05.07.2018 yildagi PQ-3839-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼkidlansinki, tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni tashkillashtirilgan tarzda yigʻish yuzasidan xalqaro shartnomalar tuzish, ularning respublika tashqarisida ish joylariga xavfsiz tarzda yetib borishini taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, noqonuniy mehnat migratsiyasining katta oqimi haligacha saqlanib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarni xorijda tashkillashtirilgan tarzda ishga joylashtirish, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning bandligini taʼminlash koʻrsatkichlari past darajada qolishi davom etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, uning tashkiliy shakllarini tubdan kengaytirish, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga ketayotgan fuqarolarning mehnat va ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga jalb etishni kengaytirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-sentabrdan Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida akkreditatsiyadan oʻtish asosida, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini, jumladan, kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlish va xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi (boʻlinmalari) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining litsenziyalar berish va akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish, zarur hujjatlarni tayyorlash funksiyalarini bajaruvchi ishchi organi etib belgilansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4829/1281-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) yuridik shaxs maqomida tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlik, majburiy mehnat va kamsitishdan jabrlangan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, ogʻir moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablagʻsiz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ularga moddiy yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda jarohatlanish, baxtsiz hodisa sababli tibbiy xizmat koʻrsatish talab etilgan fuqarolarga, koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar haqini mehnat migranti hisobidan toʻlash imkoniyati boʻlmagan hollarda toʻlangan mablagʻlar ushbu fuqarolar tomonidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan, tibbiy xizmat koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishga joylashgan davlatning tegishli muassasalari tomonidan tasdiqlangan hollarda respublikadan tashqarida mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, xorijdagi mehnat faoliyati vaqtida mehnat qobiliyatini yoʻqotishga olib kelgan shikastlanish yoki jiddiy jarohatlangan fuqarolarni olib kelish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga tashkillashtirilgan tarzda ilgari yuborilgan va ishga joylashgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzish oqibatida ushbu mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) fuqarolarni, toʻlangan mablagʻlar ushbu fuqarolar hisobidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan, shuningdek, kelishilgan mehnat sharoitlari chet ellik ish beruvchilar tomonidan taʼminlab berilmagan fuqarolarni qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududlarida xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldingi moslashtirish, kasbiy tayyorlash, xorijiy tillarga oʻqitish va bilim darajasi yuzasidan test sinovlari oʻtkazish, fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash markazlarini tashkil etish hamda jihozlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) vakolatxonalarini tashkil etish va jihozlash;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4829/1281-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
norasmiy mehnat migratsiyasining oldini olishga qaratilgan, fuqarolarni xorijda ishga tashkillashtirilgan tarzda joylashtirish tizimini takomillashtirish masalalari boʻyicha axborot-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash uchun tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari boʻyicha mehnat migrantlariga mikroqarzlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda ularning hayoti va sogʻligʻini hamda boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta puli summasining oʻrnini qoplash uchun sugʻurta kompaniyalariga bir yoʻla beriladigan subsidiyalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qaroriga asosan oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Jamgʻarmaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan 115 milliard soʻm miqdoridagi bir martalik begʻaraz moliyaviy yordam;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan tuziladigan litsenziya kelishuvi doirasida fuqarolarni mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuboruvchi tashkilotlarning, zaxiralanayotgan mablagʻ ishlatilgan hollarda mablagʻlarni toʻldirish, shuningdek, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish huquqini beruvchi litsenziya muddati tugatilgan hollarda mablagʻlarni qaytarish sharti bilan, bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi zaxiralanadigan mablagʻlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda quyidagilarni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakalarini tasdiqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan tarzda yigʻish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining yangilangan nizomini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni, jumladan, unda jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutgan holda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-avgustdan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish taomilini joriy etgan holda, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga eng kam ish haqining toʻrt yarim baravari miqdorida yillik sugʻurta toʻlovlarini ixtiyoriy ravishda toʻlash tartibi joriy etiladi, bunda toʻlovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda minimal rentabelli yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan ijtimoiy korxonalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etish mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha, ushbu maqsadlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlarini yoʻnaltirishni nazarda tutgan holda, Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari barcha turdagi soliqlardan ozod qilinsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Agentlikning boshqaruv xodimlari hisobidan masʼul xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti taqdim etiladigan mansabdor shaxslar roʻyxatiga kiritish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mehnat qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish, shuningdek, qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasining bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Qudbiyevga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 5-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3839-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 07/18/3839/1463-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 16.09.2020-y., 07/20/4829/1281-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)