20.06.2019 yildagi 518-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 30-noyabrdagi PQ-4041-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida Adju universitetining faoliyatini samarali tashkil etish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adju universiteti (Koreya Respublikasi) oʻrtasida Adju universiteti taʼlim dasturlarini joriy etish toʻgʻrisida Kelishuv imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etishda Adju universitetiga (Koreya Respublikasi) dastlabki maslahat ishlarini bajarish uchun toʻlovni amalga oshirish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga 2,1 mln AQSh dollariga teng miqdorda konvertatsiya xarajatlarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha mablagʻ ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Adju universitetiga (Koreya Respublikasi) oʻtkazib beriladigan 2,1 mln AQSh dollariga teng miqdordagi mablagʻ soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adju universiteti (Koreya Respublikasi) bilan imzolangan taʼlim dasturlarini joriy etish toʻgʻrisidagi Kelishuvga muvofiq Adju universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan taqdim etiladigan xarajatlar rejasiga asosan toʻlovni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Asalobod koʻchasi, 113-uyda joylashgan Yashnobod temir yoʻl kasb-hunar kolleji hamda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Asalobod koʻchasi, 113 A-uyda joylashgan Yashnobod qurilish kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududlari bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga operativ boshqarish huquqi asosida berilsin, keyinchalik ushbu joyda Toshkent shahridagi Adju universiteti belgilangan tartibda tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Yashnobod temir yoʻl kasb-hunar kolleji hamda Yashnobod qurilish kasb-hunar kollejining oʻquvchilari oʻqishini bitirishlariga kadar tegishlicha yuqorida koʻrsatilgan obyektda oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Obyektni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash ishlari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
istisno tariqasida, tender savdolarini oʻtkazmasdan, eng maqbul takliflar tanlovi asosida tanlab olinadigan tashkilotlar bosh loyihachi hamda bosh pudratchi (yetarlicha mashina va mexanizmlar bilan taʼminlangan, soha boʻyicha zarur koʻruvchi-muhandislarga va obyektlar qurilishida katta tajribaga ega boʻlgan, moliyaviy barqaror tashkilotlar orasidan) etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini boshlash uchun mablagʻlarni 2019-yil Investitsiya dasturi doirasida oliy taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilma mablagʻlarini qayta taqsimlash hisobidan yoʻnaltirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq obyektni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash loyihalari ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Yashnobod temir yoʻl kasb-hunar kolleji hamda Yashnobod qurilish kasb-hunar kollejining ishdan boʻshayotgan xodimlarini ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 20-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
518-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2019-y., 09/19/518/3319-son)