Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.08.2001 yildagi 354-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI SOTIB OLISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI BOShQA ShAXSLARGA BERIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxslarga berishni hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga solish, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish va respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank va tijorat banklarining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda avtomototransport vositalarini boshqa shaxslarga berish bitimlarini oʻz vaqtida va sifatli rasmiylashtirish maqsadida bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish xizmatlari, notarial idoralar, banklar boʻlimlari va avtomototransport bozorlari hududlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini joylashtirish va ular ishini tashkil etish uchun avtomototransport bozorlari hududida zarur joylar ajratish choralarini koʻrsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomototransport bozorlari hududida ish koʻrayotgan oʻzlariga qarashli boʻlinmalarning ishi va oʻzaro hamkorligining yagona tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda amaldagi avtomototransport vositalariga nisbatan bitimlar va ishonchnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi fuqarolik qonunchiligiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-oktabrdagi 863-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 28-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
354-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 110-modda; 2003-y., 1-2-son, 8-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)