20.09.2017 yildagi 747-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy ommaviy axborot vositalari va turizm sohasi tashkilotlari vakillari uchun Oʻzbekistonda axborot turlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining turizm salohiyatini jahon turizm bozorlariga kiritish va yanada keng koʻlamda taqdim etish, shuningdek milliy tarixiy va madaniy qadriyatlarni xalqaro bozorlarda targʻib etish, respublikaga xorijiy turistlar oqimini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, shu jumladan bloggerlar, turizm kompaniyalari va ularning birlashmalari, turizm maʼmuriyatlari, BMTning Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO), xalqaro bronlashtirish tizimlari, boshqa xalqaro va xorijiy tashkilotlar, turizm sohasi uyushmalari vakillari (keyingi oʻrinlarda xorijiy vakillar deb ataladi) uchun Oʻzbekistonga tanishuv tashriflari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xorijiy vakillarning Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish masalalari, shu jumladan xalqaro turizm yarmarkalari, koʻrgazmalari va turizm sohasidagi boshqa tadbirlar doirasida oʻtkaziladigan kengaytirilgan taqdimot dasturlarining, shuningdek xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga belgilangan tartibda mamlakatimizning tarixiy-madaniy obyektlari va turizm salohiyati toʻgʻrisida video va foto tasvirlar, maqolalar va reportajlar tayyorlashda koʻmaklashish boʻyicha masʼul muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tanishish tashriflari doirasida xorijiy vakillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmanomalariga binoan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda tizimida turizm obyektlari mavjud boʻlgan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda madaniy-ommaviy tadbirlar va turizm imkoniyatlari taqdimotlari tashkil etilishini, shuningdek tegishli hududlardagi turizm komplekslari va diqqatga sazovor joylarga tashriflarni, shu jumladan video va foto tasvirlar uchun toʻlov undirmasdan taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari — oʻz mablagʻlari hisobiga transport xizmati koʻrsatilishini hamda madaniy dastur tashkil etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari nomidan qabul marosimlari oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — tanishish tashriflari qatnashchilari uchun konsullik yigʻimlari undirmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini, shuningdek xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi — xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan vaqtincha olib kirilayotgan, ularning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari davrida video va foto tasvirlar uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarning belgilangan tartibda bojxonada rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan belgilangan tartibda kelishilgan boshqa yirik turizm tadbirlari doirasida 2017 — 2021-yillar davrida xorijiy vakillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmanomalariga binoan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro aviareyslarga har yili (200 kishigacha) aviachiptalar bronlashtirilishini va bepul berilishini, shuningdek Toshkent shahrining Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroporti zalida alohida yoʻlak orqali xizmat koʻrsatilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ — har yili (100 kishigacha) mahalliy qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga temir yoʻl chiptalari zaxira qilib qoʻyilishini va bepul rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — bepul asosda berilgan avia va temir yoʻl chiptalaridan xorijiy vakillar uchun maqsadli foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xorijiy vakillarning yashashi, ovqatlanishi va respublikada boʻlishlari davrida dasturlarning boshqa ishtirokchilari tomonidan qoplanmaydigan boshqa xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga toʻlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 20-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
747-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1056-modda)