23.04.2019 yildagi PQ-4297-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, eksport salohiyatini kuchaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, fitosanitariya, sanitar-epidemiologik, veterinariya, ekologik nazorat organlari va sertifikatlash organlari (keyingi oʻrinda — vakolatli organlar) faoliyatini oʻrganish natijalari ularning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtuvchi tovarlar va transport vositalariga nisbatan nazorat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligi va tezkorligini oshirish, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlikni jadal joriy qilish orqali takomillashtirish zarurati mavjudligini koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4059-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi) 2021-yil 1-yanvarga qadar BMTning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va elektron ish amaliyotlari boʻyicha markazi tomonidan ishlab chiqilgan “yagona darcha” mexanizmini yaratish boʻyicha tavsiyalar va yoʻl-yoʻriq tamoyillari mezonlariga javob beradigan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimini (keyingi oʻrinda — “Yagona darcha” BAT) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yagona darcha” BATni joriy etishda tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi oʻrinlarda — TIF) subyektlariga quyidagi imkoniyatlarni yaratadigan mexanizm nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import, eksport va tranzitga taalluqli barcha tartibga solish talablarini bajarish maqsadida standartlashtirilgan maʼlumotlar va hujjatlarni yagona oʻtkazish kanalidan foydalangan holda taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot almashinuvning maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlovchi normativ-huquqiy baza bilan mustahkamlagan holda, tashqi savdo bitimlariga doir barcha axborotlarni almashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat bojxona xizmati, vakolatli organlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning bosqichlarini masofadan kuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha uchun ochiq boʻlgan elektron shakldagi ruxsat etuvchi hujjatlar reyestrlarini (keyingi oʻrinlarda — Reyestrlar) yuritishga toʻliq oʻtish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlardagi epizootik, karantin va fitosanitariya holatlari toʻgʻrisidagi ochiq maʼlumotlarni eng soʻnggi koʻrsatkichlar holatida ushlab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki maʼlumotlar asosida tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga amalda yetib kelishiga qadar ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarni berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Yagona darcha” BATning samarali va toʻliq faoliyat yuritishi, shuningdek, vakolatli organlarning nazorat punktlaridagi ishlarini tizimli yondashuv va doimiy nazorat asosida tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Qoʻchqorov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattorov) va “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev) rahbarlarining shaxsiy javobgarligi koʻrsatib oʻtilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaridan quyidagilarni talab qilib olish taqiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etuvchi xarakterga ega hujjatlarni berishda va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda — karantin ostidagi mahsulotlarni eksport va import qilishda zararsizlantirish (fumigatsiya) dalolatnomasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda — oʻrov varagʻini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qilinayotgan tovarlarga vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi hujjatlar va muvofiqlik sertifikatlarini berishda — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelganlik toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan tovarlarning kuzatuv hujjatlarini (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishda — ishonchnomalarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import tovarlariga muvofiqlik sertifikatini berishda — normativ hujjat nusxasi, sanitar-epidemiologik xulosa nusxasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarni berishda — ishlab chiqaruvchi mamlakat toʻgʻrisida sertifikatni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-yanvardan boshlab tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida, shuningdek, import qilinadigan tovarlarga muvofiqlik sertifikatini berishda — xalqaro shartnomalarda maxsus qogʻoz blankalarda rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlardan tashqari, vakolatli organlar tomonidan qogʻoz shaklida beriladigan ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarning asli va nusxalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veterinariya ruxsatnomalarini, fitosanitariya va veterinariya sertifikatlarini rasmiylashtirish uchun eksport qilishdan 30 kun oldin ariza bilan murojaat qilish zarurati toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
karantin ruxsati va ekologik sertifikatini berish muddati ularni olish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda ariza berilgan kundan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar va transport vositalari, agar mazkur tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli boʻlmasa, ularni fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan oʻtkazish taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tranzit orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududidan oʻtuvchi karantin ostidagi tovarlarni karantin tekshiruvidan oʻtkazish haq olinmagan holda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona yuk deklaratsiyasi “sariq” yoʻlakdan “qizil” yoʻlakka oʻtkazilgan holda mazkur oʻtkazishni amalga oshirgan xodim tomonidan bojxona tekshiruvini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda bojxona postlarida Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan ogʻir yuk tashuvchi va yirik gabaritli transport vositalarining oʻtishi uchun toʻlovlarni avtomatik ravishda hisoblashni amalga oshiruvchi tizimni yaratsin va uning faoliyat yuritishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona postlari orqali kesib oʻtish vaqti toʻgʻrisidagi har oylik statistik maʼlumotni har bir bojxona posti kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi rasmiy veb-saytida eʼlon qilish uchun har bir avtotransport vositasining kirish va chiqish vaqtini avtomatlashtirilgan qayd etish tizimini, shuningdek, yuk transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini taqsimlash imkoniyatini beradigan navbatlarni boshqarish elektron tizimini joriy etish orqali bojxona postlarida avtotransport vositalari boʻlish vaqtining cheklangan muddatini belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi bilan birgalikda tovarlarning alohida turlari uchun moʻljallangan laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan va eng optimal manzillarda joylashtirilgan maxsus oʻtkazish punktlari va bojxona postlarini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqsin va zarur hollarda ularning ochilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari va vakolatli organlar bilan birgalikda chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya, va veterinariya nazoratidan oʻtishning aniq muddatlarini (daqiqalarda) belgilashni, bojxona posti hududiga kirish va chiqish vaqtini qayd etish, shuningdek, bir-birini takrorlovchi nazorat funksiyalarini bekor qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida tekshiruv tartib-taomillaridan oʻtish reglamentini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning bojxona qiymatini xatarlarni boshqarish tizimining xavf koʻrsatkichlari qatoriga kiritsin, shuningdek, qonunga xilof maqsadlarda davlat bojxona xizmati organlari mansabdor shaxslari tomonidan mezonlarni manipulyatsiya qilishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha aniq choralar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar bilan birgalikda muammoli masalalarni yechish uchun tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarining soddalashtirilishi boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida yiliga ikki marta Tarif va notarif tartibga solish kengashining yigʻilishlarida hisobot taqdim etib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 15-iyunga qadar nazorat punktlari va vakolatli organlarining boshqa obyektlarini maʼlumotlarni uzatish tarmogʻiga ulashni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi va “Oʻzstandart” agentligi maʼlumotlarni uzatish tarmogʻiga ulanadigan nazorat punktlari va vakolatli organlarning boshqa obyektlari dislokatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va AT “Xalq banki” xarajatlarni toʻliq qoplashni taʼminlagan holda chegaraoldi bojxona postlarida kechayu kunduz ishlaydigan, tegishli organlar tomonidan chegara postlarida koʻrsatilgan xizmatlarga toʻlovlarni amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, pul mablagʻlarini naqd pulga almashtirish hamda boshqa naqd va naqdsiz hisob-kitob bank operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradigan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish terminallarini tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-iyunga qadar joriy etilayotgan ruxsatnomalar berish tartibi doirasida har bir turdagi nazorat qilinadigan tovarni oʻrganishning alohida muddatlarini belgilagan holda, nazorat qilinadigan tovarlarni veterinariya normalari va talablariga muvofiqligini aniqlashning murakkablik darajasidan kelib chiqib, tasniflashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda mamlakatimiz hududini yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilardan muhofaza qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarini zamonaviy yuqori samarali dezinfeksiya qilish asbob-uskunalarini bosqichma-bosqich oʻrnatishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda, karantinga olingan mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holati va epizootik vaziyatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlarini va yuborish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi va “Oʻzstandart” agentligi uch oy muddatda “Yagona darcha” BAT platformasida vakolatli organlar tomonidan tanlab olish asosida fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat oʻtkazish imkonini beradigan xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimini ishlab chiqsin, shuningdek, ruxsat etuvchi hujjatlar dastlabki maʼlumotlardan foydalangan holda tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga amalda yetib kelishiga qadar berilishini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga maʼmuriy tartib-taomillardan oʻtish qulayligi va davlat bojxona organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan xizmatlar koʻrsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini muntazam baholab borish uchun “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalangan holda chora-tadbirlarni tashkil etish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi hamda “Oʻzstandart” agentligi qonunchilik hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish uchun “davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalarining koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi maʼmuriy tartib-taomillarni tubdan soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 23-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4297-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2019-y., 07/19/4297/3002-son)