Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATNING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA ULARNING BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Naslchilik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “Kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat korxonalarining sunʼiy qochirish va qishloq xoʻjaligi mollarini koʻpaytirish boʻyicha respublika tanlovini oʻtkazish shartlari toʻgʻrisida” 1973-yil 18-iyundagi 254-son qarori;
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini nasl urchitish va sunʼiy ravishda qochirish hamda nasldor va zoti yaxshilangan hayvonlarni xarid va realizatsiya qilish boʻyicha davlat ishlab chiqarish korxonalari nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1973-yil 25-iyuldagi 318-son qarori (OʻzSSR QT, 1973-y., 7-son, 40-modda);
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “Nasldor va zoti yaxshilangan yuqori mahsuldor mollar resurslaridan toʻliqroq foydalanish toʻgʻrisida” 1982-yil 28-iyuldagi 519-son qarori;
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “Chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etish toʻgʻrisida” 1982-yil 2-iyuldagi 489-son qarori;
“KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Chorvachilikda naslchilik ishlari samaradorligini oshirish va uni tashkil etishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida 1986-yil 11-dekabrdagi 1472-son qarori” yuzasidan OʻzSSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 20-fevraldagi 71-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 20-mart,
111-son