0,5

0,5

2.

4P-173 avtomobil yo‘lining Qo‘ng‘irot — Mo‘ynoq yo‘nalishi bo‘yicha “Hakim ota” ziyoratgohi qismida 10 km ichki yo‘lni (Mo‘ynoq tumani) rekonstruksiya qilish.

10

10

3.

4R-182 avtomobil yo‘lining “Sharq Yulduzi qishlog‘i — Tuproq qal’a qishlog‘i” yo‘nalishi bo‘yicha “Sulton Uvays-Bog‘yop” ziyoratgohi, 20 km qismini (Ellikqal’a tumani) rekonstruksiya qilish.

0,5

0,5

4.

4K-102 “Janbas” avtomobil yo‘lining 47 km qismini (To‘rtko‘l tumani) rekonstruksiya qilish.

5

5

5.

4N-98 avtomobil yo‘lining “Qizil qal’a” yo‘nalishi bo‘yicha “Qizil qal’a” fuqarolar yig‘ini hududidagi 13 km qismini (Beruniy tumani) rekonstruksiya qilish.

1,5

1,5

6.

“Jampik qal’a” arxeologik obyekti (Qorao‘zak tumani) avtomobil yo‘lini kapital ta’mirlash.

13

13

Andijon viloyati

7.

A-373 avtomobil yo‘lining Andijon — Xonobod yo‘nalishi bo‘yicha, “Qutayba Ibn Muslim” ziyoratgohi qismini (Jalaquduq tumani) rekonstruksiya qilish.

10

10

8.

A-373 avtomobil yo‘lining Andijon — Xonobod yo‘nalishi bo‘yicha “Bibi Seshanba” ziyoratgohi (Qo‘rg‘ontepa tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

5

5

9.

Andijon — Baliqchi avtomobil yo‘lining “Tuzluq momo” va “Uch buloq” ziyoratgohi (Baliqchi tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

3

3

10.

Andijon — Marhamat avtomobil yo‘lining “Mingtepa” arxeologik yodgorligi (Marhamat tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

10

10

11.

Beshqovoq qishlog‘i, “Manak ota” ziyoratgohi (Xo‘jaobod tumani) qismidagi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

5,5

5,5

12.

Mirishkor qishlog‘i, “Mirishkor” ziyoratgohi (Marhamat tumani) hududi qismidagi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

0,2

0,2

13.

Mart qishlog‘i, “Qorabosh ota” ziyoratgohi (Andijon tumani) hududi qismidagi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

1,5

1,5

Buxoro viloyati

14.

4N-162 avtomobil yo‘lining Buxoro shahri — Chorbakr qishlog‘i — Yurinpoyon qishlog‘i yo‘nalishi bo‘yicha Shergiron qishlog‘i, “Chor Bakr” ansambli (Buxoro tumani) 5 km qismini rekonstruksiya qilish.

4

4

15.

4K-147 avtomobil yo‘lining G‘ijduvon shahri — Shofirkon qishlog‘i yo‘nalishi bo‘yicha (G‘ijduvon tumani) 1 km qismini rekonstruksiya qilish.

3

3

16.

4K-200 avtomobil yo‘lining Qorako‘l temir yo‘l stansiyasi — Sayyod qishlog‘i — Qizilrabot qishlog‘i — Shaxrixaybar qishlog‘i yo‘nalishi bo‘yicha “Poykent” arxeologik yodgorligi (Qorako‘l tumani) hududining 1 km qismini rekonstruksiya qilish.

2

2

17.

4R-220 avtomobil yo‘lining Vobkent shahar — Shofirkon shahar — Jilvon qishlog‘i yo‘nalishi bo‘yicha “Vobkent minorasi” obyekti (Vobkent tumani) 26 km qismini rekonstruksiya qilish.

1

1

18.

4K-164 “g” avtomobil yo‘li “Xoja Muhammad Boboyi Samosiy” ziyoratgohi (Romitan tumani) 0,4 km qismini rekonstruksiya qilish.

8

8

19.

4R-75 avtomobil yo‘lining 4R66 — avtomobil yo‘li qismi — A380 — Varaxsha qishlog‘i — Moxonko‘l kvartali — Qorako‘l shahri avtomobil yo‘li, “Xoja Ubbon” ziyoratgohi (Romitan tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

2

2

20.

A-380 avtomobil yo‘lining G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beynau yo‘nalishi bo‘yicha “Xo‘ja Zafaron” ziyoratgohi (Romitan tumani) hududini rekonstruksiya qilish.

2

2

21.

Qorovulbozor shoh ko‘chasi avtomobil yo‘lining “Sardobai Qorovulbozor” obyekti (Qorovulbozor tumani) hududidagi 1 km qismini rekonstruksiya qilish.

3

3

22.

Qorovulbozor shoh ko‘chasi avtomobil yo‘lining “Bo‘zachi sardobasi” obyekti (Qorovulbozor tumani) hududidagi 0,5 km qismini rekonstruksiya qilish.

2

2

23.

4R — 75 avtomobil yo‘lining 4R-66 avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha — A380 — Varaxsha qishlog‘i — Qorako‘l shahar avtoyo‘li 72 km qismini rekonstruksiya qilish, “Shaburg‘on ota ansambli” ziyoratgohi (Qorako‘l tumani).

5

5

24.

4R-75 avtomobil yo‘lining 4R66 avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha — A380 — Varaxsha qishlog‘i — Moxonko‘l shaharchasi — Qorako‘l shahri avtomobil yo‘li “Varaxsha” cho‘qqisi (Jondor tumani) hududini rekonstruksiya qilish.

2

2

Jizzax viloyati

25.

M-39 avtomobil yo‘lining “Avliyo” qishlog‘i qismini rekonstruksiya qilish, “Sa’d Ibn Abu Vaqqos” ziyoratgohi (G‘allaorol tumani).

11,2

11,2

26.

M-39 4R-36 avtomobil yo‘lining Jizzax shahar — Yangi qishloq qishlog‘i — Qizilcha qishlog‘i — Qizilqum xalqa yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha 61 km qismini, “Xonbandi” ziyoratgohi — Yangi qishloq qishlog‘i — Band kvartali yo‘nalishining 11 km 4K-236 qismini(Forish tumani) rekonstruksiya qilish.

18

18

27.

4R-36 avtomobil yo‘lining Jizzax shahar — Yangi qishloq qishlog‘i — Qizilcha qishlog‘i — Qizilqum xalqa yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha 70 km qismini, “Qizilqum” ziyoratgohi — “Majrum Archasi” ekoturistik obyektining (Forish tumani)112 km qismini rekonstruksiya qilish.

21,3

21,3

28.

4R-42 avtomobil yo‘lining M-39 — G‘allaorol qishlog‘i — Qo‘ytosh qishlog‘i — Yangi qishloq shaharchasi yo‘nalishi bo‘yicha 59 km qismini rekonstruksiya qilish, “Narvon Ota” ziyoratgohi (Forish tumani).

7,8

7,8

29.

4R-40 avtomobil yo‘lining Dashtobod shahri — Zomin qishlog‘i — Baxmal qishlog‘i — G‘allaorol shahri 53 — 57 km, “Zomin” dam olish sihatgohi, “Archamozor ota” va “Qum ota” ziyoratgohlarining (Zomin tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

3

3

30.

4R-34 avtomobil yo‘lining Jizzax shahar — Ravot qishlog‘i — Zomin qishlog‘i — Savot qishlog‘i — Xovos shahar yo‘nalishi bo‘yicha 33 km, “Parpi ota” ziyoratgohi (Zomin tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

1

1

31.

4K224 avtomobil yo‘lining Qozog‘iston FU — Tuzkon ko‘li yo‘nalishi bo‘yicha 16 km, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining (Arnasoy tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

11,6

11,6

32.

4R-40 avtomobil yo‘lining Dashtobod shahri — Zomin qishlog‘i — Baxmal qishlog‘i — G‘allaorol shahri yo‘nalishi bo‘yicha 91 km qismini rekonstruksiya qilish, “Qirq qiz” ziyoratgohi (Baxmal tumani).

39

39

33.

4N-1247 avtomobil yo‘lining Abay — Qirq qishloq yo‘nalishi bo‘yicha 7 km qismini rekonstruksiya qilish, “Shaybek ota” ziyoratgohi (Baxmal tumani).

7

7

34.

4R-34 avtomobil yo‘lining Jizzax shahri — Ravot qishlog‘i — Zomin qishlog‘i — Savot qishlog‘i — Xovos shahri yo‘nalishi bo‘yicha 11 km qismini rekonstruksiya qilish, “Ko‘rpasoy”, “Olti xovuz”, “Uvop” ziyoratgohlari (Sharof Rashidov tumani).

8,4

8,4

35.

4K-234 avtomobil yo‘lining Ravot qishlog‘i — Papalak qishlog‘i — Paymarota qishlog‘i yo‘nalishi bo‘yicha 20 km qismini rekonstruksiya qilish (Sharof Rashidov tumani).

10

10

36.

4R-42 avtomobil yo‘lining M-39 — G‘allaorol qishlog‘i — Qo‘ytosh qishlog‘i — Yangi qishloq shahri yo‘nalishi bo‘yicha 36 km qismini rekonstruksiya qilish, “Ugat” ziyoratgohi (G‘allaorol tumani).

14,5

14,5

37.

4R-34 avtomobil yo‘lining Jizzax shahri — Ravot qishlog‘i — Zomin qishlog‘i — Savot qishlog‘i — Xovos shahri yo‘nalishi bo‘yicha 83 km dan 4K-254 avtomobil yo‘lining Pastki chaqir qishlog‘i — Baland chaqir qishlog‘i — Xo‘jamushkent qishlog‘i 21 km qismini rekonstruksiya qilish, “Xo‘jamushkent ota” z�yoratgohi (Yangiobod tumani).

17

17

38.

4R-34 avtomobil yo‘lining Duoba, Beshkubi, Uvol qishloqlari, “Qoplonota”, “Parpioyim”, “Uvoldara” (Zomin tumani) ekoturistik maskanlari qismlarini rekonstruksiya qilish.

13

13

39.

4R-36 avtomagistralining Forish — Jizzax shahri yo‘nalishi bo‘yicha 60 km qismini rekonstruksiya qilish Uxum, Hayot, Mojurum, Asraf qishloqlari, “Mojurum” ekoturizm obyekti, “Xonbandi” tarixiy maskani, “Tog‘ alqarlari buyurtmaxonasi”, “Nurota” davlat qo‘riqxonalari, “Birlashgan” sog‘lomlashtirish maskani (Forish tumani).

15

15

40.

4R-36 avtomobil yo‘lining Uxum — Qizilqum yo‘nalishi bo‘yicha 28 km qismini rekonstruksiya qilish, “Oxsus Adventure” turistik kompleksi (Forish tumani).

28

28

Qashqadaryo viloyati

41.

Kitob shahri — Miroqi qishlog‘i avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish, “Xo‘jaimkonagi” ziyoratgohi (Kitob tumani, Sevaz qishlog‘i).

1

1

42.

Kitob shahri — Miroqi qishlog‘i avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish, “Oqsuv” ziyoratgohi (Kitob tumani).

0,2

0,2

43.

“Xo‘ja Ne’matilla” ziyoratgohiga olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish (Kitob tumani).

4,5

4,5

44.

Miroqi qishlog‘idan So‘kargacha bo‘lgan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish (Kitob tumani).

25

25

45.

“Hazrat Bashir” va “Xo‘ja Hasan” ziyoratgohlariga olib boradigan avtomobil yo‘lining 3,5 km qismini rekonstruksiya qilish (Kitob tumani).

3,5

3,5

46.

“Etti tug‘ ota” ziyoratgohiga (Qarshi tumani) olib boradigan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

10

10

47.

“Shayx Shilvi” (Qarshi tumani) ziyoratgohiga olib boradigan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

5

5

48.

“Murodbaxsh ota” ziyoratgohiga (Qarshi tumani) olib boradigan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

8

8

49.

“Musofir ota” ziyoratgohiga (G‘uzor tumani) olib boradigan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

3

3

50.

“Qumcho‘p ota” ziyoratgohiga (G‘uzor tumani) olib boradigan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

6

6

51.

“Isoq ota” majmuasiga (Mirishkor tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

10

10

52.

“Nayman ota” maqbarasiga (Nishon tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

12

12

53.

“Langar ota” ziyoratgohiga (Qamashi tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

5

5

54.

“O‘g‘lonjon ota” ziyoratgohiga (Qamashi tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

10

10

55.

“Mushkul ota” ziyoratgohiga (Qamashi tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

5

5

56.

“Xo‘jaipok” ziyoratgohiga (Dehqonobod tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

15

15

57.

“Ko‘k to‘nli” ziyoratgohiga (Chiroqchi tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

10

10

58.

“Oq tuyali” ziyoratgohiga (Chiroqchi tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

4

4

59.

“Imom Abu Yusuf” ziyoratgohiga (Yakkabog‘ tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

20

20

60.

“Xo‘ja Ilg‘or” ziyoratgohiga (Yakkabog‘ tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

25

25

61.

“Shamsul Aima Al-Halvoniy” ziyoratgohiga (Qarshi tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

2

2

Navoiy viloyati

62.

4N-361 avtomagistralining “Qalqon ota Sarmish” ziyoratgohiga olib boruvchi qismini rekonstruksiya qilish (Navbahor tumanidagi Sarmish darasi).

10

10

63.

“Sangijuman” hududidagi (Xatirchi tumani) 4R-56 avtomobil yo‘lini (Oqtosh shahar — Yangirabod shahar — Langar qishlog‘i — Chuya qishlog‘i) rekonstruksiya qilish.

11

11

64.

“Chashma” ziyoratgohiga olib boruvchi 4R-57 avtomagistralini “Qizilqum xalqa yo‘li” (Nurota tumani) yo‘nalishi bo‘yicha rekonstruksiya qilish.

10

10

65.

4R-65 “Qiziltepa-Arabon” avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish, “To‘dako‘l” dam olish maskani (Qiziltepa tumani).

15

15

66.

4R-57 “Konimex-Aydarko‘l” avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish, “Aydarko‘l” dam olish maskani (Konimex tumani).

10

10

67.

“Langar” qishlog‘i hududida 4R-56 Oqtosh shahar, — Yangirabod shahar — Langar qishlog‘i. — Chuya qishlog‘i avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish (Xatirchi tumani).

10

10

Namangan viloyati

68.

Namangan — Chortoq — Baliqko‘l avtomobil yo‘lini “Sulton Uvays Karoniy” ziyoratgohi yo‘nalishi bo‘yicha rekonstruksiya qilish (Chortoq tumani).

10

10

69.

Namangan — Lola — Bektemir avtomobil yo‘lini “Mushkulkushod” ziyoratgohi yo‘nalishi bo‘yicha rekonstruksiya qilish (Namangan tumani).

5

5

70.

4N425 Ittifoq — Qayqi — Do‘stlik avtomobil yo‘lini “Tirikmozor” ziyoratgohi yo‘nalishi bo‘yicha rekonstruksiya qilish (Uchqo‘rg‘on tumani).

3

3

71.

4K-438 O‘nhayot — Sho‘rqo‘rg‘on — Axsi — Guliston avtomobil yo‘lining 3 — 7 km qismini rekonstruksiya qilish, “Devona buva” ziyoratgohi (Uychi tumani).

5

5

72.

4K-439 Daxyakota — Jiydakapa — Axsi avtomobil yo‘lining “Daxyak ota” ziyoratgohi 4 — 6 km qismini (Uychi tumani) rekonstruksiya qilish.

2

2

73.

Namangan tumani “Bibimushkulkushod” ziyoratgohi (Namangan tumani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya q�lish.

1,5

1,5

74.

“Devona Oxunbuva” ziyoratgohi (Namangan tumani)avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

1,3

1,3

75.

Karvon ko‘chasi “Otchopar Eshon” ziyoratgohi (Chust tani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

1,1

1,1

76.

Oybek ko‘chasi “Hoja Abdurahmon Ibn Avf” ziyoratgohi (Chust tumani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

1

1

77.

“Hojai Dod” ziyoratgohiga (Chust tumani) olib boradigan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

0,3

0,3

78.

“Ko‘kyor” ziyoratgohi (Yangiqo‘rg‘on tumani) yo‘nalishi bo‘yicha 4K-421 Ko‘kyor — Mug‘ol — Oqtom avtomobil yo‘lini rekonstruk�iya qilish.

8

8

79.

“Nanay” turistik zonasi (Yangiqo‘rg‘on tumani) yo‘nalishi bo‘yicha 4M-1521 Nanay — Qayroqi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

5

5

80.

Zarkent — Mamay turistik zonasi (Yangiqo‘rg‘on tumani) yo‘nalishi bo‘yicha 4N-466 Zarkent — Mamay avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

14

14

81.

4N-421 Yangihayot — Uzoq — Shilvi — Zarkent (Yangiqo‘rg‘on tumani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

12

12

82.

“Sulton Uvays Qaroniy” ziyoratgohi (Chortoq tumani) 4R-119 Chortoq — Kalishoh — Baliqko‘l — Hazratishoh, avtomobil yo‘lining 28 km qismini rekonstruksiya qilish.

3

3

83.

“Sadamozor maqbarasi” ziyoratgohi (Chortoq tumani) 4R-118 Jiydakapa — Uychi — Chortoq — Yangiqo‘rg‘on — Zarkent avtomobil yo‘lining 28 km qismini rekonstruksiya qilish.

2

2

84.

“CHARTAK RESSORT” QK sanatoriya va sog‘lomlashtirish markazi (Chortoq tumani) 4K-425 Sho‘rkent — Gulshan — Kushon avtomobil yo‘lining 11 km qismini rekonstruksiya qilish.

3

3

85.

“Langar ota” ziyoratgohi (Chortoq tumani) 4N-1515A Chortoq — Bulon qishlog‘i avtomobil yo‘lining 5 km qismini rekonstruksiya qilish.

5

5

Samarqand viloyati

86.

“Muhammad al-Buxoriy” ziyoratgohi (Payariq tumani) M-37 Samarqand — Buxoro avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

3

3

87.

“Abdurahmon ad-Dorimiy” ziyoratgohi (Toyloq tumani) M-39 Samarqand — Termiz avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

4

4

88.

“Xo‘ja Ahror Valiy” majmuasiga (Samarqand tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

3

3

89.

“Hazrati Dovud” ziyoratgohi (Nurobod tumani) M-39 Samarqand — Termiz avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

11

11

90.

M-39 Samarqand — Termiz, “Xo‘ja Chorchinor” ziyoratgohi (Urgut tumani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

15

15

91.

M-39 Samarqand — Termiz (Urgut tumani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

11

11

92.

M-39 Samarqand — Buxoroyo‘nalishi bo‘yicha “Dobusiya Shahriston” majmuasiga (Paxtachi tumani) olib boruvchi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

18

18

93.

M-37 Samarqand — Buxoro, “Ko‘k ota” ziyoratgohi (Narpay tumani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

18

18

94.

M-37 Samarqand — Buxoro, “Mahdumi A’zam” ziyoratgohi (Oqdaryo tumani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

1

1

95.

“JV MAN Auto Uzbekistan” QKdan “Zarafshon” milliy bog‘igacha (Samarqand shahri) 6 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

6

6

96.

Jomboy — Payariq yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil yo‘lining “Qamchin ota” ziyoratgohi (Jomboy tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

1

1

Sirdaryo viloyati

97.

Guliston — Xovos — Zomin avtomobil yo‘lining “Xovosobod” ziyoratgohi (Xovos tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

15

15

98.

Guliston shahri — Guliston tumani avtomobil yo‘lining “Romanovlar” cherkovi va uyi (Guliston tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

25

25

99.

Baxt — Sayxunobod avtomobil yo‘lining “Nurota shaharchasi qoldig‘i” tarixiy joyi (Sayxunobod tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

15

15

100.

M-39 Toshkent — Termiz — Toshkent avtomobil yo‘lining “Mirzarabot tepaligi” tarixiy joyi (Oqoltin tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

3

3

Surxondaryo viloyati

101.

M-39 avtomobil yo‘lining Termiz — Muzrabot — Angor — Sherobod yo‘nalishi bo‘yicha “Omonxona” sanatoriyasi (Boysun tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

20

20

102.

M-41 avtomobil yo‘lining Termiz — Sariosiyo yo‘nalishi bo‘yicha “Sangardak” sanatoriyasi (Sariosiyo tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

13

13

Toshkent viloyati

103.

A-373 avtomobil yo‘lining M-39 Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha 12 km qismini va 4K761 — Murotali qishlog‘i — Kerovchi qishlog‘i — O‘zbekiston qishlog‘i avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha “Qirqqiz ona” ziyoratgohi (Piskent tumani) 3 km qismini rekonstruksiya qilish.

4,8

4,8

104.

4R15 A-373 avtomobil yo‘lining Toshkent — O‘sh — Qiziltog‘ shahri — Parkent shahri — Yangibozor qishlog‘i avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha Namdanak qishlog‘i (Parkent tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

16

16

105.

4K-784 avtomobil yo‘lining Oqqo‘rg‘on — Ramazon qishlog‘i — Bo‘ka shahri — Murotali qishlog‘i yo‘nalishi bo‘yicha “Qoraxo‘ja buva” ziyoratgohi (Bo‘ka tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

8

8

106.

4R-15 avtomobil yo‘lining A-373 Toshkent — O‘sh — Qiziltog‘ shahri — Parkent shahri — Yangibozor qishlog‘i avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha Zarkent qishlog‘i, “Zarkent ota” ziyoratgohi (Parkent tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

5

5

107.

4R-187a avtomobil yo‘lining Qiziltog‘ shahri — Parkent shahri — “Kumushkon” dam olish zonasi yo‘nalishi bo‘yicha “Bobo mochin” ziyoratgohi (Bo‘ka tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

7

7

108.

M-39 avtomobil yo‘lining Olma-ota — Bishkek — Toshkent — Termiz va M-34 Toshkent — Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha “Chinoz white fish” MChJ turistik ko‘ngilochar majmuasi (Chinoz tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

21

21

109.

M-39 avtomobil yo‘lining Olma-ota — Bishkek — Toshkent — Termiz yo‘nalishi bo‘yicha “Dehqonobod” MFY, “Sunbula” dam olish zonasi (Chinoz tumani) qismini rekonstruksiya qilish.

6

6

110.

4R-6 avtomobil yo‘lining Toshkent — Chirchiq — Chimyon yo‘nalishi bo‘yicha Chirchiq shahar A. Qodiriy ko‘chasi, Bobur haykali (Chirchiq shahri) qismini rekonstruksiya qilish.

3

3

111.

4R-8 avtomobil yo‘lining M-39 avtomobil yo‘li — May — Chirchiq yo‘nalishi bo‘yicha Chirchiq shahar A.Qodiriy ko‘chasi, “Amir o‘g‘li Xasan” masjidi (Chirchiq shahri) qismini rekonstruksiya qilish.

16

16

112.

“Lashkarak” MFY, “Lashkarak” dam olish zonasi (Angren shahri) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

16,5

16,5

113.

A-373 avtomobil yo‘lining M-39 — Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon — Andijon — O‘sh yo‘n�lishi bo‘yicha “Geolog” MFY qismini rekonstruksiya qilish, “Ko‘lbuloq” arxeologik hududi (Angren shahri).

5

5

114.

A-373 avtomobil yo‘lining M-39 — Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon — Andijon — O‘sh yo‘nalishi bo‘yicha “Gulbog‘” MFY qismini rekonstruksiya qilish, “Gulbog‘ tepa — Chinnibek ota” ziyoratgohi (Angren shahri).

2

2

115.

“Mullo bobo” ziyoratgohi, “Lashkarak” MFY (Angren shahri) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

16,5

16,5

Farg‘ona viloyati

116.

4R-150 avtomobil yo‘lining Qo‘qon — Mulkobod — Gulbog‘ — Pungon avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha 1 km qismini rekonstruksiya qilish, “Daxmai Shohon” maqbarasi (Qo‘qon shahri).

0,5

0,5

117.

4K-883 avtomobil yo‘lining Yangiqo‘rg‘on — Qo‘rg‘oncha — Jov avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha” Muhammad Jalil Podshohpirim” ziyoratgohi (Buvayda tumani) 15 km qismini rekonstruksiya qilish.

4,5

4,5

118.

4R-147 avtomobil yo‘lining Marg‘ilon shahri — Rishton shahri — O‘qchi qishlog‘i — Karim devona qishlog‘i — Konibodom qishlog‘i avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha 41 km qismini rekonstruksiya qilish, “Xo‘ja Ilg‘or” ziyoratgohi (Rishton tumani)

1,5

1,5

119.

4K-873b avtomobil yo‘li, Besh Kapa qishlog‘i 1 km qismini rekonstruksiya qilish, “Sohibi Hidoya” ziyoratgohi (Rishton tumani).

1,5

1,5

120.

A-373 Toshkent — O‘sh, Karkidon suv omborining kirish qismi, Namuna va Tolmozor qishloqlari (Quva tumani)avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

4,5

4,5

Xorazm viloyati

121.

4R-265 Urganch — Xiva, “Bog‘ishamol” tarixiy yodgorligi (Xiva tumani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

6

6

122.

4K-953A Urganch — Bog‘ot — Hazorasp, “Kalajik qal’a” turizm kompleksi (Bog‘ot tumani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

9

9

123.

4R-158 Urganch — Hazorasp, “Hazorasp qal’asi” tarixiy yodgorligi (Hazorasp tumani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

2

2

124.

4R-164 Xonqa — Yangiariq qishlog‘i — Chig‘irchi qishlog‘i — Xiva shahri, “Shayx Muxtor Valiy maqbarasi” (Yangiariq tumani) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

22

22

125.

4R-163 Bog‘ot — Yangiariq — Xiva — Qo‘shko‘pir — Shovot — Gurlan avtomobil yo‘lini “Ogahiy uy muzeyi”gacha rekonstruksiya qilish.

2,2

2,2

126.

4R-164 Xonqa — Yangiariq — Chig‘irchi — Xiva, “Valiko plyus” fermer xo‘jaligi (ekoturizm) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

7,0

7,0

127.

4R-164 Xonqa — Yangiariq — Chig‘irchi — Xiva, “Nemis mennonitlari” qishlog‘i avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

9,0

9

128.

4N-1933 Xonqa — Yangiariq — Piskaniq — Xiva — Chig‘irchi, “Eshon Rovot” va “Xiva qorako‘l” fermer xo‘jaligi (ekoturizm) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

8,0

8

129.

4R-163 Bog‘ot — Yangiariq — Xiva — Qo‘shko‘pir — Shovot — Gurlan, “Chodra hovli” hududi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

1,2

1,2

130.

4R-163s avtomobil yo‘lini Bog‘ot — Yangiariq — Xiva — Qo‘shko‘pir — Shovot — Gurlan, “Qalajig‘ qal’a” fermer xo‘jaligi (ekoturizm) yo‘nalishi bo‘yicha rekonstruksiya qilish.

7,8

7,8

131.

“Hazorasp minorasi” hududi 4R-156 Hazorasp shossesi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

4,0

4

132.

4K-985 Gurlan — Vazir — Dehqonobod, “Yo‘ldosh Xo‘ja” fermer xo‘jaligi (ekoturizm) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

6,0

6,0

133.

4R-169 Gurlan — Guliston, “Gurlan Chashmasi” fermer xo‘jaligi (ekoturizm) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

0,5

0,5

134.

4R-160 Gurlan — Dosimbiy — O‘zbekiston, “Oqmorqa” fermer xo‘jaligi (ekoturizm) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

12,0

12

135.

4N-1921 Gurlan — Esabiy, “Gurlanlik Islombek” fermer xo‘jaligi (ekoturizm) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish.

10,0

10

Toshkent shahri

136.

Chuqursoy va Qorasaroy ko‘chalari orasidagi Qorasaroy ko‘chasi “Ibrohim ota” maqbarasi qismini rekonstruksiya qilish.

0,5

0,5

137.

Sag‘bon va Qorasaroy ko‘chalari orasidagi Qorasaroy ko‘chasi Madkarimboy madrasasi qismini rekonstruksiya qilish.

3

3

138.

Zarqaynar va Qorasaroy ko‘chalari orasidagi Zarqaynar ko‘chasi “Baroqxon” madrasasi qismini rekonstruksiya qilish.

1

1

139.

Qorasaroy ko‘chasi “Sultonxoji” maqbarasi qismini rekonstruksiya qilish.

2

2

140.

Chustiy mahallasi “Chilla ota” ziyoratgohi ko‘chasini rekonstruksiya qilish, “Chustiy” MFY

2

2

141.

Lutfiy va Cho‘pon ota ko‘chalari orasidagi “Cho‘pon ota” qabristoni va kompleksi hududidagi qismini rekonstruksiya qilish.

2

2

142.

Cho‘pon ota va Usmon Nosir ko‘chalari orasidagi “Birodarlik” monumenti hududidagi qismini rekonstruksiya qilish.

3

3

143.

“Bog‘ishamol” madaniy-ko‘ngilochar bog‘ hududidagi Foziltepa ko‘chasini rekonstruksiya qilish.

3

3

144.

Usmon Nosir ko‘chasini “Grand sinema” kinoteatri yo‘nalishi bo‘yicha rekonstruksiya qilish.

1

1

145.

“Gulshan” madaniy-ko‘ngilochar bog‘ hududidagi Sh. Burxonov va Intizor ko‘chalarini rekonstruksiya qilish.

2

2

146.

“Lokomotiv” ko‘ngilochar bog‘i hududidagi Temur Malik ko‘chasini rekonstruksiya qilish.

2

2

147.

Laylak qo‘ndi, Beruniy, Samarqand darvoza ko‘chalari orasidagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi yo‘nalishi bo‘yicha qismini rekonstruksiya qilish.

3

3

148.

Eski Sariko‘l va A. Fitrat ko‘chalari orasidagi “Limpopo” akvaparki tomon yo‘nalish bo‘yicha qismini rekonstruksiya qilish.

1

1

T/r

Farmonning bandlari

Ijro muddatlari

Nazorat uchun mas’ullar

vazirliklar va idoralardan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan

1.

1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019-yil 1-oktabrdan boshlab xalqaro huquq normalariga muvofiq “Qarshi”, “Nukus va “Termiz” xalqaro aeroportlarida “b�shinchi havo erkinligi”ni qo‘llagan holda, shuningdek, “Buxoro” xalqaro aeroportida “beshinchi havo erkinligi”ni xorijiy davlatlar fuqarolarini tashishda qo‘llagan holda “Ochiq osmon” rejimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy davlatlarning aviatsiya ma’muriyatlarini va chet el aviatashuvchilarini “Ochiq osmon” rejimi joriy etilayotgan O‘zbekiston xalqaro aeroportlarining ro‘yxati to‘g‘risida, shu jumladan diplomatik kanallar orqali xabardor etishni ta’minlasin.

Chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqish
va tasdiqlash —
2019-yil
1-sentabrgacha

Chora-tadbirlar rejasining ijro holati to‘g‘risida
har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

I. Maxkamov,
I. Ne’matov,
A. Akkulov

A. Aripov,
R. Gulyamov

2.

2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2020-yil 1-yanvardan:

turizm faoliyati subyektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSh dollari, qish mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 50 AQSh dollari miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplab beriladi;

xorijiy kinokompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida audiovizual mahsulotlar (kino-, tele va videofilm, klip, multfilm, animelar) yaratishdagi xarajatlarining bir qismi (“rebate”) O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan xarajatlarning 20 foizigacha, lekin bitta mahsulot uchun 300 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari to‘g‘risidagi to‘liq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun loyiha qiymatining 30 foizi, lekin 3 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;

tadbirkorlik subyektlarining respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) chet el taomlariga yoki alohida yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan mavzuli ovqatlanish shoxobchalarini, shuningdek, “karaoke” zallari va turistik qo‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir loyiha uchun 10 million so‘m m�qdorida qoplanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha moddiy madaniy meros obyektlari hududlariga 5 tonnadan yuqori vaznga ega katta hajmli avtotransport vositalarining kirishiga cheklov qo‘yiladi;

YUNESKO Umumjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan madaniy meros obyektlari va davlat muhofazasiga olingan tarixiy yoki madaniy yodgorliklar hududida faqat mamlakatimizda ishlab chiqarilgan suvenir mahsulotlari sotiladi;

b) 2019-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:

eng yuqori turizm salohiyatiga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari (shaharcha, qishloq, ovullar hamda shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning mahallalari) ro‘yxatini shakllantiradi;

ushbu fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari tashkil etilganda va turistlar uchun kamida besh xil xizmat turlari (yashash va/yoki ovqatlanish bo‘yicha xizmatlardan tashqari) ko‘rsatilgan taqdirda ularga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomini beradi;

v) 2020-yildan boshlab “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlariga birinchi navbatda kiritiladi;

g) “Uzbekistan Airports” AJga respublikaning xalqaro aeroportlari takliflariga ko‘ra:

aeroport tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatl�r (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan aviakompaniyalarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan tashqari) uchun stavkalar hamda yig‘imlarni belgilash va o‘rnatish;

aeroportning aviatsiya yonilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallarini saqlash uchun zaruriy infratuzilmani kengaytirish va modernizatsiya qilish;

mahalliy yoki xorijiy yuridik shaxslar bilan tanlov asosida aviatsiya yonilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar, shuningdek, ularni mamlakatning xalqaro aeroportlariga reyslarni, shu jumladan tranzit reyslarni amalga oshiruvchi mahalliy yoki xorijiy aviakompaniyalarga sotish bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqi beriladi.

Chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqish
va tasdiqlash —
2019-yil
1-noyabrgacha

Chora-tadbirlar rejasining ijro holati to‘g‘risida
har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

T. Ishmetov,
A. Akkulov,
I. Maxkamov

A. Abduxakimov,
R. Gulyamov

3.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga quyidagi vakolatlarni berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:

Muvofiqlashtiruvchi kengashga joylardagi salohiyatli hududlarni o‘rganish asosida turizm infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish hududlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish;

turizm infratuzilma obyektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish;

turizm sohasiga investitsiyalar jalb etish bo‘yicha investorlar bilan muzokaralar olib borish, ular bilan investitsiyaviy kelishuv va shartnomalarni imzolash, shuningdek, investorlar tomonidan loyihani amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlar qabul qilingan holda ularga yer uchastkalarini o‘rnatilgan tartibda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali taqdim etish masalasini ko‘tarish.

2019-yil
1-oktabrgacha

A. Akkulov,
A. Abdullayev

A. Aripov,
B. Mavlonov

4.

4. 2020-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq mamlakatlarning fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilansin.

Chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqish va tasdiqlash —
2019-yil 1-dekabrgacha

A. Kamilov,
A. Azizov,
P. Bobojonov,
I. Maxkamov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

5.

5. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish va avtomagistral yo‘llari bo‘ylab turizm xizmatlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi Andijon viloyatining Xonobod shahridan Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga bog‘langan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq shahrigacha “O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqish va tasdiqlash —
2019-yil 1-noyabrgacha

Chora-tadbirlar rejasining ijro holati to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga
axborot kiritish

A. Akkulov,
I. Maxkamov,
S. Bekenov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

6.

6. “O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori bo‘ylab avtomagistral yo‘llari va yo‘lbo‘yi infratuzilmasi holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va unga quyidagi vakolatlar berilsin:

kapital va joriy ta’mirga muhtoj yo‘l uchastkalarini aniqlash, shuningdek, yaratiladigan yo‘l bo‘yi infratuzilmasi obyektlarining joylashuvini belgilash;

yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun tadbirk?rl?rga ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishd? (er ?chastkalarini ajratish, qurilishga ruxsat olish) ko‘maklashish;

tegishli davlat organlari tomonidan ularning vakolatiga kiruvchi muammoli masalalarni (yo‘l ko‘rsatkichlar o‘rnatish, sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish va boshqalar) hal etish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish.

Chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqish va tasdiqlash —
2019-yil 1-noyabrgacha

Chora-tadbirlar rejasining ijro holati to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

A. Akkulov,
S. Bekenov,
I. Maxkamov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

7.

7. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan turizm uchun innovatsion biznes g‘oya va startaplarni amalga oshirish maqsadida loyiha tashabbuskorlariga loyiha qiymatining 30 foizi, lekin 100 million so‘mdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda amalga oshirilishi tavsiya etiladigan turizm uchun innovatsion biznes g‘oya va startaplar ro‘yxatini tasdiqlasin.

Ijro holati to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

A. Akkulov

A. Abduxakimov,

R. Gulyamov

8.

8. O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ijro holati to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

A. Akkulov,
S. Bekenov,
I. Maxkamov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

9.

9. 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar:

a) etib borish qiyin bo‘lgan va chekka joylarda (aholi yashash punktlaridan kamida 10 km yoki qattiq qoplamali avtomobil yo‘llaridan 5 km uzoqlikda) kempinglar va “safari” turizmini tashkil etish bo‘yicha turizm xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar alohida avtonom infratuzilmani yaratgan taqdirda mazkur faoliyat turi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘i, shuningdek, yagona soliq to‘lovi to‘lashdan;

b) yuridik shaxslar, ularning loyiha tashkilotlari, bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlari jahon standartlariga mos va zarur madaniy ko‘ngilochar infratuzilmalariga ega golf majmualarini barpo etish loyihasini amalga oshirish doirasida:

foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan;

loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondi qismi bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovdan;

loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tovarlarni, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘idan;

v) namunaviy loyihalar bo‘yicha zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish va (yoki) ularning faoliyatini tashkil etishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar mazkur faoliyat turi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘i, shuningdek, yagona soliq to‘lovini to‘lashdan;

g) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dor (osma) yo‘llarini, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlarini, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, shuningdek, “buggy car”, faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (g‘ildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan (“fudtrak”) yer usti transport vositalari bojxona boji va aksiz solig‘idan ozod etilsin.

Ijro holati to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respu�likasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

T. Ishmetov,
B. Musayev,
A. Akkulov

A. Abduxakimov,
R. Gulyamov

10.

10. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida maxsus turizm zonalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Jizzax, Namangan, Surxondaryo va boshqa viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda turizm zonalarini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilishning batafsil rejasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Turizm zonalarida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish ustidan nazorat:

“Zomin” bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov;

“Nanay” bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov;

“Boysun” bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

2019-yil 1-oktabrgacha

A. Akkulov,
S. Bekenov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

11.

11. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida arxitektorlar, kartograflar, shaharsozlik va qurilish muhandislaridan tarkib topgan, 15 shtat birligidan iborat Turizm zonalari va klastyerlarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin va unga turizm infratuzilma obyektlarini joylashtirishni rejalashtirish va loyihalash bo‘yicha ishlarni tashkil etish vazifalari yuklansin.

2019-yil 1-sentabrgacha

A. Akkulov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

12.

12. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:

mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan jamoat tuzilmalari vakillariga va xorijdagi vatandoshlarga ularning faoliyatini tegishli nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan baholash natijalari bo‘yicha topshiriladigan “Turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish;

“Turizm o‘quv-konsalting markazi” davlat unitar korxonasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

2019-yil 1-oktabrgacha

A. Akkulov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

13.

13. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

turizm sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-amaliy ishlanmalarni muvofiqlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

turizm tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi o‘quv dasturlari hamda ta’lim shakllarini ishlab chiqish va joriy qilish;

xorijiy mutaxassislar va o‘qituvchilarni jalb qilgan holda turizm sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

turizm tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlovchi o‘quv ta’lim muassasalari faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish, konsalting va o‘quv markazlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

yagona test sinovi tizimi asosida gidlar, ekskursiya yetakchilari, yo‘riqchi-kuzatuvchilar uchun malaka sertifikatini berish.

2019-yil 1-oktabrgacha

A. Akkulov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

14.

14. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda:

Institutning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlagan holda uning Ustavini;

Institutning tuzilmasi va shtat jadvalini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

Institut xodimlarining mehnatga haq to‘lash darajasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimlariga tenglashtirilsin.

Institut Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 115a-uy manziliga joylashtirilsin.

2019-yil 1-oktabrgacha

A. Akkulov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

15.

15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining iltimosnomasi kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish uchun 80 — 100 kvadrat metr o‘lchamda yer uchastkalari elektron auksionga qo‘yilmasdan ajratilishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi belgilansin.

Chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqish va tasdiqlash —
2019-yil 1-noyabrgacha

Chora-tadbirlar rejasining ijro holati to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

A. Akkulov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

16.

16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida, Jizzax viloyatining Zomin tumanida elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlarini, shuningdek, avtomobil yo‘llarini jadal rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini kelgusida O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Davlat investitsiya dasturiga kiritishni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘larni birinchi navbatda “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomidagi fuqarolar yig‘inlarini obodonlashtirish, shu jumladan ichki avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, elektr energiya, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, mobil aloqa va internetni yaxshilash maqsadida qo‘shimcha bazaviy stansiyalarni o‘rnatish uchun yo‘naltirish choralarini ko‘rsin.

Chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqish va tasdiqlash —
2019-yil 1-oktabrgacha

Chora-tadbirlar rejasining ijro holati to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

A. Akkulov,
B. Xodjayev,
T. Ishmetov,
S. Bekenov

A. Aripov,
D. Kuchkarov,
A. Abduxakimov

17.

17. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:

a) “Uzbekistan Airports” AJ, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda “Ochiq osmon” rejimi joriy qilinayotgan O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarning uchish-qo‘nish yo‘llari, harakatlanish yo‘llari, qo‘mondonlik-dispetcherlik punktlari, aeronavigatsiya jihozlari va statsionar yer usti aloqa tarmoqlarining rekonstruksiya qilinishini ta’minlasin;

b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 20202022-yillar davomida 4-ilovaga muvofiq milliy va xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish uchun istiqbolli xorijiy mamlakatlar shaharlari bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin;

v) 2020-yil 1-yanvarga qadar hamkorlikni va parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlarining xatlovdan o‘tkazilishini va qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin;

g) 2020-yil 1-yanvarga qadar radiotexnika jihozlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish va aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish hajmini oshirish dasturini ishlab chiqsin;

d) “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy mudd??da “Uzbekistan Airways” AJ ?a “Uzbekistan Airports” AJni rivojlantirish bo‘yicha q?yidagilarni nazarda tutuvchi barqaror biznes-modelni ishlab chiqsin:

qaytarilmaydigan va bagajsiz tariflardan foydalanish yo‘li bilan aviaqatnovlar narxlarini optimallashtirish bo‘yicha xalqaro tajribani joriy etish;

aeroport infratuzilmasini qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturi;

havo kemalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish;

aviatsiya yonilg‘isi va yoqilg‘i-moylash materiallarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash choralari;

aviachiptalarning onlayn savdosi imkoniyatlarini kengaytirish va elektron avia yuk varaqalarini rasmiylashtirish tizimini joriy qilish;

O‘zbekiston Respublikasi ichida viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha aviaqatnovlarni, shu jumladan yaqin va o‘rta masofalarga uchishga mo‘ljallangan havo kemalaridan foydalanish hisobiga rivojlantirish;

respublika ichida norentabel qatnovlarni amalga oshiruvchi aviatashuvchilarni subsidiyalash mexanizmini amalda joriy qilish;

e) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda aeroportlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tabaqalashtirilgan tariflar va yig‘imlarni hisoblash metodikasini tasdiqlasin va respublikaning har bir aeroporti kesimida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflar va yig‘imlarni qayta ko‘rib chiqish choralarini ko‘rsin;

j) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Qurilish vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda vertolyotlarda yo‘lovchi tashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani, uchib o‘tish hududlarini xatlovdan o‘tkazish, shuningdek, vertolyot maydonlarini loyihalashtirish va qurish asosida yuridik shaxslar tomonidan vertolyot texnikasidan foydalangan holda aviatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibini joriy etish choralarini ko‘rsin;

z) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrga qadar, shu jumladan yuridik shaxslar tomonidan shaxsiy kabinet orqali guruh yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish hamda mobil ilovalar orqali chiptalar mavjudligini kuzatish va onlayn bron qilish imkoniyatini nazarda tutuvchi “E-ticket” onlayn chipta savdosining shaffof tizimini ishga tushirish hamda ishlatish choralarini ko‘rsin;

i) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar xalqaro aeroportlar yo‘lovchilariga qulay logistikani yaratish uchun mamlakatimiz va chegaradosh davlatlar shaharlari o‘rtasida transport aloqalarini (avtobus va temir yo‘l qatnovlari) ta’minlash bo‘yicha reja ishlab chiqsin;

k) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar xalqaro tashuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga yo‘lovchilar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi haqidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqish va tasdiqlash —
2019-yil 1-oktabrgacha

Chora-tadbirlar rejasining ijro holati to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

I. Maxkamov,
A. Akkulov,
N. Sharipov,
T. Ishmetov

A. Aripov,
R. Gulyamov

18.

18. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur Farmonning 5-ilovasida nazarda tutilgan investitsiya takliflarining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin.

2019-yil 1-oktabrgacha

B. Usmanov

S. Bekenov

D. Kuchkarov,
R. Gulyamov

19.

19. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ikki oy muddatda xorijiy turistlarga respublika hududida xalqaro to‘lov kartalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish maqsadida milliy to‘lov tizimini xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.

2019-yil 1-oktabrgacha

I. Norkulov

D. Kuchkarov,
R. Gulyamov

20.

20. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda vizani rasmiylashtirish tartib-taomilini soddalashtirish, arizalarni ko‘rib chiqish mudd?tlarini maqbullashtirish va taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatini qisqartirishni, shuningdek, elektron hujjatlar aylanmasini joriy etishni nazarda tutgan holda xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish va ketish vizalarini rasmiylashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqsin.

2019-yil 1-sentabrgacha

A. Kamilov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

21.

21. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati 2020-yil 1 yanvarga qadar turistlarning ro‘yxatdan o‘tganligini hisobga olishni, shuningdek, ularning respublika hududida bo‘lishlari va ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirgan holda vaqtida mamlakatdan chiqib ketishi nazorat qilinishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tegishli dasturiy ta’minot tizimi ishlab chiqilsin.

2020-yil 1-yanvargacha

A. Azizov,
A. Akkulov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

22.

22. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi YUNESKO Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan moddiy madaniy meros obyektlari hududida obodonlashtirish va qurilish ishlarini olib borishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan kelishilgan holatlar bundan mustasno.

Chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqish va tasdiqlash —
2019-yil 1-oktabrgacha

Chora-tadbirlar rejasining ijro holati to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

N. Yuldashev

B. Mavlonov

23.

23. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:

a) “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomiga ega fuqarolar yig‘inlari mahalliy aholisini turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tayyorlash va o‘qitishni doimiy asosda tashkil etsin;

b) ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Fuqarolar yig‘inlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini kiritsin;

v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda turistik yig‘imni undirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatga kirishida turistik yig‘imni transport turiga qarab to‘lash tartibini joriy etish;

turistlar tomonidan turistik yig‘imni mustaqil ravishda tijorat banklari filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali to‘lash mexanizmlarini joriy etish orqali yig‘imni to‘lash usullarini kengaytirish;

g) Transport vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Tadbirkorlik subyektlarining xarajatlarini qoplash uchun mablag‘ ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

d) Moliya vazirligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi hududida audiovizual mahsulotlarni yaratishda chet el kinokompaniyalariga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

e) “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasiga har yili:

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chet el kinokompaniyalariga bepul asosda tashkiliy va ishlab chiqarish-texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish;

“O‘zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mamlakat kinematografiyasi, kinolokatsiyasi, kinoturizmini va “rebate” tizimini targ‘ib qilish maqsadida xalqaro kino tadbirlarda milliy pavilonlar tashkil qilish va har yili “PROlogue” xalqaro kinofestivali doirasida “LocationEXPOuz” mahalliy kinolokatsiyalarining xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun mablag‘lar ajratilish?ni ta’min?asin;

j) bir oy muddatda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

z) Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi bilan birgalikda kelgusida turizm operatorlari tomonidan turli turizm yo‘nalishlari shakllantirilishi uchun mamlakat hududlarining noyob turistik salohiyatini va istiqbolli turizm namoyishi obyektlarini doimiy ravishda o‘rganishni va targ‘ib qilishni ta’minlasin.

Chora-tadbirlar rejasini
ishlab chiqish va tasdiqlash —
2019-yil 1-oktabrgacha

Chora-tadbirlar rejasining ijro holati to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

A. Akkulov,
I. Maxkamov,
T. Ishmetov

F. Zokirov

A. Abduxakimov,
B. Mavlonov

“b” kichik bandi “boshqa materiallarni” so‘zlaridan keyin “(shu jumladan mebel va inventar)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“v” kichik bandidan “turizm sohasidagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
b) 4-ilovadagi 2, 4, 5, 11, 13, 29, 38, 39, 45, 47, 52, 54, 60, 64, 65, 66, 68, 69, 76 va 78-bandlar chiqarib tashlansin.
1 va 2-ilovalardagi “Turizm o‘quv-konsalting markazi” DUK” so‘zlari “Turizmni rivojlantirish instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovadagi “63” soni “103” soni bilan almashtirilsin;
3a-ilovadagi “35” soni “25” soni bilan almashtirilsin.
Izoh: mazkur ilovaning 3-bandi “b” kichik bandi 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi