07.05.2018 yildagi 343-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qaroriga muvofiq, shuningdek, “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish borasida yagona texnologik yondashuvni ishlab chiqish va amalga oshirishning aniq bosqichlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son va “Samarqand shahrida “112” yagona raqami orqali shoshilinch operativ xizmatlarni chaqirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 5-dekabrdagi 966-son qarorlariga muvofiq amalga oshirilayotgan “Xavfsiz turizm” hamda “Samarqand shahridagi 112 yagona navbatchilik-dispetcherlik xizmati “ loyihalari hamda Yo‘l harakati qoidalarining buzilishlarini maxsus avtomatlashtirilgan texnik foto va videofiksatsiya vositalari yordamida qayd qilish tizimi “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini (keyingi o‘rinlarda “Xavfsiz shahar” ADK deb ataladi) yaratish loyihasining ajralmas qismi hisoblanadi;
“Xavfsiz shahar” tizimini yaratish va yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi konsepsiyaning kelishilgan loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarori bilan tashkil qilingan “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish komissiyasiga joriy yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda kiritilishini ta’minlasin;