25.02.1997 yildagi PF-1713-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

“OʻZAGROSUGʻURTA” DAVLAT AKSIYADORLIK SUGʻURTA KOMPANIYASINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta xizmatlari sohasini samarali rivojlantirishni taʼminlash, dehqonchilik mahsuloti yetishtiruvchilarni va aholini sugʻurta yoʻli bilan himoya qilish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasining, “Paxtabank”, “Gʻallabank”, “Mevasabzavotbank” tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat sugʻurtasi bosh boshqarmasi negizida “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil qilinadi hamda u barcha mulkiy va nomulkiy huquqlar va majburiyatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat sugʻurtasi bosh boshqarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqonchilik sohasida tovar ishlab chiqaruvchilarning mulki va mahsuloti sugʻurta yoʻli bilan qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqonchilik sohasidagi tovar ishlab chiqaruvchi – qarz oluvchilarning toʻlashga qodirligini oʻrganish hamda tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjalik korxonalariga ishlab chiqarishni rivojlantirish va dehqonchilik sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun ajratib beriladigan kreditlarni qoplashga sugʻurta kafolatlarini taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha ishlarni oʻtkazish uchun avans tariqasida beriladigan mablagʻlar qaytarilishini sugʻurtalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarga har tomonlama sugʻurta xizmatlari koʻrsatish, qishloq va shahar aholisining shaxsiy hamda mulkiy manfaatlari sugʻurta yoʻli bilan himoya qilinishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik kompaniyasining ustav sarmoyasi muassislar tomonidan 2000 mln. soʻm miqdorida eʼlon qilinganligi va u quyidagi muassislik badallari hisobidan tashkil topishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1500 mln. soʻm miqdordagi mablagʻidan, bu mablagʻ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qayta tashkil etilayotgan davlat sugʻurtasi bosh boshqarmasining oʻz mablagʻlaridan hosil boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining 250 mln. soʻm miqdordagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasining 100 mln. soʻm miqdordagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “Paxtabank” tijorat bankining 35 mln. soʻm miqdordagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) “Gʻallabank” tijorat bankining 10 mln. soʻm miqdordagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) “Mevasabzavotbank” tijorat bankining 5 mln. soʻm miqdordagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) aksiyalarni erkin sotish, shu jumladan xorijiy sarmoyadorlarga sotishdan tushadigan 100 mln. soʻm miqdordagi mablagʻlardan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi va uning hududiy boʻlinmalari daromad va mulk soliqlarini toʻlashdan besh yilga ozod qilinsin va bunda soliqqa tortishdan boʻshagan mablagʻlarning hammasi kompaniyaning sugʻurta (zaxira) jamgʻarmasini koʻpaytirishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda kompaniya faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 25-fevral,

PF-1713-son