Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 15.11.2018 yildagi 931-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 19 — 21-noyabrda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiya forumini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qulay investitsiya muhitini yaratish va turizm sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish, ushbu yoʻnalishda izchil amalga oshirilayotgan davlat siyosatiga investorlarning ishonchini mustahkamlash, shuningdek, investorlar bilan ishlashda davlat tuzilmalarining masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2018-yil 19 — 21-noyabrda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiya forumini (keyingi oʻrinlarda Forum deb ataladi) oʻtkazishga tayyorgarlik boʻyicha vakolatli vazirliklar va idoralar tomonidan amaliy ishlar olib borilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining Forumni oʻtkazish doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun, istisno tariqasida, yer uchastkalari ajratilishining alohida tartibini belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm infratuzilmasi obyektlarini qurish uchun investorga aniq investitsiya majburiyatlari ostida yer uchastkalarini elektron auksion oʻtkazmasdan ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha zarur shartlar, shu jumladan, ajratilayotgan yer uchastkasi va investor tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan investitsiya majburiyatlari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari va investor oʻrtasida kelishuvga erishilgan taqdirda loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida investitsiya bitimining imzolanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklariga 15 ish kuni mobaynida investitsiya bitimi summasining 25 foizi miqdoridagi mablagʻni deponentga oʻtkazish yoki 5 foizi miqdoridagi majburiyatni bajarish kafolatini (performance bond) berish sharti bilan investitsiya bitimi tuzilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investor tomonidan pul mablagʻlari depozitga oʻtkazilgan yoki moliyaviy majburiyatlarni bajarish boʻyicha kafolat berilgan kundan eʼtiboran besh kun muddatda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida qarorni qabul qilinishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki kun muddatda xorijiy investorlarga tayyor holatda taklif etiladigan har bir yer uchastkasi boʻyicha investitsiya loyihalarining taqdimot materiallarini ingliz va rus tillarida tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch kun muddatda taqdimot materiallarini oldindan koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun potensial investorlar — Forum ishtirokchilariga yuborishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch kun muddatda Forumni oʻtkazish doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari berishning alohida tartibini oʻrnatish toʻgʻrisida potensial investorlar — Forum ishtirokchilarini xabardor qilish boʻyicha qoʻshimcha manzilli ish olib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya bitimlari tuzilganidan keyin uch oy muddatda investorlar bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqsinlar, tasdiqlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya loyihalari belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini va investorlarga amaliy yordam berilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 15-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
931-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2018-y., 09/18/931/2189-son)