O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5621-son va “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmonlarining ijrosini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari, shuningdek idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tuzilmasiga belgilangan shtatlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati departamentlari tuzilmasida 4 ta va undan ortiq shtat birligidan iborat boshqarma (shu jumladan, yig‘ma) tashkil etish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek ekspertlarni konsultant sifatida jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda chet el valyutasida to‘lash huquqi berilsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilda joriy xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun moddiy-texnik resurslar ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) shakllantiradi va ularni kuzatuv kengashlari roziligi bilan davlat xaridlari saytida majburiy tartibda e’lon qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish va tegishli tovarlarning narxlari muvofiqligi uchun javobgarlikni boshqaruv organlariga yuklagan holda Ro‘yxat bo‘yicha (kapital qo‘yilmalar bundan mustasno) tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari bo‘yicha texnik topshiriqlar, kontraktlar va import kontraktlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda (keyingi o‘rinlarda — Markaz) ekspertizadan o‘tkazilmaydi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
2019-yil 1-fevraldan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari bo‘yicha texnik topshiriqlar narx ko‘rsatkichlarining o‘rtacha bozor darajasini o‘rganish natijalari bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar asosida shakllantiriladigan ularning cheklangan qiymatini belgilagan holda ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
tuzilgan kontraktlar va import kontraktlarining texnik topshiriqlarga muvofiqligi, shuningdek ularning bajarilishi uchun davlat buyurtmachisi javobgar bo‘ladi;
davlat buyurtmachisi kontraktlarni, import kontraktlarini ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga taqdim etishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlar (ish va xizmatlar) davlat xaridiga texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holda davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan cheklangan qiymatning 0,1 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undiriladi.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Markaz tomonidan loyiha oldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazishning yangilangan tartibini;
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga, shu jumladan Ro‘yxatning davlat xaridlari ixtisoslashtirilgan saytlarida e’lon qilinishi bo‘yicha majburiy talablar va belgilangan talablarga rioya qilinishini nazorat qilishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi takliflarni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga “Elektron hukumat” tizimiga taqdim etilishi va kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar tarkibi bo‘yicha takliflarni kiritsin hamda Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimining belgilangan protokol bo‘yicha platforma formatida majburiy qo‘llanilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi direktorining o‘rinbosarlari, shu jumladan birinchi o‘rinbosari hamda Markaz direktori va direktor o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, uning o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda;
viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari — viloyatlar hokimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda;
tumanlar va shaharlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari boshliqlari — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(6-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya, transport va tibbiy xizmat shartlari tatbiq etilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) bir oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlik markaziy apparati xodimlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining shtat jadvalini tasdiqlasin.
9. Vazirlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kichik sanoat zonalarining faoliyatini quyidagilarni hisobga olgan holda ta’minlasin:
tabiiy va iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;
ichki iste’mol bozorini yuqori sifatli va xaridorgir mahalliy ishlab chiqarish tovarlari bilan to‘ldirish, bo‘sh turgan obyektlarni va mavjud mahalliy mehnat resurslarini, ayniqsa yoshlarning mehnat kuchidan samarali foydalanish maqsadida loyihalarni maqbul joylashtirish;
yirik va kichik korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, shu jumladan mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish bo‘yicha loyihalarni tashkil etish orqali mintaqalarning sanoat salohiyatini oshirish va kichik sanoat zonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar bozorini kengaytirish;
kichik sanoat zonalarida loyihalarni amalga oshirish va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan monitoringi natijalari.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari xodimlarining shtatlar jadvalini va ko‘p yillik xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorini tasdiqlasinlar;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori kasbiy darajada amalga oshirishga qodir, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasinlar;
Vazirlik bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi to‘g‘risidagi nizomni, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va sanoat bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlarining joriy ta’minoti va ular faoliyatini, shuningdek xodimlariga ko‘p yillik xizmatlari uchun to‘lovlarni moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari hisobidan amalga oshiriladi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
xodimlarining cheklangan umumiy soni 70 birlikdan iborat Vazirlikning Ma’muriy binosidan foydalanish boshqarmasi budjet tashkilotiga tenglashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) direktori maqomi va mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Institut tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy sohada tadqiqotlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlarining grantlari har yili jalb etilishini ta’minlasin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar majburiy tarqatiladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, boshqa vazirlik va idoralar statistik axborot byulletenlarini majburiy tarqatish ro‘yxatiga kiritilsin.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobidan, buyurtmachi etib “Toshkentqurilishinvest” injiniring kompaniyasini va bosh loyihachi etib “Toshgiproshahar” AJni belgilagan holda institutning muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiyalashni va institut binosining texnik inshootlarini qayta ta’mirlashni amalga oshirilishini ta’minlasin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
15. Vazirlik va uning huzuridagi Urbanizatsiya agentligi Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 45a-uy manzilida joylashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimi apparati bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Markazni joylashtirish uchun bino ajratish bo‘yicha taklif kiritsin hamda yangi joy aniqlanguniga qadar u egallab turgan Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 1-uy manzilidagi joy o‘zida qoldirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Vazirlikning yangi tashkil etilgan bo‘linmalarini zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)