LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 26-noyabrdagi O‘RQ-731-sonli “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida O‘zbekiston Respublikasining noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Noshirlar o‘z faoliyatlarida, shu jumladan noshirlik yo‘nalishini, mavzularini, ixtisoslashuvini, chiqariladigan mahsulot nusxasini belgilashda, muallifni tanlashda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonun hujjatlari doirasida mustaqildir.
Keyingi tahrirga qarang.
Matbaa mahsulotida konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish, davlat ahamiyatiga molik sirlarni oshkor qilish, urush, zo‘ravonlik va behayolikni targ‘ib qilish, diniy va milliy nifoq solish, inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, tuhmat qilish man etiladi.
Noshirlik faoliyatida monopoliyaga, shuningdek noshirlik faoliyati erkinligidan qonun talablariga zid keladigan maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tganidan va litsenziya olganidan keyin noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Noshirlik ishlariga rahbarlik qiluvchi davlat organlari noshirlarning o‘z ustav majburiyatlarini bajarishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziya olish tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Arizaga ustav, shuningdek ro‘yxatdan o‘tish va litsenziya olish yig‘imlarini to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjat qo‘shib taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziya yig‘imlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartib va miqdorlarda to‘lanadi.
Bolalar adabiyoti, o‘quv adabiyoti, normativ ma’lumotnomalar, fan va texnikaga oid adabiyotni nashrga tayyorlash va chop etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsatnoma (litsenziya) olish yig‘imlarining imtiyozli miqdorlari belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar nashriyotlar va matbaa korxonalarining muassislari (hammuassislari) bo‘lishi mumkin.
nashriyotga, matbaa korxonasiga, shuningdek matbaa mahsulotlarini tarqatuvchi boshqa korxonalarga muassis (hammuassis) bo‘lish;
Vatanimiz mualliflarining asarlaridan chet ellarda va chet ellik mualliflarning asarlaridan O‘zbekiston Respublikasida foydalanish, ularni chop etish va tarqatish to‘g‘risida chet el yuridik va jismoniy shaxslari bilan shartnomalar tuzish va bu ishda vositachilik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Matbaa mahsulotlarini tarqatish muassis, noshir, matbaachi va muallifning kelishuviga muvofiq yoki shartnoma asoslarida o‘zga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Matbaa mahsuloti noshir yoki uning vakolati bilan ish ko‘ruvchi shaxs ruxsat berganidan keyingina tarqatuvga chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘z qo‘lyozmalari va boshqa materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan talablarga zid kelmaydigan hollarda o‘z mablag‘lari hisobidan chop etish va tarqatishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Bolalar adabiyoti, o‘quv adabiyoti, fan va texnikaga oid adabiyot, normativ ma’lumotlar, qomusiy qo‘llanma va eksport uchun mo‘ljallangan matbaa mahsulotlari, shuningdek ko‘zi ojizlar va nogironlar uchun mo‘ljallangan nashrlar imtiyozli asosda chop etilishi, qog‘oz va boshqa resurslar, shu jumladan matbaa quvvati bilan ta’minlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-iyundagi PF-1791-sonli “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholini huquqiy darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmoniga asosan, aholiga sotiladigan huquqiy ilmiy-ommabop adabiyotlar va ko‘rgazmali qo‘llanmalar qiymatining 50 foizi davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Matbaa mahsulotini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga chet el matbaa mahsulotini olib kirish va tarqatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Noshirlik faoliyati muassisning, ro‘yxatga olgan yoki litsenziya bergan organning yoxud sudning qarori bilan tugatilishi mumkin.
Basharti noshir ro‘yxatdan o‘tgan va litsenziya olgan kundan boshlab olti oy davomida matbaa mahsuloti chop etmasa, tegishli organlar ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi hujjatni bekor qiladi va berilgan litsenziyani qaytarib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik
Noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.