Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (bundan buyon matnda – fuqarolar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (bundan buyon matnda – Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) rezervidagi xizmatni o‘tashi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Qurolli Kuchlar rezervi (bundan buyon matnda – rezerv deb yuritiladi) – O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi yuzaga kelgan, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda tinchlik va urush davrida harakatdagi qo‘shin guruhlarini kuchaytirish hamda yangi qo‘shin guruhlarini tuzish uchun, shuningdek mamlakat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlashga doir boshqa vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan harbiy ta’lim olgan odam resurslari hamda moddiy-texnika vositalari zaxiralari;
rezervdagi xizmat – haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan fuqarolarning harbiy xizmati;
Salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli quyidagi fuqarolar rezervdagi harbiy xizmatga kiritiladi:
muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va xizmatni o‘tash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan fuqarolar;
muddatli harbiy xizmatni hamda oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarida (harbiy kafedralar, sikllar yoki fakultetlarda) ofitserlar tayyorlash dasturi asosida ta’limning to‘liq kursini o‘tagan fuqarolar.
Keyingi tahrirga qarang.
Rezervdagi xizmatni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiy tayyorgarlik darajasi va yoshiga qarab, rezervchilar birinchi va ikkinchi toifali rezervga bo‘linadi.
Rezerv toifalari va rezervda bo‘lish yoshining chegarasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Birinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar, kichik ofitserlar lavozimlarida o‘tagan – o‘ttiz besh yoshgacha bo‘lgan, katta ofitserlar lavozimlarida o‘tagan – qirq besh yoshgacha bo‘lgan, generallar tarkibi lavozimlarida o‘tagan – ellik yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar orasidan to‘ldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi navbatdagi rezerv safi Qurolli Kuchlarning tegishli qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalariga biriktirib qo‘yiladigan, eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan rezervchilar orasidan Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tarkibida bunday rezervchilarning jangovar tayyorgarligi amalga oshiriladi va jangovar maqsadlarda qo‘llanilishi rejalashtiriladi.
Ikkinchi navbatdagi rezerv safi Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalariga biriktirib qo‘yilmagan rezervchilar orasidan to‘ldiriladi hamda zarurat bo‘lganda birinchi navbatdagi rezerv safini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Birinchi toifali rezervda turgan harbiy xizmatga majburlar rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetganda yoki salomatligiga ko‘ra ikkinchi toifali rezervga yohud zaxiraga o‘tkaziladi.
Ikkinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv, kontrakt bo‘yicha yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida oddiy askarlar, serjantlar, kichik ofitserlar lavozimlarida o‘tagan – qirq besh yoshgacha bo‘lgan, katta ofitserlar lavozimlarida o‘tagan – ellik besh yoshgacha bo‘lgan, generallar tarkibi lavozimlarida o‘tagan – oltmish yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar orasidan to‘ldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar harbiy qo‘shilmalar, qismlar hamda ichki va texnik ta’minot bo‘linmalariga biriktirib qo‘yiladi, hamda ularning safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yuz bergan taqdirda esa urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun mo‘ljallanadi.
Ikkinchi toifali rezervda bo‘lish yoshining chegarasi tegishincha rezervda bo‘lish yoshining chegarasi hisoblanadi.
Zarurat bo‘lganda Qurolli Kuchlarning urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasidagi ichki hamda texnik ta’minot qismlari va bo‘linmalari, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalar safini Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalariga biriktirib qo‘yilmagan birinchi toifali rezervchilar bilan to‘ldirishga yo‘l qo‘yiladi.
Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan rezervchilarni tanlab olish harbiy okruglar qo‘shinlarining qo‘mondonlari buyrug‘i bilan tuziladigan tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyalar tarkibiga harbiy okruglar shtablarining, safi to‘ldirilayotgan qo‘shilmalar, qismlar va bo‘linmalar qo‘mondonligining, mudofaa ishlari organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillari hamda tegishli qo‘shin turlari va xizmatlarning mutaxassislari kiritiladi.
Rezervchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalariga biriktirib qo‘yish uchun tanlab olish harbiy xizmatga majburlarning harbiy hisobdagi ixtisosligi, oilaviy ahvolini, shuningdek harbiy tayyorgarlik darajasini, intellektual qobiliyatini va jismoniy ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda yakka tarzda o‘rganib chiqish yo‘li bilan, qoida tariqasida, hududiy prinsip asosida amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun zarur bo‘ladigan rezervdagi ofitserlar yetishmay qolsa, oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha tegishli o‘quv bo‘linmalarida (harbiy kafedralar, sikllar yoki fakultetlarda) ofitserlar tayyorlash dasturi asosida ta’limning to‘liq kursini o‘tgan, eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan zaxiradagi ofitserlar rezervga tanlab olinishi mumkin. Mazkur toifadagi shaxslar rezervga tanlab olinganidan keyin rezervdagi ofitserlarni qayta tayyorlash harbiy yig‘inlariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Rezervchilarni tanlab olish, tanlov komissiyalari ishi hamda rezervchilarni biriktirib qo‘yishni rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Rezervchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni mudofaa ishlari organlari huzuridagi tibbiy komissiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Qurolli Kuchlarda tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tashkil etadi va o‘tkazadi.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Rezervchilarni tayyorlash harbiy qismlar, o‘quv markazlari huzurida harbiy yig‘inlar tashkil etish va o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek safarbarlik o‘quv-mashqlari va mashg‘ulotlarini o‘tkazish vaqtida amalga oshiriladi.
Rezervchilarni tayyorlashning asosiy mohiyati rezervchilar biriktirib qo‘yilgan bo‘linmalar tarkibida jangovar tayyorgarlik yuzasidan shaxsiy bilim, ko‘nikma va mahoratni takomillashtirish, harakatlar taktikasini puxtalab olishdan iborat.
oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlarni safarbarlikda ular uchun belgilab qo‘yilgan shtat lavozimlariga tayyorlash;
safarbarlik rejasiga ko‘ra oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlarni Qurolli Kuchlar safini to‘ldirish uchun zarur ixtisosliklar bo‘yicha qayta tayyorlash;
Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalarini urush davri shtatlari darajasida jangovar tartibga solish;
Qurolli Kuchlar qo‘shilmalari va qismlarining safarbarlik rejalarida nazarda tutilgan ayrim chora-tadbirlarning bajarilishi muqarrarligini tekshirish;
harbiy yig‘inlarni o‘tkazish va jangovar vazifalarni hal etish davrida belgilangan qurol-yarog‘ va texnikalarni o‘rganish, ulardan foydalanish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni saqlash, ularni ishlatish ko‘nikmalarini orttirish, qurol-yarog‘ va texnikalarning yangi turlarini o‘zlashtirish.
Rezervchilar tinchlik davrida qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida, qoida tariqasida, hududiy prinsip asosida tashkil etiladigan harbiy yig‘inlarda qatnashishga jalb etilishi mumkin.
O‘quv-mashq harbiy yig‘inlari harbiy qismlarning bo‘linmalari tarkibidagi ixtisosliklar hamda shtat lavozimlari bo‘yicha birinchi va ikkinchi toifali rezerv tayyorlash maqsadida, rezervchilarning xizmatni o‘tashi nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sinov harbiy yig‘inlari Qurolli Kuchlarning urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasidagi qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalarining safarbarlik tayyorgarligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Maxsus harbiy yig‘inlar O‘zbekiston Respublikasining normal hayotiy faoliyatiga tahdid soluvchi favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladi.
Rezervchilarni harbiy yig‘inlarga jalb etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yiliga ko‘pi bilan uch marta o‘quv-mashq harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Bu harbiy yig‘inlarning umumiy muddati bir yil ichida o‘ttiz sutkadan oshmasligi kerak.
Ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yiliga ko‘pi bilan ikki marta o‘quv-mashq harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Bu harbiy yig‘inlarning umumiy muddati bir yil ichida o‘n besh sutkadan oshmasligi kerak.
Birinchi va ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning muddati besh sutkagacha bo‘lgan sinov harbiy yig‘inlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabining rejasi asosida, qoida tariqasida, besh yilda ko‘pi bilan bir marta o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus harbiy yig‘inlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq o‘tkaziladi. Rezervchilar bu harbiy yig‘inlarga bir yil ichida ko‘pi bilan ikki oy muddatga jalb etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Rezervchi mudofaa ishlari organidan harbiy yig‘inlar o‘tadigan joyga jo‘nab ketgan kun harbiy yig‘inlarning boshlanishi hamda u harbiy qism qo‘mondoni tomonidan berilgan buyruqda ko‘rsatilgan mudofaa ishlari organiga borib uchrashgan kun yig‘inlarning tugashi deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda belgilanadigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bronlashtirib qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Rezervchilarni hisobga olish va ularni harbiy yig‘inlarga jalb etish mudofaa ishlari organlari zimmasiga yuklatiladi.
Rezervchilarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va o‘tkazish ular Qurolli Kuchlarning qaysi qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalariga biriktirib qo‘yilgan bo‘lsa, shu qo‘shilma, qism va bo‘linma qo‘mondonligi tomonidan tayyorgarlik dasturlari hamda rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Rezervchilarni tayyorlashga rahbarlik, o‘tkazilayotgan tayyorgarlikning sifati hamda samaradorligini nazorat qilish harbiy okruglar qo‘mondonligi tomonidan, rezervchilar xizmat o‘tashi nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning bo‘linmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi rezervchilar tayyorlashga umumiy rahbarlikni hamda bu boradagi ishlarni rejalashtirishni amalga oshiradi, tinchlik va urush davrida, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi yuzaga kelgan taqdirda, rezervchilardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘quv-mashq harbiy yig‘inlarida qatnashgan va ta’lim dasturi bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan rezervchilarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda navbatdagi harbiy unvonlar – rezervdagi podpolkovniklikka qadar bo‘lgan va podpolkovnik unvonlari berilishi mumkin.
Harbiy unvonga ega bo‘lmagan fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan rezervga kiritilishi bilan bir paytning o‘zida ularga oddiy askar yohud matros harbiy unvoni beriladi.
Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Rezervchilar tayyorlashni qurol-yarog‘, texnika, o‘q-dori hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash Qurolli Kuchlar qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalarining joriy ta’minoti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Rezervchilarni tayyorlashda moddiy-texnika vositalari, qurol-yarog‘ va texnika zaxiralaridan foydalanish tartibi, ishlatiladigan resurslar normalari, shuningdek rezervchilarni tayyorlashda foydalanilgan moddiy vositalarning o‘rnini to‘ldirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiy yig‘inlarga jalb etilgan rezervchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda pul hamda boshqa turdagi ta’minot oladilar. Harbiy yig‘inlar davrida, shu jumladan, ular o‘tkaziladigan joyga borish va u erdan qaytib kelish davrida rezervchilarning ish joyi (lavozimi) hamda ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi chaqiruv qog‘ozi olingan kundan harbiy yig‘inlardan qaytilgunga qadar bo‘lgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot tugatilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar harbiy yig‘inlar vaqtida rezervchi kasal bo‘lib qolsa va yig‘in tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi, harbiy yig‘inlar tugagan kundan boshlab qonun hujjatlariga muvofiq unga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga temir yo‘l hamda avtomobil transportida (taksidan tashqari) bepul borish va qaytib kelish;
Revervchilar harbiy yig‘inlarda qatnashayotgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urtalanadi. Rezervchilarni davlat tomonidan majburiy sug‘urtalash tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida rezervchilar muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan boshqa huquqlar va imtiyozlardan ham foydalanadilar.
Harbiy yig‘inlarda qatnashib, har jihatdan o‘zini ko‘rsata olgan birinchi navbatdagi birinchi toifali rezervchilarga harbiy qismlarning qo‘mondonlari taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti to‘lanishi mumkin. Bunda ular mazkur pul mukofoti bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq to‘lovidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tinchlik davrida jangovar harakatlarda ishtirok etgan rezervchilarning mehnat stajini hisoblashda jangovar harakatlarning har bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.