Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 08.04.1995 yildagi 124-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va valyuta boyliklari saqlanishi taʼminlanmaganligi va ulardan toʻgʻri foydalanilmaganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan tartibda taqsimlanadigan qimmatbaho metallar, barcha turdagi qimmatbaho toshlar va valyuta boyliklari saqlanishi taʼminlanmaganligi va ulardan toʻgʻri foydalanilmaganligi uchun, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, yuridik shaxslarning, shuningdek jismoniy shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, qimmatbaho metallar va barcha turdagi qimmatbaho toshlar ortiqcha sarflanganligi va ulardan toʻgʻri foydalanilmaganligi uchun ular bilan har qanday operatsiyalarni amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan respublika budjeti daromadiga quyidagi miqdorlarda jarima undiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qimmatbaho toshlar boʻyicha (sof holdagi bir grammi uchun):
oltin, platina, palladiy, rodiy, iridiy, osmiy, ruteniy‎ — sotish narxlarining oʻn baravari miqdorida;‎
kumush‎ — sotish narxlarining olti baravari miqdorida;‎
b) qimmatbaho toshlar boʻyicha:‎
tabiiy olmoslar, brilliantlar, zumradlar, sapfirlar, yoqutlar, marvarid‎ — ularning amaldagi narxlarining toʻrt baravari miqdorida‎
v) olmos asboblari boʻyicha:‎
— ularning amaldagi narxlarining olti baravari miqdorida‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qimmatbaho metallar, barcha turdagi qimmatbaho toshlar va valyuta boyliklari bilan har qanday operatsiyalarni bajaruvchi, bu boyliklar normativdan ortiqcha kamayishida, talon-toroj qilinishida va kamomadga yoʻl qoʻyilishida aybdor boʻlgan jismoniy shaxslar, jinoiy, intizomiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishlaridan qatʼi nazar, quyidagi miqdorlarda moddiy javobgar boʻladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qimmatbaho metallar boʻyicha (sof holdagi bir grammi uchun):
oltin, platina, palladiy, rodiy, iridiy, osmiy, ruteniy‎ — sotish narxlarining oʻn baravari miqdorida;‎
kumush‎ — sotish narxlarining olti baravari miqdorida;‎
‎‎b) qimmatbaho toshlar boʻyicha: ‎
tabiiy olmoslar, brilliant, zumrad, sapfir, yoqut, marvarid (sortlarga ajratilmagan xom ashyo)‎ — tosh yoʻqotilgan vaqtda sortlarga ajratishning aniq bosqichida xom ashyoning oʻrtacha narxi boʻyicha xisoblab chiqilgan bahosining toʻrt baravari miqdorida; ‎
sortlarga ajratilgan xom ashyo‎ — amaldagi narxlar boʻyicha ular bahosining toʻrt baravari miqdorida;‎
qirralangan qiymatbaho toshlar‎ — amaldagi eksport qilish narxlari boʻyicha ular qiymati miqdorida, bunday qiymat mavjud boʻlmagan taqdirda bu toshlarning amaldagi sotib olish narxlarining uch baravari miqdorida;‎
olmos asboblardan chiqarib olingan olmoslar‎ — ularning amaldagi narxlarining oʻn baravari miqdorida; va olmos chiqindilari ‎
v) tabiiy olmos kukunidan tayyorlangan olmos asboblar hamda olmos kukuni boʻyicha ‎ — amaldagi narxlarning olti baravari miqdorida;‎
g) tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun‎ — eksponatlarning tarixiy-badiiy qimmatini, bozor konyunkturasini toshlar boʻlgan muzey va mazkur bandning “a” va “b” kichik eksponatlari boʻyicha bandlarida belgilangan qimmatbaho moddiy javobgarlik miqdorlarini hisobga olib ekspertlar tomonidan hisoblab chiqilgan bahodan kelib chiqqan holda; ‎
‎‎d) chet el valyutasi, chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari va fond boyliklari boʻyicha:‎
chet el valyutasi, chet el valyutasidagi toʻlov zarar undirib olinadigan hujjatlari va fond boyliklari‎ — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kunda amalda boʻlgan soʻm kursi boʻyicha aniqlanadigan ular bahosining besh baravari miqdorida.‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorda koʻrsatib oʻtilgan valyuta boyliklari va boshqa boyliklarni xarid qilish, sotish, almashtirish, tashish, yetkazib berish, joʻnatish, qayta ishlash va saqlash bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarishga aloqador boʻlmagan, biroq bu boyliklar talon-toroj qilinishida aybdor boʻlgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishlaridan qatʼi nazar, mazkur qarorda belgilangan miqdorlarda moddiy javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Korxona, muassasa yoki tashkilotga yetkazilgan zarar uchun mazkur qarorga muvofiq undirib olingan summa birinchi navbatda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga, undirib olingan summaning qolgan qismi esa respublika budjeti daromadi hisobiga oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qimmatbaho metallar, barcha turdagi qimmatbaho toshlar va valyuta boyliklari saqlanishi taʼminlanmaganligi va ulardan oqilona foydalanilmaganligi uchun moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 11-maydagi 348-son va 1989-yil 28-noyabrdagi 397-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1995-yil 8-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
124-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 4-son, 14-modda)