Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XOʻJALIK SUDLARINING QARORLARI IJROSINI TAʼMINLAShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xoʻjalik sudlarining qarorlari tegishlicha ijro etilishi uchun davlat idoralarining, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalarning, muassasalar va tashkilotlarning hamda ulardagi mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PF-4214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 129-modda)
5. Oliy xoʻjalik sudiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birga bir hafta muddatda ushbu Farmonning talablariga muvofiq xoʻjalik sudlarining qarorlarini ijro etish Tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi bilan birgalikda uch oy muddatda sud qarorlarini ijro etish hamda sud ijrochisining maqomi toʻgʻrisidagi qonunlarning loyihalarini tayyorlasin.
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oliy xoʻjalik sudining Raisi M. E. Abdusalomov va Bosh prokuror B. M. Mustafoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 5-fevral,
PF-1704-son