Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

Hujjat 28.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-sonli Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-sonli qaroriga muvofiq;
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) III bo‘lim quyidagi mazmundagi 8-band bilan to‘ldirilsin:
b) IV bo‘limning 3-bandi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qo‘ng‘irot soda zavodi uchun kadrlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 13-apreldagi PQ-49-sonli qarori 7-bandining 5-xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 18-oktabrdagi PQ-203-sonli qarori 1-ilovasining 4-bandi 8-xatboshidagi va 5-bandining 7-xatboshidagi “katta ilmiy xodim — izlanuvchilar” so‘zlari “bazaviy doktorantlar, doktorantlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’rini geologik o‘rganish sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 13-sentabrdagi PQ-2589-sonli qarori 4-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 5-bandining uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
a) kirish qismidagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni” so‘zlari “bazaviy doktorantlar, doktorantlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PQ-4947-sonli Farmoniga 8-ilovaning “Ijro uchun mas’ullar” grafasida 25, 28, 33- va 267-bandlaridagi “Fan va texnologiyalar qo‘mitasi” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi Nizom 8-bandining birinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi