25.06.2018 yildagi 468-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qarori hamda “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarorida belgilangan dasturiy vazifalarni sifatli bajarish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining real sektorlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda fizika sohasida chuqur fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda yosh olimlar va talabalarni ilmiy jarayonga keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetining Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika laboratoriyasi negizida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yarimoʻtkazgichlar fizikasi, yarimoʻtkazgichli mikroelektronika, materialshunoslik, geliofizika va muqobil energiya manbalari sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va bu borada ustuvor yoʻnalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, jumladan, ilmiy tadqiqotlar loyihalarini klaster shaklini tashkil etish orqali bajarish, shuningdek, yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasini rivojlantirishning jahondagi zamonaviy tendensiyalarini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi yarimoʻtkazgichli materiallarni yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish va ular asosidagi mikroelektronika hamda fotonikaning tayanch elementlari hisoblanadigan koʻp qatlamli tuzilmalar parametrlarini tadqiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori texnologik sohalar va respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan turli funksional maqsadlarga moʻljallangan barqaror va qayta tiklanuvchi parametrli zamonaviy yarimoʻtkazgichli asboblarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yarimoʻtkazgichlar fizikasi va yarimoʻtkazgichli mikroelektronika sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun Institutni zarur zamonaviy oʻquv hamda ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash orqali uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, sanoat va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektorning oʻzaro hamkorligini taʼminlash uchun yarimoʻtkazgichlar fizikasi hamda yarimoʻtkazgichli mikroelektronika sohasida innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha bosqichlarda fundamental va amaliy ilm-fanning taʼlim jarayoni bilan integratsiyalashuvini taʼminlash, bu borada oʻquv-tajriba, laboratoriya va kurs ishlarini bajarish, ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini oʻtash uchun laboratoriya bazasidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli bakalavriat taʼlimi yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining yangi oʻquv dasturlari, darsliklari, oʻquv qoʻllanmalarini yaratishga amaliy yordam koʻrsatish orqali oʻquv-metodik ishlarning darajasi hamda sifatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yarimoʻtkazgichlar fizikasi hamda yarimoʻtkazgichli mikroelektronika sohasida xalqaro aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish, hamkorlikdagi xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek xalqaro ilmiy anjumanlar hamda simpoziumlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bakalavrlar va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik yordam koʻrsatish, shuningdek, Institut negizida fizikaning tegishli ixtisosliklari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida taʼlim olishni tashkil etish orqali oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yarimoʻtkazgichlar fizikasi, mikroelektronika va fotonika sohasida ilmiy hajmdor texnologiyalarni yaratish hamda innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, shuningdek, respublika tashkilotlari va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlariga muvofiq ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 639-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 09/21/639/0956-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamlariga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli xil nurlanishlarning yarimoʻtkazgichli materiallar va ular asosidagi asboblarning xususiyatlariga taʼsirini oʻrganish maqsadida “EG-2 SOKOL elektrostatik tezlatgich” noyob ilmiy obyektini Institutga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini chop etish uchun Institutda “Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” ilmiy jurnali tahririyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, Institut xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetlari mablagʻlari;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarining grantlari doirasida tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq 2018-yilda Institutni saqlashga budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yil ijtimoiy soha uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida ajratiladi, 2019-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan “Ilm-fan” sohasiga ajratiladigan xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Institutning Ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018/2019 oʻquv yili boshlanguniga qadar Institutni respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining taʼlim hamda ilmiy faoliyatni yuksak tashkiliy saviyada amalga oshirishga qodir tajribali mutaxassislari va ilmiy-pedagog xodimlaridan iborat yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, respublika oliy taʼlim muassasalarining “Fizika”, “Fizika va astronomiyani oʻqitish metodikasi”, “Biotibbiyot fizikasi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2 — 4 kurs talabalari hamda tegishli magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun Institut laboratoriyalari negizida differensiatsiyalashgan tartibda oʻquv jarayoni tashkil etilishini hamda bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish maqsadida ularning malakaviy amaliyot oʻtashini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Toshkent shahri, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻchasi 20-uyda joylashgan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litseyining (keyingi oʻrinlarda Litsey deb ataladi) bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) Institutga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Litsey oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar Institut binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi obyektning belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Institut bilan birgalikda Institut laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, sarflanuvchi materiallar hamda butlovchi qismlar bilan taʼminlashga oid takliflarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Institutda 01.04.10 — yarimoʻtkazgichlar fizikasi ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini (PhD) beruvchi Ilmiy kengashni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Institut respublika iqtisodiyoti real sektorlarining potensial buyurtmachi (isteʼmolchi) tashkilotlari bilan birgalikda uch oy muddatda iqtisodiyot tarmoqlarining yarimoʻtkazgichlar fizikasi, yarimoʻtkazgichli mikroelektronika, materialshunoslik, geliofizika va muqobil energiya manbalari sohasida ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion ishlanmalarga boʻlgan ehtiyojlar, shuningdek, bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning jahondagi zamonaviy tendensiyalari oʻrganilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrganish natijalari asosida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutida Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va yangi yarimoʻtkazgichli materiallar yaratish boʻyicha maqsadli kompleks ilmiy-texnik dastur ishlab chiqilsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Institutga 1 ta yengil xizmat avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-innovatsion faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Institut bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash loyihalarini ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 25-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
468-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 639-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 09/21/639/0956-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 09/18/468/1397-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 12.10.2021-y., 09/21/639/0956-son)