Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.1996 yildagi 274-I-son
Дата вступления в силу
05.09.1996
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida 1-modda. Noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik Oʻzbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida Oʻzbekiston Respublikasining noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. (1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 2-modda. Noshirlik faoliyatining erkinligi Noshirlar oʻz faoliyatlarida, shu jumladan noshirlik yoʻnalishini, mavzularini, ixtisoslashuvini, chiqariladigan mahsulot nusxasini belgilashda, muallifni tanlashda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunchiligi doirasida mustaqildir. (2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Noshir va buyurtmachi oʻrtasidagi munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi. 3-modda. Senzuraga yoʻl qoʻyilmasligi Nashrga tayyorlangan qoʻlyozmalar va materiallarni senzuradan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. 4-modda. Noshirlik faoliyati erkinligini suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmasligi Matbaa mahsulotida konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish, davlat ahamiyatiga molik sirlarni oshkor qilish, urush, zoʻravonlik va behayolikni targʻib qilish, diniy va milliy nifoq solish, inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, tuhmat qilish man etiladi. Noshirlik faoliyatida monopoliyaga, shuningdek noshirlik faoliyati erkinligidan qonunchilik talablariga zid keladigan maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. (4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 5-modda. Noshirlik faoliyati monitoringi va nazorati Nashriyotlarning (noshirlarning) noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishlari monitoringi, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga rioya etishlari ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 6-modda. Noshirlik faoliyatini litsenziyalash Yuridik va jismoniy shaxslar noshirlik faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshirishga haqli. Noshirlik faoliyatini litsenziyalash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 7-modda. Litsenziyalar berishda davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari Bolalar adabiyoti, oʻquv adabiyoti, normativ maʼlumotnomalar, fan va texnikaga oid adabiyotni nashrga tayyorlash va ularni nashr etish uchun litsenziya berganlik uchun davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari belgilanishi mumkin. (7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 8-modda. Muassis Yuridik va jismoniy shaxslar nashriyotlar va matbaa korxonalarining muassislari (hammuassislari) boʻlishi mumkin. Muassis (hammuassis) noshirning ixtisoslashuvini belgilaydi va uning ustavini tasdiqlaydi. 9-modda. Noshir Noshir: nashriyotga, matbaa korxonasiga, shuningdek matbaa mahsulotlarini tarqatuvchi boshqa korxonalarga muassis (hammuassis) boʻlish; mavzular boʻyicha matbaa mahsulotlari chop etish rejasini mustaqil ravishda tuzish va tasdiqlash; Vatanimiz mualliflarining asarlaridan chet ellarda va chet ellik mualliflarning asarlaridan Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish, ularni chop etish va tarqatish toʻgʻrisida chet el yuridik va jismoniy shaxslari bilan shartnomalar tuzish va bu ishda vositachilik qilish; matbaa mahsuloti tayyorlash hamda nashr etish uchun buyurtmalar olish, oʻz mahsulotini realizatsiya qilish; (9-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda) qonunchilikka muvofiq oʻzga faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. (9-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 10-modda. Matbaa mahsulotlarini tarqatish tartibi Matbaa mahsulotlarini tarqatish muassis, noshir, matbaachi va muallifning kelishuviga muvofiq yoki shartnoma asoslarida oʻzga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Matbaa mahsulotini tarqatish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Matbaa mahsuloti noshir yoki uning vakolati bilan ish koʻruvchi shaxs ruxsat berganidan keyingina tarqatuvga chiqariladi. 11-modda. Nashrga doir maʼlumotlar Matbaa mahsulotining nashrga doir maʼlumotlari qonunchilik bilan belgilanadi. (11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 12-modda. Mualliflik nashrlari Yuridik va jismoniy shaxslar oʻz qoʻlyozmalari va boshqa materiallarni qonunchilikda belgilangan talablarga zid kelmaydigan hollarda oʻz mablagʻlari hisobidan chop etish va tarqatishga haqlidir. (12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 13-modda. Imtiyozli nashrlar Bolalar adabiyoti, oʻquv adabiyoti, fan va texnikaga oid adabiyot, normativ maʼlumotlar, qomusiy qoʻllanma va eksport uchun moʻljallangan matbaa mahsulotlari, shuningdek koʻzi ojizlar va nogironlar uchun moʻljallangan nashrlar imtiyozli asosda chop etilishi, qogʻoz va boshqa resurslar, shu jumladan matbaa quvvati bilan taʼminlanishi mumkin. 14-modda. Matbaa mahsulotini olib chiqish va olib kirish Matbaa mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga chet el matbaa mahsulotini olib kirish va tarqatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 15-modda. Noshirlik faoliyatini tugatish Noshirlik faoliyati litsenziya belgilangan tartibda bekor qilinganda yoki uning amal qilishi tugatilganda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda tugatiladi. (15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 16-modda. Noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik Noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. (16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1996-yil 30-avgust, 274-I-son (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 137-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 18-son, 233-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) |
Закон Республики Узбекистан ОБ ИЗДАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ Статья 1. Законодательство об издательской деятельности Отношения в области издательской деятельности в Республике Узбекистан регулируются настоящим Законом и иными актами законодательства. Отношения в области издательской деятельности в Республике Каракалпакстан регулируются также законодательством Республики Каракалпакстан. Если международными договорами Республики Узбекистан установлены иные правила, чем те, которые содержатся в законодательстве Республики Узбекистан об издательской деятельности, то применяются правила международного договора. Статья 2. Свобода издательской деятельности Издатели независимы в своей деятельности, в том числе в определении издательской направленности, тематики, специализации, тиража выпускаемой продукции, выборе авторов, в рамках Конституции и законодательства Республики Узбекистан. Отношения между издателем и заказчиком регулируются на основе договора. Статья 3. Недопустимость цензуры Не допускается цензура подготовленных к изданию рукописей и материалов. Статья 4. Недопустимость злоупотребления свободой издательской деятельности В издательской продукции запрещается призыв к насильственному изменению конституционного строя, разглашение государственных секретов, пропаганда войны, насилия и порнографии, разжигание религиозной и национальной розни, ущемление чести и достоинства человека, клеветничество. Не допускаются в издательской деятельности монополия, а также использование свободы издательской деятельности в целях, противоречащих требованиям законодательства. Статья 5. Мониторинг и контроль за издательской деятельностью Мониторинг соблюдения издательствами (издателями) законодательства об издательской деятельности, а также контроль за соблюдением ими лицензионных требований и условий осуществляются уполномоченным государственным органом в установленном порядке. (статья 5 в редакции Закона Республики Узбекистан от 13 декабря 2002 г., № 447-II — Ведомости Олий Мажлиса, 2003 г., № 1, ст. 8) Статья 6. Лицензирование издательской деятельности Юридические и физические лица вправе осуществлять издательскую деятельность после получения лицензии. Лицензирование издательской деятельности осуществляется в порядке, установленном законодательством. (статья 6 в редакции Закона Республики Узбекистан от 13 декабря 2002 г., № 447-II — Ведомости Олий Мажлиса, 2003 г., № 1, ст. 8) Статья 7. Льготные размеры государственной пошлины при выдаче лицензий Для подготовки к выпуску и изданию детской, учебной, нормативно-справочной, научной и технической литературы могут устанавливаться льготные размеры государственной пошлины за выдачу лицензии. (статья 7 в редакции Закона Республики Узбекистан от 30 апреля 2013 года № ЗРУ-352 — СЗ РУ, 2013 г., № 18, ст. 233) Статья 8. Учредитель Юридические и физические лица могут быть учредителями (соучредителями) издательств и полиграфических предприятий. Учредитель (соучредитель) определяет специализацию издателя и утверждает его устав. Статья 9. Издатель Издатель имеет право: быть учредителем (соучредителем) издательства, полиграфических предприятий, а также предприятий, распространяющих издательскую продукцию; самостоятельно формировать и утверждать тематические планы выпуска издательской продукции; заключать договоры и оказывать посреднические услуги при заключении договоров с иностранными юридическими и физическими лицами об использовании, издании и распространении произведений отечественных авторов за рубежом и иностранных авторов в Республике Узбекистан; принимать заказы на подготовку и выпуск издательской продукции, реализовывать собственную продукцию; (абзац пятый статьи 9 в редакции Закона Республики Узбекистан от 13 декабря 2002 г., № 447-II — Ведомости Олий Мажлиса, 2003 г., № 1, ст. 8) осуществлять иную деятельность в соответствии с законодательством. Статья 10. Порядок распространения издательской продукции Распространение издательской продукции осуществляется учредителем, издателем, полиграфистом, автором по соглашению между ними либо на основе договоров с другими юридическими и физическими лицами. Распространение издательской продукции осуществляется на договорной основе. Издательская продукция выходит в свет только по разрешению издателя или уполномоченного им лица. Статья 11. Выходные данные Выходные данные издательской продукции определяются законодательством. Статья 12. Авторские издания Юридические и физические лица вправе выпускать, распространять свои рукописи и иные материалы за счет собственных средств, если они не противоречат требованиям, установленным законодательством. Статья 13. Льготные издания Детская, учебная, научно-техническая, нормативно-справочная, справочно-энциклопедическая, предназначенная для экспорта издательская продукция, а также продукция для слепых и инвалидов могут издаваться на льготных условиях и обеспечиваться бумагой, другими ресурсами, включая полиграфические мощности. Статья 14. Вывоз и ввоз издательской продукции Вывоз за пределы Республики Узбекистан издательской продукции, а равно ввоз и распространение в Республике Узбекистан зарубежной издательской продукции осуществляются в соответствии с законодательством. Статья 15. Прекращение издательской деятельности Издательская деятельность прекращается при аннулировании или прекращении действия лицензии в установленном порядке, а также в других случаях, предусмотренных законодательством. (текст статьи 15 в редакции Закона Республики Узбекистан от 13 декабря 2002 г., № 447-II — Ведомости Олий Мажлиса, 2003 г., № 1, ст. 8) Статья 16. Ответственность за нарушение требований законодательства об издательской деятельности Лица, виновные в нарушении требований законодательства об издательской деятельности, несут ответственность в установленном порядке. Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 30 августа 1996 г., № 274-I (Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1996 г., № 9, ст. 137; 2003 г., № 1, ст. 8; Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2013 г., № 18, ст. 233) |