14.07.2019 yildagi 584-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil deb ataladi) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga masʼul boʻlgan oʻrinbosarlariga biriktirilgan transport vositalari, shuningdek, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatining xodimlari hududlarda faoliyatni samarali amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan kompyuter texnikasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilga berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2019-yilda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga transport vositalari, idora mebeli, kompyuter texnikasi, tashkiliy texnika, shuningdek, boshqa tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarni joriy saqlash va sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 1,7 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga navbatchi avtotransport vositalari sifatida foydalanish uchun 2 ta yengil xizmat avtomobilini saqlash uchun qoʻshimcha limit ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga va uning hududlarda faoliyat yurituvchi xodimlariga belgilangan normativlarga muvofiq texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning qoʻshimcha shtat birliklarini ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2020-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatini joriy saqlashga mablagʻlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati moliya sektorining buxgalteri va moddiy buxgalteri (kassir)ga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh buxgalteri va bosh buxgalterning oʻrinbosari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining texnik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatchi xodimlari, shu jumladan, operatorlarga mutaxassis lavozimi uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 6-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/6/0010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Transport boʻlimining tegishli xizmat koʻrsatuvchi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/6/0010-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatining navbatchi transport vositalarini Toshkent shahrida saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Transport boʻlimi tomonidan, hududlarda esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bepul asosda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati avtotransport vositalarini rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va davlat raqami belgilarini berishda davlat bojlari va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga avtotransport vositalarini rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va davlat raqami belgilari berilishida koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati buyurtmanomasi boʻyicha belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati aloqaning zarur turlari, shu jumladan, Hukumat aloqasi bilan jihozlanishini, shuningdek, Internet axborot tarmogʻidan keng polosali foydalanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi takomillashtirilishi va uning uzluksiz ishlashi qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 14-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
584-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 09/19/584/3430-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/6/0010-son)