02.02.2019 yildagi PF-5653-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda soʻz va axborot erkinligini taʼminlash, axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishning institutsional-huquqiy asoslarini shakllantirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha samarali tizim shakllanmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar) matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, sohaga investitsiyalar jalb etish hamda noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etishda, xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan foydalanishga lozim darajada eʼtibor qaratilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, mamlakat media-bozorini jadal rivojlantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini taʼminlash, kitob va boshqa bosma mahsulotlar ishlab chiqarish sifatini oshirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasidagi vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs tashkil etmagan holda Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toshkent matbaa-noshirlik kasb-hunar kolleji, uning nomini Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kollejiga oʻzgartirgan hamda amaldagi moliyalashtirish tizimini saqlab qolgan holda Agentlik tasarrufiga oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning soʻz va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining roʻyobga chiqishini taʼminlash, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, media-bozorda ular uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot- kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash, shuningdek, investitsiyalar jalb etish va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot sohasidagi qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini umumlashtirish, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilgari surish va ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini taʼminlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy oʻzaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha boʻlinmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan taʼminlash orqali koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, investitsiyalar kiritish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, avvalo, xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targʻib etish va keng xabardor qilish masalalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoq korxonalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlari, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kitob nashr etish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, xorijda oʻzbek adabiyotini ommalashtirish sohasida dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona korxonalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, tarmoqning muhandislik-texnik mutaxassislarini tayyorlashda koʻmaklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika axborot xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etish hamda axborot sohasidagi xatar va tahdidlarga qarshi oʻz vaqtida va munosib ravishda kurashish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligi holati va darajasini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy axborot makonini hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan materiallar mazmunining, shu jumladan, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyasini taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tizimli asosda tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi muammo va toʻsiqlarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tahlil va monitoring natijalarini umumlashtirish va ular asosida tavsiyalar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining fonogrammalar va audiovizual asarlarni tarqatish (sotish, ijaraga berish va omma eʼtiboriga yetkazish) da mualliflik huquqlari sohasidagi qonunchilikka va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati boʻyicha vakolatlari Agentlikka berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka idoraviy mansub nashriyotlar va matbaa korxonalarining mahsulotlarini sotishdan tushadigan sof tushumning 10 foizigacha miqdorida shartnoma asosidagi ajratmalardan shakllantiriladigan mablagʻlar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 20 milliard soʻm miqdorida har yili ajratiladigan mablagʻlar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik tomonidan ruxsatnoma tusidagi hujjatlar berganlik uchun davlat boji toʻlashdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga sarflanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tarmoq korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, oʻzbek adabiyotini ommalashtirish, axborot-kutubxona muassasalarining kitob fondini rivojlantirish, nashriyotlarning oʻquv va adabiy materiallari kasbiy va badiiy saviyasini oshirish boʻyicha loyiha va dasturlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda Oʻzbekistonning ijobiy imijini targʻib etish, axborot kampaniyalarini oʻtkazish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, yaratilgan qulay sharoitlar va ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi toʻgʻrisida, avvalo xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targʻibot olib borish va ularni keng xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa korxonalari va axborot-kutubxona muassasalari xodimlarini, shu jumladan, mamlakatimizdan va xorijdan mutaxassislar jalb etish, xorijda oʻquv stajirovkalarini tashkil etish orqali tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik, uning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarining xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, Agentlik, uning tizimidagi tashkilot va korxonalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bino va inshootlarni taʼmirlash hamda ularga budjetdan tashqari tushumlar hisobidan ssuda ajratish;
(5-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish doirasidagi xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan turli tadbirlarni oʻtkazish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy va taʼlim muassasalari, yetakchi xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali xodimlari va mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb etish boʻyicha xarajatlarni qoplash.
(5-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda, jumladan, Agentlikka idoraviy mansub korxonalarning sof tushumidan mablagʻlarning bir qismi bevosita Jamgʻarmaga yoʻnaltirilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlikka Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, H. Rahmatullayev koʻchasi, 3-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Barkamol avlod” respublika bolalar markazi binosi va inshootlari tutash hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin va unda Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kolleji joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari F.Sh. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 2-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5653-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2019-y., 06/19/5653/2568-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)