11.07.2019 yildagi PF-5763-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, ilm-fanni rivojlantirish, oʻqitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan davr mobaynida iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hududlarda yangi, shu jumladan yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari tashkil etildi, zamonaviy oʻquv bosqichlari joriy etilib, talab yuqori boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mamlakatimizda jadal surʼatlar bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi islohotlar Vatanimiz istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan, yurt ravnaqi yoʻlida munosib hissa qoʻshuvchi malakali kadrlar tayyorlashni ustuvor vazifalardan biri etib belgilamoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish, tizimdagi muassasalarning sifatli faoliyat yuritishini taʼminlash orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida zamonaviy va mustaqil fikrlaydigan, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, bilimli hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalarida kasbiy faoliyat yoʻnalishida zamonaviy bilim va malakaga ega, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda chet tillarini oʻzlashtirgan kadrlar tayyorlash sifatini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini oʻquv-pedagogik va ilmiy-uslubiy, shuningdek ularda mutaxassislar tayyorlash sifati, taʼlim mazmuni va darajasini davlat taʼlim standartlari hamda malaka talablariga muvofiqligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va oʻqitish uslublaridan keng foydalanish asosida oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, taʼlim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish hamda oʻqitishning ilgʻor shakllari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlimda maʼnaviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni, mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning oʻzaro mustahkam integratsiyasini taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni jalb qilish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali va yuqori professional darajada bajarishga qodir rahbar va pedagog kadrlarni tanlash hamda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini bunday mutaxassislar bilan taʼminlash, tizimli ragʻbatlantirish ishlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rahbar va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish, takomillashtirib borish, ularning kasbiy mahorati sifati va darajasini oshirish uchun sharoitlar yaratish, jumladan xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka oʻtashni tashkil etish, oʻquv jarayonlariga xorijlik olimlar, oʻqituvchilar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarning jahon taʼlim resurslari, ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor xalqaro tajribalar asosida taʼlim tizimini takomillashtirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, hamkorlikdagi qoʻshma oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi dasturlarini amalga oshirish, taʼlim sohasida erishilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda keng yoritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlarida mehnat bozorida talab etiladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun oʻquv rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tugatilsin hamda Markazning boʻshayotgan shtat birliklari ushbu vazirlikka oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Markazning barcha huquq va majburiyatlari hamda shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining idoraviy boʻysunuviga oʻtkazilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi Metrologik nazorat xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari va ular tizimidagi kasb-hunar taʼlim muassasalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim hamda fan va innovatsiyalar boʻyicha yagona davlat siyosatini, shuningdek, oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida boʻysunuviga koʻra vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻquv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 1-avgustdan boshlab quyidagilarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlarini bir yarim baravar miqdorida qoʻllash hamda bu bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Vazirlik markaziy apparatining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga — 30 foiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga — 35 foiz ustamalar belgilash.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari oylik lavozim maoshiga oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz, 20 yildan ortiq — 40 foiz oylik ustamalar toʻlash.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Respublika oliy va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqish uchun xorijiy fuqarolarni keng jalb qilish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filiallar direktorlari), kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktorlariga boʻysunuvi boʻyicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy fuqarolarni oʻqitish uchun oliy va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida alohida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari, kasblar va mutaxassisliklar ochish, ularni oʻqitish tili hamda akademik guruh shakllantirish uchun zarur talabalar (oʻquvchilar) sonini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim olish istagida boʻlgan xorijiy fuqarolarni oʻqitish muddati, davomiyligi va ularni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlik bilan birgalikda ikki oy muddatda tugatilayotgan Markaz xodimlarini ish bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlik ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 11-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5763-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 06/19/5763/3410-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)