1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi 736-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 156-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 28-moddasi quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda garovdagi mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha kimoshdi savdolari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda elektron onlayn-auksion shaklida o‘tkaziladi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
“Quyidagi holatlar, ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi”;
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, jinoyat hisoblanmaydi.
Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 38-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi”;
Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamasligi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan shaxs, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish natijasida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 19-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi”;
“Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
“Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, —
o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, —
o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
5) 245-moddaning birinchi qismidagi “40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 461, 47, 471, 472, 473, 48, 491, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 611, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xo‘jaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida)” degan so‘zlar “40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 461, 47, 471, 472, 473, 474, 475, 48, 491, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 611, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xo‘jaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 77-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 247-moddadagi “47-moddasida nazarda tutilgan” degan so‘zlar “47-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshisidagi “transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
8) 261-moddaning birinchi qismidagi “77” raqami “77-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) 164-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazo va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlik uchun ushlab qolinadigan haqning miqdori yetmish foizdan ortib ketmasligi lozim”.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ishtirokchilari yoki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas”;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
“Qaram xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olgan qaram xo‘jalik jamiyati ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas”;
“Unitar korxona o‘z mulkida o‘z mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘z mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan unitar korxona xo‘jalik jamiyati (shirkati) ishtirokchilari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas”;
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan O‘RQ-370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida o‘z asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘z asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarini olgan shu’ba xo‘jalik jamiyati asosiy jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.
Tobe xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini olgan tobe xo‘jalik jamiyati jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas”;
“Jamiyat boshqaruvi a’zolari va direktori, uning shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar va ushbu jamiyatlar boshqaruv organlarining a’zolari jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni ta’minlash;
soliqlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash;
soliq to‘lovchilarni va soliq solish obyektlari o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab olinish mexanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;
soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yig‘ilishini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlarga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish;
pul mablag‘larining g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlash;
soliq to‘lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan soliq to‘lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga o‘tish yo‘li bilan amalga oshirish;
soliqlarning ixtiyoriy ravishda to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan, soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini rag‘batlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan davlat budjetini shakllantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha nazorat qiluvchi organlar faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlash va suiiste’molliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish faktlariga barham berish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlari yaratilishini ta’minlash”;
“81) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini besh bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtincha to‘xtatib turish”;
3) 10-moddaning uchinchi qismidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘limlarining mansabdor shaxslari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga davomiyligi o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi ta’tillar beriladi. Davlat soliq xizmati organlarining o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslariga davomiyligi besh kalendar kun, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslariga esa davomiyligi o‘n kalendar kun bo‘lgan qo‘shimcha haq to‘lanadigan ta’tillar beriladi”;
“151-modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarini uy-joy maydoni bilan ta’minlash
Davlat soliq xizmati organlarining uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan mansabdor shaxslari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda yakka tartibda uylar yoki kvartiralar olish huquqi beriladi”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 10, 605-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 543-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-409-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 8-modda “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
o‘simlik dunyosida karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
o‘simlik dunyosida karantindagi zararli organizmlar tarqalishining oldini olish maqsadida kuzatuvlarni amalga oshiradi;
o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishning samarali va ilg‘or usullari amalga oshirilishini o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatli organlar bilan birgalikda ta’minlaydi, ularning qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlariga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarning, o‘simliklar kasalliklarining va begona o‘tlarning xorijiy mamlakatlardan kirib kelishidan O‘zbekiston Respublikasi hududini muhofaza qiladi;
kelib chiqishi o‘simlikka mansub bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va o‘simliklar karantinini joriy etadi;
o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan fumigatsiya bo‘linmalarini tuzadi, shaxsiy tomorqa, dehqon va fermer xo‘jaliklariga, o‘rmon xo‘jaliklariga, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishda xizmatlar ko‘rsatadi;
eksport qilinayotgan va xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlarni va o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilarni karantin tekshiruvidan hamda laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 99-moddaning ikkinchi qismidagi “uchdan bir qismidan” degan so‘zlar “yetmish besh foizidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davr uchun, shu jumladan ko‘chmas yoki ko‘char mulk yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yo‘li bilan oldindan to‘lanishi mumkin”;
“Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, shaxs aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzish majburiyatidan ozod etiladi.
Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 160-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-342-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 333-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 20-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
uchinchi qismidagi “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlar” degan so‘zlar “shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, o‘zga tashkilotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “tegishli tarmoqlar mutaxassislari ishtirokida” degan so‘zlar “tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarining, tarmoqlarning vakillari ishtirokida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6–7, 105-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda) 1-ilovasi quyidagi mazmundagi oltmishinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish”.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
“Sud yoki boshqa organ ijro hujjatida yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni qaytarilgan ijro hujjati kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi va uni takroran davlat ijrochisiga yuboradi”;
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.
Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur qarorning ko‘chirma nusxalari qarzdor jismoniy shaxsga (agar uning turgan joyi ma’lum bo‘lsa), ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolik bo‘limiga (boshqarmasiga) hamda Davlat chegarasini qo‘riqlash organlariga yuboriladi.
Agar ijro hujjati sud hujjati bo‘lmasa va sud hujjati asosida berilmagan bo‘lsa, undiruvchi qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.
Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga asos bo‘lgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoxud u bo‘yicha ijro ishi yuritish ushbu Qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaxsni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.
Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, davlat ijrochisi to‘lov yoki garov shartnomasi to‘g‘risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek chiqib ketishga cheklashni olib tashlash uchun aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan davlat ijrochilarining, ichki ishlar organlari va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarining hamkorligi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi”;
ikkinchi qismidagi “kimoshdi savdosida” degan so‘zlar “elektron onlayn-auksionlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi — o‘n to‘rtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi — o‘n uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Avtomototransport vositalarini, ko‘chmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan obyektlarni, ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli operator tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi.
Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini tanlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk u topshirilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:
davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk qiymatining 10 foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha;
Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan so‘ng arzonlashtirilgan mol-mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha mazkur mol-mulkni realizatsiya qilishda mol-mulk arzonlashtirilmaydi va u birinchi baholangan narx bo‘yicha savdo tashkiloti tomonidan takroran realizatsiya qilishga topshiriladi.
Mol-mulk takroriy elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinmaganligi munosabati bilan vakolatli operator tomonidan qaytarilgan taqdirda yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk o‘ttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan taqdirda, u mol-mulk narxining 10 foiziga arzonlashtirilgan narxda undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari bo‘yicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi garovga oluvchiga mol-mulkni takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolaridagi yoki savdo tashkilotlarining takroriy realizatsiya qilishidagi boshlang‘ich sotish narxidan 10 foizga kamaytirilgan summada o‘zida qoldirishni taklif qiladi.
Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular davlat ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachisi — broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Qimmatli qog‘ozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Qimmatli qog‘ozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qog‘ozlarni ularning broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan oxirgi kimoshdi savdosi kunining oxirgi kimoshdi savdosi soatidagi o‘rtacha narxida o‘zida qoldirishni taklif etadi.
Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish haqidagi ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar bo‘yicha bir nechta undiruvchi mavjud bo‘lgan taqdirda, takliflar davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga ijro hujjatlarining kelib tushishi navbatiga ko‘ra undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning davlat ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati bo‘yicha undiruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan ortiq bo‘lsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga to‘lagan (o‘tkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda ko‘rsatib o‘tiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish to‘g‘risidagi qarori haqida davlat ijrochisini taklifni olgan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Undiruvchi mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechgan yoxud bu haqdagi o‘z qarorini belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmagan taqdirda mol-mulk ijro xarajatlari, shu jumladan mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bo‘yicha qilingan xarajatlar undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi — garovga oluvchi realizatsiya qilinmagan garovga qo‘yilgan mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechganda yoxud belgilangan muddatda o‘z qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa mol-mulk bo‘yicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘zga mol-mulk mavjud bo‘lmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi.
Olib qo‘yilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va davlat ijrochisi mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq holda qilgan xarajatlarning o‘rni to‘liq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan davlat ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi.
Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi to‘liq to‘languniga qadar xaridorlarga berib yuborish, shuningdek to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) sharti bilan realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va davlat ijrochilariga taqiqlanadi.
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek ko‘chmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
nomidagi “Auksion shaklidagi kimoshdi savdolarini” degan so‘zlar “Elektron onlayn-auksionlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Mol-mulkning va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlar vakolatli operator tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Vakolatli operator bilan tuzilgan shartnoma va elektron onlayn-auksionga qo‘yiladigan mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlang‘ich) bahosi ko‘rsatilgan buyurtmanoma elektron onlayn-auksionni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash to‘g‘risidagi hisobot yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarori yoxud ularni baholash qiymati ko‘rsatilgan sud qarorining ko‘chirma nusxasi;
mol-mulkning toifasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda nazarda tutilgan mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar”;
to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi “sud” degan so‘z “davlat” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Dastlabki elektron onlayn-auksionlar narxning oshib borishi prinsipi, takroriy elektron onlayn-auksionlar esa narxning tushib borishi prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi.
6) 71-moddaning birinchi qismidagi “besh kunlik” degan so‘zlar “o‘n besh kunlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 38-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining hamda kollegial ijro etuvchi organining, uning shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining a’zolari, jamiyat tomonidan tashkil etilgan unitar korxonaning rahbari hamda ayni shu shu’ba, tobe xo‘jalik jamiyatlarida va unitar korxonada mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi mumkin emas”.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 12-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar tegishincha “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining”, “Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“8) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi, Senat qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi;
9) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Senat qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi”.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 12-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar tegishincha “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining”, “Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“11) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi, Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi;
12) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi”.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida muhokama qilish ochiq, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari, fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari taklif etilgan holda o‘tkaziladi. Muhokamalarga olimlar, mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin”;
“Bunda eng muhim ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan qonun loyihalari Qonunchilik palatasining uni birinchi o‘qishda qabul qilish haqidagi qaroriga muvofiq qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida keng muhokamaga, shu jumladan joylarda fuqarolar ishtirokidagi keng muhokamaga chiqarilishi mumkin”;
“Mas’ul qo‘mita maromiga yetkazilgan qonun loyihasi bo‘yicha fikrlar va takliflarni olganidan so‘ng ularning muhokamasini qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari, fuqarolik jamiyati institutlarining hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida tashkil etadi. Muhokamalarga olimlar, mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin.
Fraksiyalar va deputatlar guruhlari, o‘z dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqib, qonun loyihalarining joylarda fuqarolar ishtirokidagi muhokamasini hamda ular bo‘yicha kelib tushgan takliflarni o‘rganishni siyosiy partiyalar tegishli tashkilotlarining va O‘zbekiston Ekologik harakati hududiy bo‘limlarining xodimlarini jalb etgan holda tashkil etadi. Fraksiyalar va deputatlar guruhlari o‘rganishlar yakunlariga ko‘ra kelib tushgan fikrlar va takliflarni o‘z majlislarida muhokama qiladi, o‘z dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqadi, ular mas’ul qo‘mitaga yuboriladi”;
3) 32-moddaning birinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar tegishincha “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining”, “Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 321-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar tegishincha “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining”, “Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta o‘z majlisida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda “hukumat soati” deb yuritiladi).
“Hukumat soati”ni o‘tkazish jadvali O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat a’zolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan “hukumat soati”ni o‘tkazishdan kamida o‘n kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi savollar ro‘yxatidan kelib chiqqan holda “hukumat soati”da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat a’zolarini belgilaydi.
uchinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qo‘mitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organiga, xo‘jalik boshqaruvi organiga yuboriladi”;
beshinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan” degan so‘zlar “davlat organlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 31-moddaning birinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar tegishincha “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining”, “Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 311-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar tegishincha “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining”, “Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Senat o‘z majlisida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitishi mumkin.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish to‘g‘risidagi masala Senat tomonidan uning qo‘mitalari tashabbusiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish to‘g‘risida Senat qaror qabul qiladi, qaror tegishli hokimlarga oldindan yuboriladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi”;
uchinchi va oltinchi qismlaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senatning qo‘mitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organiga, xo‘jalik boshqaruvi organiga yuboriladi”;
beshinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan” degan so‘zlar “davlat organlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ-58-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda) 40-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha kimoshdi savdolari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda elektron onlayn-auksion shaklida o‘tkaziladi”.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘RQ-60-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 537-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 16-moddasining birinchi jumlasi “o‘rganishni” degan so‘zdan keyin “shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida o‘rganishni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 15-moddaning oltinchi qismidagi “yagona raqam — 01” degan so‘zlar “yagona raqam — 101” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat yong‘in nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi”;
uchinchi qismi “Milliy xavfsizlik xizmatining” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ-319-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 1, 5-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“kelishuv — ikki va undan ortiq taraflarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan, hujjatda yoki bir nechta hujjatda aks etgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek og‘zaki shakldagi shartlashuvi”;
sakkizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilari tegishincha to‘qqizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 10-moddaning birinchi xatboshisidagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari” degan so‘zlar “Xo‘jalik yurituvchi subyektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan taqiqlangan harakatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, taqiqlanadi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirishga va (yoki) to‘xtatishga;
muayyan sotuvchilar yoki xaridorlar (buyurtmachilar) bilan shartnomalar tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, taqiqlanadi”;
“Biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, boshqasi esa sotuvchi yoki sotib oluvchi bo‘lgan, o‘zaro raqobatlashmayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga, agar bunday kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar pirovard natijada raqobatni cheklab qo‘ysa yoxud cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lsa, shu jumladan”;
“xo‘jalik yurituvchi subyektlarga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu taqiq tovarlarni tovar belgisi, firma nomi va sotuvchining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan boshqa mutlaq huquqlari orqali realizatsiya qilishni sotib oluvchi tomonidan tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
tovar bozorida umumiy ulushi o‘ttiz besh foizdan oshmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kelishilgan harakatlari va kelishuvlariga yoki davlat-xususiy sheriklik shartnomalari bo‘lgan kelishuvlarga;
agar kelishuvlar ishlab chiqarishni takomillashtirishga, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni realizatsiya qilishni ko‘paytirishga yoki texnikaviy, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yoxud tovarlarning jahon tovar bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, mazkur kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
uchinchi qismi birinchi xatboshisining ruscha matnidagi “sdelki” degan so‘z “soglasheniya” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi to‘rtinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “bitimlariga” degan so‘z “kelishuvlariga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“lotlar tarkibiga savdolarning predmetiga texnologik va funksional jihatdan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritish”;
Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimga oldindan rozilik beradi.
Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur.
Ushbu moddaning talablari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborilishi va qo‘shib olinishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Monopoliyaga qarshi organ shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik beradi.
Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan roziligini olish zarur bo‘ladi, agar:
bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ko‘rsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa;
bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa.
aksiyadorlik jamiyati o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olinishiga doir bitimlarga;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) davlat xususiylashtirish dasturlari doirasida olinishiga doir bitimlarga;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan olinishiga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etmagan bo‘lsa.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etishga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“monopoliyaga qarshi organga” degan so‘zlar “yagona darcha” markazlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining uchinchi jumlasidagi “arizani ko‘rib chiqish muddati bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin” degan so‘zlar “arizani ko‘rib chiqish muddati bozorni tegishli tarzda o‘rganish uchun bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi kerak”;
“Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi, noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli”;
“Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari uchun, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyini suiiste’mol qilganlik, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik, monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi”;
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar monopoliyaga qarshi organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.
Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.
Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi ularning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar (ko‘rsatmalar) mustasno”.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-363-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 12, 352-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 11-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qism “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “o‘simlik va hayvonot dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi − o‘simlik dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi — hayvonot dunyosini himoya qilish bo‘yicha veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining bajarilishi yuzasidan”;
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-403-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 4-moddaning birinchi qismidagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish;
Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish”;
oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n uchinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta o‘z majlisida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda “hukumat soati” deb yuritiladi).
“Hukumat soati”ni o‘tkazish jadvali Bosh vazir bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat a’zolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan “hukumat soati”ni o‘tkazishdan kamida o‘n kun oldin Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasi savollar ro‘yxatidan kelib chiqqan holda “hukumat soati”da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat a’zolarini belgilaydi.
Senat o‘z majlisida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitishi mumkin.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish to‘g‘risidagi masala Senat tomonidan uning qo‘mitalari tashabbusiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish to‘g‘risida Senat qaror qabul qiladi, qaror tegishli hokimlarga oldindan yuboriladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi”;
4) 14-moddaning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar tegishincha “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining”, “Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 15-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar tegishincha “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining”, “Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomidagi va birinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organi, xo‘jalik boshqaruvi organiga yuboriladi”;
birinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish Oliy Majlis palatalari kengashlarining qaroriga muvofiq Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin”;
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan” degan so‘zlar “davlat organlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga” degan so‘zlar “davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga” degan so‘zlar “davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga” degan so‘zlar “davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini” degan so‘zlar “davlat organlarini, xo‘jalik boshqaruvi organlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi birinchi xatboshisidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan so‘zlar “Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 25-moddaning birinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ushbu Qonun 2-moddasining 4-bandi, 3-moddasining 3-bandi, 4-moddasi, 10-moddasi va 13-moddasining 3-bandi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 23-moddasi 7-bandining to‘rtinchi xatboshisi 2018-yil 1-dekabrdan e’tiboran amalga kiritiladi.